Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Dilutix 75 mg № 28
Dilutix 75 mg № 28
Ishlab chiqaruvchi: Ali Raif Ilac
Yaroqlilik muddati: 2 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Bolalar uchun

    Ruxsat

Mavjud
122 067 so'm 150 700 so'm
ico
1
ico
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari dilutix 75 mg № 28
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Tabletkalar
  • Dozalash
    75 mg
  • Yaroqlilik muddati
    2 yil
  • Qadoqdagi soni
    28 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Faqat retsept bilan
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    Har bir plyonka qobig‘i bilan qoplangan tabletkada quyidagilar mavjud:
    faol modda: klopidogrel 75 mg (klopidogrel gidrosulfati shaklida 97,875 mg);
    yordamchi moddalari: laktoza anhidrid, mikrokristallik sellyuloza (Avicel PH 102), kroskarmelloza natriy, kremniy dioksid (Aerosil 200), talk, magniy stearat; Opadry II Pink 32K14834 (laktoza monogidrat, gipromelloza, titana dioksid, triatsetin, temir oksid qizil)
  • Qo'llanilishi
    Aterotrombotik hodisalarni oldini olish uchun:
    1. miokard infarktini boshdan kechirgan (bir necha kundan kamida 35 kungacha), ishemik insult (7 kundan kamida 6 oygacha) yoki periferik arteriya kasalliklari aniqlangan bemorlar uchun;
    2. o‘tkir koronar sindromdan aziyat chekayotgan bemorlar uchun:
    - ST segmentining ko‘tarilishi bo‘lmagan o‘tkir koronar sindrom (barqaror bo‘lmagan stenokardiya yoki Q tishchasisiz miokard infarkti), shu jumladan, perkutan koronar aralashuvga mo‘ljallangan bemorlar, atsetilsalitsil kislotasi (ASK) bilan birga;
    - ST segmentining ko‘tarilishi bilan o‘tkir miokard infarkti, atsetilsalitsil kislotasi bilan birga, dori-darmon bilan davolanayotgan va trombolitik terapiya qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan bemorlarda.
    Klopidogrel kattalar bemorlarda aterotrombotik va tromboembolik asoratlarni oldini olish uchun, fibrillyatsion aritmiya bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Yurak-qon tomir asoratlari xavfi yuqori bo‘lgan fibrillyatsion aritmiya (FA) bo‘lgan bemorlarda, vitamin K antagonistlari (VKA) bilan davolash mumkin bo‘lmagan va qon ketish xavfi past bo‘lgan hollarda, klopidogrel ASK bilan birga aterotrombotik va tromboembolik asoratlarni, shu jumladan, insultni oldini olish uchun qo‘llaniladi.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    faol modda yoki dori vositasining har qanday komponentiga yuqori individual sezuvchanlik;
    - jigar faoliyatining og‘ir buzilishi;
    - o‘tkir patologik qon ketish, masalan, me’da yoki o‘n ikki barmoqli ichak yarasi yoki bosh ichidagi qon quyilishi.
  • Qo'llash usuli
    ST segmenti ko‘tarilmasdan o‘tkir koronar sindrom (noaniq stenokardiya yoki Q tishchasisiz miokard infarkti): klopidogrel bilan davolash 300 mg bir martalik yuklama doza bilan boshlanishi kerak, so‘ngra 75 mg dozada kuniga bir marta davom ettiriladi (kuniga 75-325 mg dozada atsetilsalitsil kislotasi bilan birga). Atsetilsalitsil kislotasining dozasi 100 mg dan oshirilishi tavsiya etilmaydi, chunki yuqori dozalar ASK qon ketish xavfini oshiradi. Davolashning optimal davomiyligi rasmiy ravishda belgilanmagan. Klinik sinovlar ma’lumotlari sxemani 12 oy davomida qo‘llashni tasdiqlaydi, maksimal foyda 3 oydan so‘ng kuzatiladi.
    - ST segmenti ko‘tarilishi bilan o‘tkir miokard infarkti: klopidogrel kuniga bir marta 75 mg dozada, boshlang‘ich yuklama doza 300 mg bilan, atsetilsalitsil kislotasi va boshqa trombolitiklar bilan yoki ularsiz birga buyuriladi. 75 yoshdan katta bemorlarda klopidogrel bilan davolash yuklama dozasiz amalga oshirilishi kerak. Kombinatsiyalangan terapiya simptomlar paydo bo‘lishi bilan imkon qadar erta boshlanadi va kamida to‘rt hafta davom ettiriladi. Ushbu holatda klopidogrel va ASK kombinatsiyasining to‘rt haftadan keyingi foydasi o‘rganilmagan.
