Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Atsiklovir-NGP 200mg №20
Atsiklovir-NGP 200mg №20
Ishlab chiqaruvchi: Неогаленфарм
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Bolalar uchun

    3 yoshdan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Ruxsat

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari atsiklovir-ngp 200mg №20
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Tabletkalar
  • Dozalash
    200 mg
  • Yaroqlilik muddati
    3 yil
  • Qadoqdagi soni
    20 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Retseptsiz beriladi
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Qo'llanilishi
     Herpes simplex virusi 1 va 2 tiplari bilan chaqirilgan teri va shilliq qavatlar infeksiyalarini davolash, shu jumladan birlamchi va qaytalanuvchi genital gerpes; Herpes simplex virusi 1 va 2 tiplari bilan chaqirilgan infeksiyalar qaytalanishini oldini olish, immun holati normal bo‘lgan bemorlarda; immun tanqisligi bo‘lgan bemorlarda Herpes simplex virusi 1 va 2 tiplari bilan chaqirilgan infeksiyalarni oldini olish; Varicella zoster virusi bilan chaqirilgan birlamchi va qaytalanuvchi infeksiyalarni davolash – suvchechak va toshmali gerpes (toshmali gerpesni asiklovir bilan erta davolash analgezik ta’sir ko‘rsatadi va postgerpetik nevralgiya rivojlanish chastotasini kamaytirishi mumkin).

    Herpes simplex virusi 1 va 2 tiplari bilan chaqirilgan infeksiyalarni davolash; immun tanqisligi bo‘lgan bemorlarda Herpes simplex virusi 1 va 2 tiplari bilan chaqirilgan infeksiyalarni oldini olish; Varicella zoster virusi bilan chaqirilgan infeksiyalarni davolash, shu jumladan suvchechak va toshmali gerpes; yangi tug‘ilganlarda Herpes simplex virusi 1 va 2 tiplari bilan chaqirilgan infeksiyalarni davolash; suyak iligi transplantati oluvchilarida sitomegalovirus infeksiyasini oldini olish. 

  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
     Atsiklovir, valatsiklovirga yuqori sezuvchanlik;  3 yoshgacha bo‘lgan bolalar (og‘iz orqali qabul qilish uchun); laktaza yetishmovchiligi, laktazani o‘zlashtira olmaslik, glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi (laktaza saqlovchi dori shakllari uchun).  homiladorlik va laktatsiya davri. 
  • Farmakologik xususiyatlari
     In vitro va in vivo sharoitida Herpes simplex virusi 1 va 2 tiplari, Varicella zoster virusi, Epshteyn-Barr virusi, sitomegalovirusni ingibiratsiya qilish qobiliyatiga ega. Xujayra madaniyatida atsiklovir Herpes simplex virusi 1-tipiga nisbatan eng yuqori virusga qarshi faollikka ega, keyingi kamayish tartibida: Herpes virusi 2-tipi, Varicella zoster virusi, Epshteyn-Barr virusi va sitomegalovirus. Atsiklovirning ushbu viruslarga ingibiratsion ta’siri yuqori selektivlik bilan tavsiflanadi. Atsiklovir infeksiyalanmagan xujayralarning timidinkinazasi uchun substrat emas, shuning uchun atsiklovir sutemizuvchilar xujayralari uchun past toksik hisoblanadi. Yuqori selektivlik va inson uchun past toksiklik, intakt makroorganizmdagi xujayralarda atsiklovir trifosfatini hosil qilish uchun zarur fermentning yo‘qligi bilan bog‘liq.

    Herpes simplex virusi 1 va 2 tiplari, Varicella zoster virusi, Epshteyn-Barr virusi yoki sitomegalovirus bilan infeksiyalangan xujayralarning timidinkinazasi atsiklovirni nukleozid analogi bo‘lgan atsiklovir monofosfatga aylantiradi, u keyinchalik xujayra fermentlari ta’sirida ketma-ket difosfat va trifosfatga aylanadi. Atsiklovir trifosfat virusli DNK zanjiriga qo‘shiladi va virusli DNK-polimerazani raqobatli ingibirlash orqali uning sintezini bloklaydi. Shu tarzda “nuqsonli” virusli DNK hosil bo‘ladi, bu esa viruslarning yangi avlodlari replikatsiyasini bostirishga olib keladi.

    Gerpesni davolashda yangi toshmalar elementlarining paydo bo‘lishini oldini oladi, teri dissimenatsiyasi va visseral asoratlar ehtimolini kamaytiradi, qobiqchalar hosil bo‘lishini tezlashtiradi, zona gerpesining o‘tkir bosqichida og‘riqni kamaytiradi. 

    Immunitet tanqisligi og‘ir bo‘lgan bemorlarda atsiklovir bilan uzoq yoki takroriy davolash kurslari rezistent shtammlarning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin, shuning uchun keyingi atsiklovir bilan davolash samarasiz bo‘lishi mumkin. Atsiklovirga sezuvchanligi pasaygan ajratilgan shtammlarning aksariyatida virus timidinkinazasi nisbatan past miqdorda, virus timidinkinazasi yoki DNK-polimerazasi tuzilishining buzilishi aniqlangan. Herpes simplex virusi shtammlariga atsiklovirning in vitro ta’siri ham unga kamroq sezgir shtammlarning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Herpes simplex virusi shtammlarining in vitro sharoitida atsiklovirga sezuvchanligi va preparatning klinik samaradorligi o‘rtasida bog‘liqlik aniqlanmagan. 

  • Maxsus ko'rsatmalar
    Homiladorlik va emizish davrida 
    Atsiklovirni og'iz orqali 200 mg dozada kuniga 5 marta qabul qilgandan so'ng, uning kontsentratsiyasi ona sutida plazmadagi kontsentratsiyaning 60% dan 410% gacha bo'ladi. Ona sutidagi bunday kontsentratsiyalarda emizilayotgan bolalar atsiklovirni kuniga 0,3 mg/kg gacha dozada olishi mumkin. Ushbu faktni hisobga olgan holda, agar atsiklovirni tizimli qo'llash zarur bo'lsa, davolanish vaqtida emizishni to'xtatish kerak. 

    Avtomobil haydash va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
    Ta'sir qilmaydi.

Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Shohruh
    ico ico ico ico ico
    Ацикловир-NGP помог мне быстро избавиться от проблемы. Спасибо Oxymed!
    05 August 2024
    0
    0
  • Dilrabo
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество и быстрая доставка! Рекомендую этот магазин.
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico