-
Tarkibi
5 ml sirop quyidagilarni o'z ichiga oladi
Faol modda: dezloratadin 2,5 mg.
Yordamchi modda: natriy metilparagidroksibenzoat, natriy propilparagidroksibenzoat, propilenglikol, limon kislotasi monogidrat, saxaroza, "Apelsin" aromatizatori, sanset sariq, glitserin, tozalangan suv.
Tavsifi: to'q sariq rangli, shirin ta'mli sirop.
-
Qo'llanilishi
allergik rinit (aksirish, burundan shilliq ajralishi, qichishish va burun bitishi, ko'z qichishishi va qizarishi, ko'zdan yosh oqishi, tanglay qichishishini yo'qotish yoki yengillashtirish);
- surunkali idiopatik toshma (terida qichishish va toshmani kamaytirish yoki yo'qotish).
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
loratadin, dezloratadin yoki preparatning har qanday yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlik;
- fruktozani o'zlashtira olmaslik, glyukoza-galaktoza so'rilishi buzilishi yoki saxaraza-izomaltaza yetishmovchiligi;
- 1 yoshgacha bo'lgan bolalar yoshi.
-
Qo'llash usuli
Eslotin og'iz orqali, ovqat qabul qilishdan qat'i nazar, oz miqdorda suv bilan ichiladi.
1 yoshdan 5 yoshgacha bo'lgan bolalarga 1,25 mg (2,5 ml sirop) kuniga 1 marta buyuriladi.
6 yoshdan 11 yoshgacha bo'lgan bolalarga - 2,5 mg (5 ml sirop) kuniga 1 marta.
Kattalar va 12 yoshdan katta o'smirlar - 5 mg (10 ml sirop) kuniga 1 marta.
Siropni dozalash uchun qadoqda mavjud o'lchov stakanidan foydalaniladi.
Davolash kursi va davomiyligi kasallik xususiyatiga qarab belgilanadi. Mavsumiy pollinoz davolashda preparat simptomlar yo'qolgandan so'ng to'xtatiladi. Yil davomida allergik rinitni davolashda preparat bemor allergen bilan aloqa qilgan butun davr mobaynida uzluksiz qo'llaniladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Nojo‘ya reaksiyalar chastotasi quyidagicha aniqlanadi: juda tez-tez (≥ 1/10); tez-tez (≥ 1/100, lekin <1/10); tez-tez emas (≥ 1/1000, lekin <1/100); kam (≥ 1/10000, lekin <1/1000); juda kam (<1/10000); chastotasi noma’lum (mavjud ma’lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi).
2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya reaksiyalar diareya, isitma, uyqusizlik bo‘lgan.
Kattalarda eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya reaksiyalar charchoq, og‘iz qurishi, bosh og‘rig‘i bo‘lgan.
Psixika buzilishlari: juda kam - gallyutsinatsiyalar.
Nerv tizimi tomonidan: juda kam - bosh aylanishi, uyquchanlik, uyqusizlik, psixomotor giperkativlik, tutqanoq.
Yurak tomonidan: juda kam - taxikardiya, yurak urishi; chastotasi noma’lum - QT intervalining uzayishi. Bolalarda noma’lum chastotada QT intervalining uzayishi, aritmiya, bradikardiya kuzatilgan.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: juda kam - qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, dispepsiya, diareya.
Jigar va o‘t yo‘llari tomonidan: juda kam - jigar fermentlari va bilirubin darajasining oshishi, gepatit; chastotasi noma’lum - sariq kasallik.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: chastotasi noma’lum - fotosensitivlik.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan: juda kam - mialgiya.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar: juda kam - gipersensitivlik reaksiyalari (anafilaksiya, angionevrotik shish, nafas qisilishi, qichishish, toshma, eshakemi); chastotasi noma’lum - asteniya.
-
Chiqarish shakli
Sariq rangli shisha flakonda 60 ml sirop, bolalardan himoya tizimi bilan jihozlangan burama qopqoq bilan.
1 flakon o‘lchov stakanchasi va yo‘riqnoma varaqasi bilan karton qutida.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Dori vositasi og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi.
Esrotin sirop shaklida qandli diabet bilan kasallangan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi, chunki gipoglikemik vositalar dozasini tuzatish talab qilinishi mumkin.
Juda kam hollarda uyquchanlik paydo bo‘lishi mumkin, bu esa avtomobil haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilishi mumkin.
Homiladorlik yoki laktatsiya davrida
Homiladorlik
Homilador ayollarda dori vositasini qo‘llash bo‘yicha ko‘plab ma’lumotlar (1000 dan ortiq homiladorlik holatlari) dezloratadinning teratogen ta’siri va homila ichidagi/neonatal rivojlanishga salbiy ta’siri yo‘qligini ko‘rsatadi. Ehtiyot chorasi sifatida Esrotinni homilador ayollarda qo‘llashdan saqlanish kerak.
Laktatsiya
Dezloratadin emizikli ayollarda qabul qilinganda yangi tug‘ilgan chaqaloqlar/emizikli bolalarda aniqlangan. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bolalarga ta’siri noma’lum. Bolaga emizishning foydasi va onaga davolashning foydasini hisobga olgan holda, dori vositasini qabul qilishni to‘xtatish yoki emizishni to‘xtatish haqida qaror qabul qilish kerak.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Dori vositalari o'zaro ta'sirini o'rganishda dezloratadin ketokonazol, eritromitsin, azitromitsin, fluoksetin, simetidin bilan birga ko'p martalik qo'llanganda dezloratadinning plazmadagi konsentratsiyasida klinik jihatdan ahamiyatli o'zgarishlar aniqlanmadi.
Dezloratadin alkogolning markaziy asab tizimiga ta'sirini kuchaytirmaydi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Simpomlari: nojo'ya reaksiyalar kuchayishi.
Davolash: oshqozonni yuvish va undan so'ng faollashtirilgan ko'mir qabul qilish, zarurat bo'lsa simptomatik terapiya. Gemodializ samarasiz. Peritoneal dializ samaradorligi aniqlanmagan.