    Mertsateliya aritmiyasi: klopidogrel 75 mg kuniga bir marta. ASK (75-100 mg/kun) buyuriladi va klopidogrel bilan birga qabul qilish davom ettiriladi.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Klinik sinovlarda yoki ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyingi davrda kuzatilgan nojo‘ya ta’sirlar quyida keltirilgan. Nojo‘ya ta’sirlar rivojlanish tez-tezligi quyidagi darajalarda keltirilgan: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100, <1/10); kamdan-kam (≥1/1000, <1/100); kam (≥1/10000, <1/1000); juda kam (<1/10000); noma’lum (mavjud ma’lumotlarga ko‘ra uchrash tez-tezligini aniqlash imkoni yo‘q). Har bir tizimli organ sinfi bo‘yicha dori vositasining nojo‘ya reaksiyalari ularning og‘irlik darajasining kamayish tartibida keltirilgan.
    Qon va limfa tizimi: kamdan-kam - trombotsitopeniya, leykopeiya, eozinofiliya; kam - neytropeniya, shu jumladan og‘ir neytropeniya; juda kam – trombotsitopenik purpura, agranulositoz, granulositopeniya, aplastik anemiya, pantsitopeniya, orttirilgan gemofiliya A, anemiya, og‘ir trombotsitopeniya.
    Immun tizimi: juda kam – anafilaktik reaksiyalar, zardob kasalligi, boshqa tienopiridinlarga (masalan, tiklopidin, prazugrel) nisbatan o‘zaro gipersensitivlik reaksiyalari.
    Psixik buzilishlar: juda kam – gallyutsinatsiyalar, ongning chalkashligi.
    Nerv tizimi: kamdan-kam – bosh ichidagi qon ketish (o‘lim bilan yakunlangan bir necha holatlar haqida xabar berilgan), bosh og‘rig‘i, paresteziya, bosh aylanishi; juda kam – ta’m bilish buzilishi.
    Ko‘rish organlari: kamdan-kam – ko‘zga qon quyilishi (kon’yunktival, okulyar, retinal).
    Eshitish va vestibulyar apparat: kam – bosh aylanishi.
    Tomir tizimi: tez-tez – gematoma; juda kam - og‘ir qon ketish, operatsion yaradan qon ketish, vaskulit, gipotenziya.
    Nafas olish tizimi, ko‘krak va mediastinal buzilishlar: tez-tez – burundan qon ketish; juda kam – qon tupurish, o‘pka qon ketishi, bronxospazm, interstitsial pnevmonit, eozinofilik pnevmoniya.
    Ovqat hazm qilish tizimi: tez-tez – me’da-ichak qon ketishi, diareya, qorin og‘rig‘i, dispepsiya; kamdan-kam – me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi, gastrit, qusish, ko‘ngil aynishi, qabziyat, meteorizm; kam – retroperitoneal qon ketish; juda kam – me’da-ichak va retroperitoneal qon ketish o‘lim bilan, pankreatit, kolit (shu jumladan, yarali yoki limfotsitar kolit), stomatit.
    Gepatobiliar tizim: juda kam – o‘tkir jigar yetishmovchiligi, gepatit, jigar funktsional testining patologik ko‘rsatkichlari.
    Teri va teri osti to‘qimalari: tez-tez - qon quyilishi; kamdan-kam - toshma, qichishish, purpura; juda kam - angionevrotik shish, pufakli toshma (ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz), dori-induktsiyalangan gipersensitivlik sindromi, eozinofiliya va tizimli namoyonlar bilan dori toshmasi (DRESS-sindrom), eritematoz toshma, eshakemi, ekzema va yassi temiratki.
    Harakat tizimi, biriktiruvchi to‘qima va suyaklar: juda kam – skelet-mushak qon ketishi (gemartroz), artralgiya, artrit, mialgiya.
    Buyrak va siydik chiqarish tizimi: kamdan-kam - gematuriya; juda kam - glomerulonefrit, qonda kreatinin darajasining oshishi.
    Reproduktiv tizim va ko‘krak bezlari: ginekomastiya.
    Umumiy buzilishlar: tez-tez - punktsiya joyida qon ketish; juda kam - tana haroratining oshishi.
    Laboratoriya tadqiqotlari: kamdan-kam - qon ketish vaqtining uzayishi va neyrofillar sonining kamayishi, trombotsitlar sonining kamayishi.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Klopidogrel prolekardir, uning metabolitlaridan biri trombotsitlar agregatsiyasi ingibitori hisoblanadi. Klopidogrel faol metabolit hosil qilish uchun CYP450 fermentlari yordamida metabolizmga uchrashi kerak. Faol metabolit selektiv tarzda adenozindifosfat (ADF) ning trombotsit retseptori P2Yn bilan bog‘lanishini va keyinchalik ADF bilan bog‘liq glikoprotein kompleksi GPIIb/IIIa ning faollashishini ingibitsiya qiladi, shu bilan trombotsitlar agregatsiyasiga to‘sqinlik qiladi.
    Klopidogrelni kunlik 75 mg dozada muntazam qabul qilish ADF tomonidan chaqirilgan trombotsitlar agregatsiyasining sezilarli darajada susayishiga olib keladi, bu birinchi kundan boshlab kuzatiladi. Ingibitsiyalovchi ta’sir bosqichma-bosqich kuchayadi va muvozanat holatiga 3-7 kun ichida erishiladi. Shu bilan birga, kunlik 75 mg doza ta’sirida agregatsiyaning o‘rtacha susayish darajasi 40 dan 60% gacha bo‘lgan. Trombotsitlar agregatsiyasi va qon ketish vaqti davolash to‘xtatilgandan so‘ng o‘rtacha 5 kun ichida asta-sekin boshlang‘ich darajaga qaytadi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Qon ketishlari va gematologik nojo‘ya ta’sirlar
    Agar davolash davomida qon ketishi va gematologik nojo‘ya ta’sirlarni ko‘rsatuvchi klinik simptomlar paydo bo‘lsa, darhol qon tahlili o‘tkazish zarur. Qon ketishi xavfi oshganligi sababli klopidogrelni varfarin bilan birga qabul qilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
    Klopidogrelni travma, jarrohlik aralashuvlari yoki boshqa patologik holatlar bilan bog‘liq qon ketishi xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarda, shuningdek, klopidogrelni atsetilsalitsil kislotasi, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar, shu jumladan COX-2 ingibitorlari, geparin, glikoprotein IIb/IIIa ingibitorlari, selektiv serotonin qayta qabul qilinishining ingibitorlari (SSRI) yoki qon ketishi xavfi bilan bog‘liq boshqa dori vositalari, masalan, pentoksifillin bilan birga qo‘llanganda ehtiyotkorlik bilan ishlatish kerak. Qon ketishi belgilari, shu jumladan yashirin qon ketishlarni diqqat bilan nazorat qilish zarur, ayniqsa davolashning birinchi haftalarida va/yoki invaziv yurak muolajalari yoki jarrohlik aralashuvdan keyin. Klopidogrelni og‘iz orqali antikoagulyantlar bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki bunday kombinatsiya qon ketishining kuchayishiga olib kelishi mumkin.
    Agar jarrohlik aralashuvlari rejalashtirilgan bo‘lsa va antiagregant ta’sir istalmagan bo‘lsa, klopidogrel bilan davolashni operatsiyadan 7 kun oldin to‘xtatish kerak. Agar bemorga operatsiya yoki yangi dori vositasi buyurilsa, preparatni qabul qilayotganligi haqida davolovchi shifokor va stomatologga xabar berish zarur.
    Klopidogrelni qon ketishi xavfi (ayniqsa, me’da-ichak va ko‘z ichidagi) bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Klopidogrel qabul qilinayotganda me’da-ichak kasalliklarini chaqirishi mumkin bo‘lgan dori vositalarini (masalan, atsetilsalitsil kislotasi va NPVQ) ehtiyotkorlik bilan ishlatish kerak.
    Klopidogrel (yoki AAS bilan birga) qabul qilinayotganda yuzaga kelgan qon ketishini to‘xtatish ko‘proq vaqt talab qilishi mumkinligi sababli, har qanday noodatiy (joyi va/yoki davomiyligi bo‘yicha) qon ketish holatlari haqida shifokorga xabar berish zarur.
    Trombotik trombotsitopenik purpura (TTP)
    Klopidogrel qabul qilgandan so‘ng trombotik trombotsitopenik purpura (TTP) juda kam hollarda kuzatilgan. Bu trombotsitopeniya va mikroangiopatik gemolitik anemiya, shuningdek, nevrologik simptomatika, buyrak funksiyasi buzilishi yoki isitma bilan birga kechgan. TTP rivojlanishi hayot uchun xavfli bo‘lishi mumkin va zudlik bilan choralar ko‘rishni, shu jumladan plazmaferezni talab qiladi.
