Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Retseptsiz beriladi
2
sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari hofitol eritmasi 120 ml
100 ml eritmada faol moddalar majmuasi, Cynara Scolymus L. (dalali artishok) yangi barglaridan olingan biologik faol moddalar majmuasi - quyuq suvli ekstrakt 20,0 g; yordamchi moddalar etil spirti, apelsin po‘sti spirtli damlamasi, glitserol (E422), metilparagidroksibenzoat (E218), propilparagidroksibenzoat (E216), tozalangan suv
Qo'llanilishi
An’anaviy ravishda ovqat hazm qilishning funksional buzilishlarini yengillashtirish va buyraklarning chiqaruv funksiyasini yaxshilash uchun qo‘llaniladi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, o‘t toshi kasalligi, o‘t yo‘llarining o‘tmasligi, jigar, buyrak, o‘t va siydik chiqarish yo‘llarining o‘tkir kasalliklari, og‘ir gepatotsellyulyar yetishmovchilik.
Qo'llash usuli
Og‘iz orqali qabul qilish uchun. Kattalarga 2,5 - 5,0 ml eritma (1/2 - 1 choy qoshiq) oz miqdorda suv bilan og‘iz orqali kuniga 3 marta ovqatdan oldin yoki funksional buzilishlar paydo bo‘lganda. Davolash kursi – 2-3 hafta. Bolalarga 0-12 oy 0,3 – 0,5 ml (5-10 tomchi), 1-5 yosh 0,5 – 1 ml (10-20 tomchi), 6-12 yosh 2-3 ml (1/2 choy qoshiq), 12 yoshdan katta ½ - 1 choy qoshiq kuniga 3 marta.
Nojo´ya ta´sirlar
Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin, preparatni yuqori dozalarda uzoq muddat qo‘llashda diareya rivojlanishi mumkin.
Farmakologik xususiyatlari
preparatning ta'siri tarkibiga kiruvchi dala artishokining biologik faol moddalari kompleksi bilan bog'liq. Preparat o‘t haydovchi ta’sirga ega va diurezni oshiradi.
Maxsus ko'rsatmalar
Alkogolli ichimliklarni qabul qilishdan saqlanish zarur. Etil spirti tarkibida bo‘lgani uchun, alkogolizm, epilepsiya, bosh miya jarohatlari bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Preparatni bolalar uchun yetib bo‘lmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo‘llamaslik kerak. Hofitol preparatini homiladorlik va emizish davrida ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llash mumkin.
Dorilarning o'zaro ta'siri
Tarkibida etil spirti mavjudligi bilan bog'liq o'zaro ta'sirlar (1 choy qoshiqda 0,13 g): disulfiramga o'xshash reaksiyani chaqiruvchi dori vositalari (issiqlik hissi, terining qizarishi, qusish, taxikardiya): disulfiram, tsefamandol, tsefoperazon, latamoksef (antibakterial vositalar - tsefalosporinlar), xloramfenikol, xlorpropamid, glibenklamid, glipizid, tolbutamid (antidiabetik vositalar, sulfonilmochevina hosilalari), grizeofulvin (zamburug'larga qarshi vosita), nitro-5-imidazol hosilalari (metronidazol, ornidazol, tinidazol), ketokonazol, prokarbazin (tsitostatik vosita); markaziy asab tizimi funksiyalarini susaytiruvchi dori vositalari.
Dozani oshirib yuborilishi
Nojo'ya ta'sirlarning namoyon bo'lishi kuchayishi mumkin.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!