-
Tarkibi
Ta’sir qiluvchi modda
Aminofillin (in’ektsiya uchun eufillin) — 24 mg
Yordamchi modda
In’ektsiya uchun suv — 1 ml gacha
-
Qo'llanilishi
Bronxoobstruktiv sindrom bronxial astma, bronxit, o‘pka emfizemasi; kichik qon aylanish doirasida gipertenziya.
Ishemik tipdagi miya qon aylanishining buzilishi (ichki bosh bosimini kamaytirish uchun kompleks terapiya tarkibida). Chap qorincha yetishmovchiligi bronxospazm va Cheyn-Stoks tipidagi nafas buzilishi bilan, buyrak genezli shish sindromi (kompleks terapiya tarkibida).
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatga, shuningdek ksantin hosilalarining boshqa turlariga: kofein, pentoksifillin, teobrominga yuqori sezuvchanlik.
Aniq ifodalangan arterial gipotenziya yoki gipertenziya, paroksizmal taxikardiya, ekstrasistoliya, yurak ritmi buzilishi bilan kechuvchi miokard infarkti, epilepsiya, yuqori tirishqoqlik tayyorgarligi, gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya, tireotoksikoz, o‘pka shishi, og‘ir koronar yetishmovchilik, jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, gemorragik insult, ko‘z to‘r pardasiga qon quyilishi, yaqinda bo‘lib o‘tgan qon ketish.
Ehtiyotkorlik bilan:
55 yoshdan katta yosh va nazorat qilinmaydigan gipotiroidizm (kumulatsiya ehtimoli), keng tarqalgan tomir aterosklerozi, sepsis, uzoq davom etuvchi gipertermiya, gastroezofageal reflyuks, me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi (anamnezda), prostata bezining giperplaziyasi, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar (mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlar sababli).
-
Qo'llash usuli
Qo‘llash usuli: tomir ichiga. Kattalarga sekin (4-6 daqiqa davomida) 5-10 ml 24 mg/ml eritma (0,12-0,24 g) yuboriladi, u avval 10-20 ml izotonik natriy xlorid eritmasida suyultiriladi. Yurak urishi, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi paydo bo‘lsa, yuborish tezligi sekinlashtiriladi yoki tomchilab yuborishga o‘tiladi, buning uchun 10-20 ml 24 mg/ml eritma (0,24-0,48 g) 100-150 ml izotonik natriy xlorid eritmasida suyultiriladi; 30-50 tomchi/minut tezlikda yuboriladi. Preparat kuniga 3 martagacha, 14 kundan oshmasdan yuboriladi.
Kattalar uchun tomir ichiga yuborilganda eufillin maksimal dozalari: bir martalik - 0,25 g, sutkalik - 0,5 g.
Zaruriyat tug‘ilganda bolalarga eufillin tomir ichiga tomchilab bir martalik doza 2-3 mg/kg hisobida yuboriladi.
Bolalar uchun tomir ichiga yuborilganda maksimal doza: bir martalik - 3 mg/kg, sutkalik - 3 oygacha - 0,03-0,06 g, 4-12 oyda - 0,06-0,09 g, 2-3 yoshda 0,09-0,12 g, 4-7 yoshda - 0,12-0,24 g, 8-18 yoshda - 0,25-0,5 g.
-
Farmakologik xususiyatlari
Ksantin hosilasi.
Fosfodiesterazani ingibitsiya qiladi, to'qimalarda tsiklik adenozinmonofosfat to'planishini oshiradi, adenozin (purin) retseptorlarini bloklaydi; hujayra membranalari kanallari orqali kalsiy ionlarining kirib kelishini kamaytiradi, silliq mushaklarning qisqaruvchanlik faolligini pasaytiradi.
Bronx mushaklarini bo'shashtiradi, bronxospazmni bartaraf etadi, mukotsiliyar klirensni oshiradi, diafragma qisqarishini stimulyatsiya qiladi, nafas olish va qovurg'alararo mushaklar funksiyasini yaxshilaydi, nafas olish markazini stimulyatsiya qiladi, uning uglerod angidridga sezuvchanligini oshiradi va alveolyar ventilyatsiyani yaxshilaydi, bu esa oxir-oqibat apnoe epizodlarining og'irligi va chastotasini kamayishiga olib keladi. Nafas olish funksiyasini normallashtiradi, qonni kislorod bilan to'yinishiga yordam beradi va uglerod angidrid konsentratsiyasini kamaytiradi. Gipokalemiya sharoitida o'pka ventilyatsiyasini kuchaytiradi. Yurak faoliyatiga stimulyatsion ta'sir ko'rsatadi, yurak qisqarish kuchi va chastotasini oshiradi, koronar qon oqimini va miokardning kislorodga bo'lgan ehtiyojini oshiradi. Qon tomirlarining tonusini (asosan miya, teri va buyrak tomirlari) pasaytiradi. Periferik vazodilatatsion ta'sir ko'rsatadi, o'pka tomir qarshiligini kamaytiradi, kichik qon aylanish doirasida bosimni pasaytiradi. Buyrak qon oqimini oshiradi. O'rtacha diuretik ta'sir ko'rsatadi. Jigar tashqarisidagi o't yo'llarini kengaytiradi. Trombotsitlar agregatsiyasini tormozlaydi (trombotsitlarni faollashtiruvchi omil va prostaglandin E2 alfa ni bostiradi), eritrotsitlarning deformatsiyaga chidamliligini oshiradi (qonning reologik xususiyatlarini yaxshilaydi), tromb hosil bo'lishini kamaytiradi va mikrosirkulyatsiyani normallashtiradi. Tokolitik ta'sirga ega, me'da shirasi kislotaliligini oshiradi. Katta dozalarda qo'llanilganda epileptogen ta'sir ko'rsatadi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Keksay bemorlarga preparatning dozasini kamaytirish tavsiya etiladi, chunki u organizmdan sekin chiqariladi. Chekuvchi bemorlarga esa preparatning organizmdan tez chiqarilishi sababli doza oshirilishi tavsiya etiladi.
Davolanish davrida kofein saqlovchi mahsulotlar yoki ichimliklarni ko‘p miqdorda iste’mol qilishda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur.
Preparat eritmasini qo‘llashdan oldin tana haroratigacha isitish kerak.
Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri:
Davolanish vaqtida transport vositalarini boshqarish, shuningdek, psixomotor reaksiyalar tezligi va aniq harakatlarni talab qiladigan faoliyat turlari bilan shug‘ullanish tavsiya etilmaydi.