    Orttirilgan gemofiliya
    Klopidogrel qabul qilgandan so‘ng orttirilgan gemofiliya rivojlanish holatlari haqida xabar berilgan. Izolyatsiyalangan aktivlashtirilgan qisman tromboplastin vaqtining oshishi qon ketishi bilan yoki bo‘lmasdan tasdiqlansa, orttirilgan gemofiliya rivojlanish ehtimolini ko‘rib chiqish kerak. Orttirilgan gemofiliya tashxisi tasdiqlangan bemorlar mutaxassislar nazorati va davosida bo‘lishi, klopidogrel bilan davolash to‘xtatilishi kerak.
    Ishemik insult
    Ma’lumotlar yetarli emasligi sababli klopidogrelni o‘tkir ishemik insultdan keyingi dastlabki 7 kun davomida buyurish tavsiya etilmaydi.
    Sitoxrom P450 2C19 (CYP2C19)
    CYP2C19 metabolik faolligi pasaygan bemorlarda klopidogrel tavsiya etilgan dozalarda kamroq miqdorda faol metabolit hosil qiladi va kamroq antiagregant ta’sir ko‘rsatadi. CYP2C19 metabolik faolligi pasaygan, o‘tkir koronar sindrom yoki perkutan koronar aralashuv o‘tkazgan va klopidogrel bilan tavsiya etilgan dozada davolanayotgan bemorlar, CYP2C19 normal funksional faollikka ega bemorlarga nisbatan yurak-qon tomir asoratlari rivojlanish xavfi yuqoriroq bo‘lishi mumkin.
    Klopidogrel qisman CYP2C19 yordamida faol metabolitga aylanadi, shuning uchun ushbu ferment faolligini bostiruvchi dori vositalarini qabul qilish klopidogrelning faol metaboliti konsentratsiyasini kamaytirishi kutiladi. Ushbu o‘zaro ta’sirning klinik ahamiyati o‘rganilmagan. Kuchli yoki o‘rtacha CYP2C19 ingibitorlarini bir vaqtda qo‘llashdan voz kechish kerak.
    CYP2C8 substratlari
    Klopidogrel bilan birga CYP2C8 izofermenti substratlari bo‘lgan dori vositalarini qabul qilayotgan bemorlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur.
    Allergik o‘zaro reaktivlik
    Bemorning anamnezida boshqa tienopiridinlarga (masalan, tiklopidin, prasugrel) yuqori sezuvchanlik bo‘lishini tekshirish kerak, chunki tienopiridinlar bilan allergik o‘zaro reaktivlik holatlari ma’lum. Anamnezida boshqa tienopiridinlarga yuqori sezuvchanlik bo‘lgan bemorlar klopidogrel bilan davolash vaqtida yuqori sezuvchanlik belgilari yuzasidan diqqat bilan kuzatilishi kerak. Tienopiridinlar turli darajadagi allergik reaksiyalarga, masalan, toshma, Kvinke shishi yoki gematologik o‘zaro reaksiyalarga, masalan, trombotsitopeniya va neytropeniya chaqirishi mumkin. Anamnezida bir tienopiridinga allergik va/yoki gematologik reaksiyalar bo‘lgan bemorlarda boshqa tienopiridinga ham shunday yoki boshqa reaksiyalar rivojlanish xavfi yuqori bo‘lishi mumkin.
    Dori vositasi tarkibida karmazin (E-122) bo‘yoqchisi mavjud bo‘lib, u allergik reaksiyalar chaqirishi mumkin.
    Klopidogrel transport vositalari va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi yoki ahamiyatsiz darajada ta’sir ko‘rsatadi.
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
    Peroral antikoagulyantlar: klopidogrelni peroral antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki bu qon ketishining intensivligini oshirishi mumkin. Klopidogrelni 75 mg/kun dozada qabul qilish varfarin bilan uzoq muddatli davolanish olgan bemorlarda S-varfarin yoki MHO farmakokinetikasini o‘zgartirmagan bo‘lsa-da, klopidogrelni varfarin bilan birga qo‘llash gemostazga mustaqil ta’siri tufayli qon ketish xavfini oshiradi. Klopidogrelning ba’zi dori vositalari, masalan, fenitoin va tolbutamid hamda metabolizmi P4502C9 fermenti yordamida amalga oshiriladigan NPVQlarga ta’siri ehtimoldan yiroq. Tadqiqotlar ma’lumotlariga ko‘ra, CYP2C9 yordamida metabolizmlanadigan fenitoin va tolbutamidni klopidogrel bilan birga xavfsiz qo‘llash mumkin.
