-
Tarkibi
Tabletkalar yadrosi:
Faol komponent:
Dal artishoki (Cynara scolymus L.) barglari quruq ekstrakti (suvli) 200 mg
(0,20 g)
Yordamchi moddalar:
Magniy trisilikat 12,00 mg;
Makkajo‘xori kraxmali 22,00 mg;
Talk 3,00 mg;
Magniy stearat 3,00 mg.
Tabletkalar qobig‘i:
Gummilak 1,1520 mg;
Kanifol 1,1520 mg;
Talk 16,300 mg;
Jelatin 0,384 mg;
Saxaroza 86,146 mg;
Kalsiy karbonat 2,2 mg;
Dispers bo‘yoq* 2,580 mg;
Karnaub mumi 0,082 mg;
Polisorbat 80 0,004 mg.
-
Qo'llanilishi
Preparat o't yo'llari diskineziyasining gipokinetik turi, surunkali nekalkulez xolesistitlar, surunkali gepatitlar, jigar sirrozi; surunkali nefrite, surunkali buyrak yetishmovchiligi kompleks davolashda qo'llaniladi.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, o't toshi kasalligi, o't yo'llarining o'tkazilmasligi (obturatsiyasi), o'tkir jigar, buyrak, o't va siydik yo'llari kasalliklari, og'ir gepatotsellyulyar yetishmovchilik. Sakaraza/izomaltaza yetishmovchiligi, fruktozani o'zlashtira olmaslik, glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi. 6 yoshgacha bo'lgan bolalar yoshi.
-
Qo'llash usuli
Og'iz orqali. Kattalarga ovqatdan oldin kuniga 3 marta 2-3 tabletka. 6 yoshdan katta bolalarga (yoshiga qarab) ovqatdan oldin kuniga 3 marta 1-2 tabletka tavsiya etiladi.
Davolash kursi – 2-3 hafta.
Davolash kursini takrorlash shifokor bilan kelishilgan holda mumkin.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Allergik reaksiyalar mumkin: toshma (paragidroksibenzoyat (efirlar) tarkibida bo‘lishi bilan bog‘liq). Preparatni uzoq muddat yuqori dozalarda qo‘llashda diareya rivojlanishi mumkin.
-
Farmakologik xususiyatlari
O'simlikdan olingan o't haydovchi vosita.
Preparatning farmakologik ta'siri tarkibiga kiruvchi dalachoy barglaridagi biologik faol moddalarning kompleksi bilan bog'liq. Tsinarin fenol kislotalari bilan birga o't haydovchi, shuningdek, gepatoprotektiv ta'sirga ega. Askorbin kislotasi, karotin, B1 va B2 vitaminlari, inulin almashinuv jarayonlarini normallashtirishga yordam beradi.
Shuningdek, diuretik ta'sirga ega va siydikda mochevinaning chiqarilishini kuchaytiradi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Alkogolli ichimliklarni qabul qilishdan saqlanish zarur. Etil spirti tarkibi tufayli alkogolizm, epilepsiya, bosh miya jarohatlari bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Preparatni bolalar uchun yetib bo‘lmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo‘llamaslik kerak. Hofitol preparatini homiladorlik va emizish davrida ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llash mumkin.