    Glikoprotein IIb/IIIa ingibitorlari: glikoprotein IIb/IIIa ingibitorlarini klopidogrel bilan birga buyurishda ehtiyotkorlik talab etiladi.
    Asetilsalisil kislotasi: asetilsalisil kislotasi klopidogrelning ADP-induksiyalangan trombotsitlar agregatsiyasiga ingibirlaydigan ta’sirini o‘zgartirmaydi, biroq klopidogrel asetilsalisil kislotasining kollagen-induksiyalangan trombotsitlar agregatsiyasiga ta’sirini kuchaytiradi. Biroq, asetilsalisil kislotasini 500 mg dozada kuniga ikki marta birga qo‘llash klopidogrel qabul qilinishi natijasida uzaygan qon ketish vaqtining ishonchli oshishiga olib kelmagan. Klopidogrel va ASK o‘rtasida farmakodinamik o‘zaro ta’sir mumkin va bu qon ketish xavfining oshishiga olib keladi. Shuning uchun ushbu preparatlarni birga qo‘llashda ehtiyotkorlik zarur (qarang «Ehtiyot choralari»). Biroq, klopidogrel va asetilsalisil kislotasini 1 yilgacha xavfsiz qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlar mavjud.
    Geparin: sog‘lom shaxslarda o‘tkazilgan klinik sinov ma’lumotlariga ko‘ra, klopidogrel geparinga ehtiyojni ham, geparinning qon ivishiga ta’sirini ham o‘zgartirmaydi. Geparin bilan birga qo‘llash klopidogrelning trombotsitlar agregatsiyasiga ingibirlaydigan ta’sirini o‘zgartirmagan. Biroq, bunday kombinatsiyaning xavfsizligi hali aniqlanmagan va ushbu preparatlarni birga qo‘llashda ehtiyotkorlik zarur (qarang «Ehtiyot choralari»).
    Trombolitiklar: klopidogrel, fibrin-spesifik yoki fibrin-nonspesifik trombolitik preparatlar va geparinni birga qo‘llash xavfsizligi o‘tkir miokard infarkti bo‘lgan bemorlarda o‘rganilgan. Klinik ahamiyatli qon ketishlar chastotasi trombolitik vositalar va geparinni asetilsalisil kislotasi bilan birga qo‘llashda kuzatilgan ko‘rsatkichlarga o‘xshash bo‘lgan.
    Nesteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NPVQ): sog‘lom ko‘ngillilarda o‘tkazilgan klinik sinovda klopidogrel va naproksenni birga qo‘llash yashirin me’da-ichak qon ketishlari sonini oshirgan. Biroq, preparatning boshqa NPVQlar bilan o‘zaro ta’siri bo‘yicha tadqiqotlar yo‘qligi sababli, barcha bunday preparatlarni qo‘llashda me’da-ichak qon ketish xavfi oshgan-oshmaganligi hozircha noma’lum. Shunday qilib, NPVQ, jumladan, COX-2 ingibitorlarini klopidogrel bilan birga buyurishda ehtiyotkorlik zarur.
    Selektiv serotonin qayta qabul qilish ingibitorlari (SIOZS): SIOZS trombotsitlar faollashuviga ta’sir qilishi va qon ketish xavfini oshirishi sababli, klopidogrelni SIOZS bilan birga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash zarur.
    Boshqa dori vositalari bilan birga qo‘llash: klopidogrel qisman CYP2C19 yordamida faol metabolitga aylanadi, shuning uchun ushbu ferment faolligini susaytiruvchi dori vositalarini qabul qilish klopidogrelning faol metabolitining dori konsentratsiyasini kamaytirishi kutiladi. Ushbu o‘zaro ta’sirning klinik ahamiyati o‘rganilmagan. Kuchli yoki o‘rtacha CYP2C19 ingibitorlarini birga qo‘llashdan voz kechish kerak. CYP2C19 faolligini susaytiruvchi dori vositalariga omeprazol va ezomeprazol, fluvoksamin, fluoksetin, moklobemid, vorikonazol, flukonazol, tiklopidin, tsiprofloksatsin, tsimetidin, karbamazepin, oksakarbazepin, xloramfenikol, efavirenz kiradi. Agar klopidogrel bilan birga proton nasosi ingibitorlarini qo‘llash zarur bo‘lsa, CYP2C19 ga nisbatan eng past ingibirlaydigan faollikka ega preparatlardan, masalan, pantoprazol yoki lanzoprazolni qo‘llash tavsiya etiladi.
    Klopidogrelni omeprazol bilan 80 mg dozada (bir vaqtda yoki qabul qilishlar orasida 12 soat tanaffus bilan) birga qo‘llash klopidogrelning faol metabolitining ekspozitsiyasini 45% ga (yuklama dozasida) va 40% ga (qo‘llab-quvvatlovchi dozada) kamaytiradi. Klopidogrel va omeprazolni birga qabul qilishda trombotsitlar agregatsiyasining o‘rtacha susayishi 39% ga (yuklama dozasida) va 21% ga (qo‘llab-quvvatlovchi dozada) kamaygan. Ezomeprazol klopidogrel bilan o‘zaro ta’sirda shunga o‘xshash natijalar ko‘rsatishi kutiladi. Shuning uchun ehtiyot chorasi sifatida omeprazol va ezomeprazolni klopidogrel bilan birga qo‘llashdan saqlanish kerak.
    Pantoprazol va lanzoprazol bilan birga qo‘llashda metabolit ta’sirining kamroq pasayishi kuzatiladi. Klopidogrel va pantoprazolni birga qo‘llash mumkin.
    Qorindagi kislotalilikni pasaytiruvchi boshqa dori vositalari, masalan, H2-blokatorlar (tsimetidindan tashqari, u CYP2C19 ingibitori hisoblanadi) yoki antatsidlar, klopidogrelning antitrombotsitar ta’siriga ta’sir ko‘rsatishi bo‘yicha dalillar yo‘q.
    Dori vositalari – CYP2C8 sitoxromi substratlari: klopidogrel sog‘lom ko‘ngillilarda repaglinid ekspozitsiyasini oshirganligi ko‘rsatilgan. In vitro tadqiqotlar klopidogrelning glyukuronid metaboliti tomonidan CYP2C8 ingibitsiyasi hisobiga repaglinid ekspozitsiyasining oshishini ko‘rsatgan. Plazmadagi konsentratsiyaning oshish xavfi tufayli, klopidogrelni, birinchi navbatda, CYP2C8 sitoxromi ishtirokida metabolizmlanadigan dori vositalari (masalan, repaglinid, paklitaksel) bilan ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
    Boshqa preparatlar: klopidogrelni atenolol, nifedipin (yoki har ikkisi), fenobarbital, estrogenlar, digoksin, teofillin va antatsid vositalar bilan birga qo‘llashda klinik ahamiyatli farmakodinamik o‘zaro ta’sir aniqlanmagan.
    CAPRIE tadqiqotlari natijalari fenitoin va tolbutamidni, ular CYP2C9 yordamida metabolizmlanadi, klopidogrel bilan birga qo‘llash mumkinligini ko‘rsatdi.
    Klinik sinovlarga ko‘ra, klopidogrel bilan birga yuqorida ko‘rsatilganlardan tashqari turli preparatlarni, jumladan, diuretiklar, beta-blokatorlar, APF ingibitorlari, kalsiy kanali antagonistlari, qondagi xolesterin darajasini pasaytiruvchi preparatlar, koronar vazodilatatorlar, antidiyabetik preparatlar (shu jumladan insulin), antiepileptik vositalar va GP IIb/IIIa antagonistlari qabul qilgan bemorlarda klinik ahamiyatli nojo‘ya o‘zaro ta’sirlar aniqlanmagan.
  • Dozani oshirib yuborilishi
    Siptomlar: klopidogrelning dozasi oshib ketishi qon ketish vaqtining uzayishiga va keyingi asoratlarga olib kelishi mumkin. Qon ketish aniqlansa, mos davolash choralarini ko‘rish kerak.
    Davolash: klopidogrel uchun antidot aniqlanmagan. Qon ketish vaqtini tezda tuzatish zarur bo‘lsa, trombotsitlar massasi quyilishi tavsiya etiladi.
Hammasini ko'rsatish
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Davron
    ico ico ico ico ico
    Эффективное лекарство, хорошо помогло с проблемами желудка. Спасибо магазину Oxymed!
    05 August 2024
    0
    0
  • Malika
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество и быстрая доставка. Рекомендую всем!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico