-
Qo'llanilishi
Herpes simplex virusi 1 va 2 tiplari bilan chaqirilgan teri va shilliq qavatlar infeksiyalarini, shu jumladan birlamchi va qaytalanuvchi genital gerpesni davolash; normal immun holatdagi bemorlarda Herpes simplex virusi 1 va 2 tiplari bilan chaqirilgan infeksiyalar qaytalanishining oldini olish; immunitet yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda Herpes simplex virusi 1 va 2 tiplari bilan chaqirilgan infeksiyalarning oldini olish; Varicella zoster virusi bilan chaqirilgan birlamchi va qaytalanuvchi infeksiyalarni - suvchechak va toshmali gerpesni davolash (toshmali gerpesni atsiklovir bilan erta davolash analgezik ta'sir ko'rsatadi va postgerpetik nevralgiya rivojlanish chastotasini kamaytirishi mumkin).
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Atsiklovir, valatsiklovirga yuqori sezuvchanlik; laktatsiya davri (emizish); 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar (og‘iz orqali qabul qilish uchun); laktaza yetishmovchiligi, laktozani o‘zlashtira olmaslik, glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi (laktoza saqlovchi dori shakllari uchun).
Ehtiyotkorlik bilan: surunkali buyrak yetishmovchiligi; degidratatsiya bilan kechuvchi holatlar (jumladan, qusish, diareya); homiladorlik.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Nojo'ya reaksiyalar tez-tezligining aniqlanishi: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10), kamdan-kam (≥1/1000, <1/100), kam (≥1/10 000, <1/1000) va juda kam (<10 000), tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida yuzaga kelish tez-tezligini aniqlash mumkin emas).
Og'iz orqali qabul qilish uchun
Immun tizimi tomonidan: kam - anafilaksiya.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez - ko'ngil aynishi, qusish, diareya, qorin og'rig'i; kam - jigar transaminazalari faolligining va bilirubin kontsentratsiyasining o'tkinchi oshishi; juda kam - gepatit, sariqlik.
Nerv tizimi tomonidan: tez-tez - bosh og'rig'i, bosh aylanishi; juda kam - psixotik buzilishlar, tremor, ataksiya, dizartriya, tutqanoq, ensefalopatiya, koma, gallyutsinatsiyalar, uyquchanlik, ajitatsiya, ongning chalkashishi, paresteziya.
Siydik ajratish tizimi tomonidan: kam - siydikda mochevina, plazmada kreatinin kontsentratsiyasining o'tkinchi oshishi; juda kam - o'tkir buyrak yetishmovchiligi, buyrak kolikasi.
Nafas olish tizimi tomonidan: kam - nafas qisishi.
Teri va teri osti to'qimalari tomonidan: tez-tez - toshma, jumladan fotosensibilizatsiya, teri qichishishi; kamdan-kam - eshakemi, sochlarning tez va diffuz to'kilishi (chunki ushbu turdagi soch to'kilishi turli kasalliklar va dori vositalarini qabul qilish bilan bog'liq, shuning uchun ushbu hodisa va atsiklovir qabul qilish o'rtasidagi bog'liqlik noaniq); kam - angionevrotik shish; juda kam - ko'p shaklli ekssudativ eritema, jumladan Stivens-Djonson sindromi, Layell sindromi.
Qon hosil bo'lish tizimi tomonidan: juda kam - anemiya, leyopeniya, trombotsitopeniya.
Boshqalar: tez-tez - isitma, charchoq; kam - holsizlik.
-
Farmakologik xususiyatlari
Virusga qarshi vosita, purin nukleozidining sintetik analogi.
In vitro va in vivo sharoitida Herpes simplex virusi 1 va 2 tiplari, Varicella zoster virusi, Epshteyn-Barr virusi, sitomegalovirusga nisbatan ingibirlaydigan xususiyatga ega. Xujayra madaniyatida atsiklovir eng yuqori virusga qarshi faollikka Herpes simplex virusi 1-tipi nisbatan namoyon qiladi, keyingi kamayish tartibida: Herpes simplex virusi 2-tipi, Varicella zoster virusi, Epshteyn-Barr virusi va sitomegalovirus. Atsiklovirning ushbu viruslarga ingibirlaydigan ta’siri yuqori selektivlik bilan tavsiflanadi.
Atsiklovir infeksiyalanmagan xujayralarning timidinkinazasi fermenti uchun substrat emas, shuning uchun atsiklovir sutemizuvchilar xujayralari uchun past toksik hisoblanadi. Ta’sirining yuqori selektivligi va odam uchun past toksikligi, makroorganizmdagi intakt xujayralarda atsiklovir trifosfatini hosil qilish uchun zarur fermentning yo‘qligi bilan bog‘liq.
Herpes simplex virusi 1 va 2 tiplari, Varicella zoster virusi, Epshteyn-Barr virusi yoki sitomegalovirus bilan infeksiyalangan xujayralarning timidinkinazasi atsiklovirni nukleozid analogi bo‘lgan atsiklovir monofosfatga aylantiradi, u keyinchalik xujayra fermentlari ta’sirida ketma-ket difosfat va trifosfatga aylanadi. Atsiklovir trifosfat virus DNK zanjiriga qo‘shiladi va virus DNK-polimerazasini raqobatli ingibirlash orqali uning sintezini bloklaydi. Natijada, "nuqsonli" virus DNK hosil bo‘ladi, bu esa viruslarning yangi avlodlari replikatsiyasini bostiradi.
Gerpesni davolashda toshma yangi elementlarining paydo bo‘lishini oldini oladi, teri dissiminasiyasi va visseral asoratlar ehtimolini kamaytiradi, qobiq hosil bo‘lishini tezlashtiradi, qoplovchi gerpesning o‘tkir bosqichida og‘riqni kamaytiradi.
Immunitet tanqisligi og‘ir bo‘lgan bemorlarda atsiklovir bilan uzoq yoki takroriy davolash kurslari rezistent shtammlarning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin, shuning uchun keyingi atsiklovir bilan davolash samarasiz bo‘lishi mumkin. Atsiklovirga sezuvchanligi pasaygan ajratilgan shtammlarning aksariyatida virus timidinkinazasi nisbatan past miqdorda, virus timidinkinazasi yoki DNK-polimerazasining tuzilishida buzilish kuzatilgan. In vitro sharoitida Herpes simplex virusi shtammlariga atsiklovir ta’siri ham unga kam sezuvchan shtammlarning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Herpes simplex virusi shtammlarining in vitro sharoitida atsiklovirga sezuvchanligi va preparatning klinik samaradorligi o‘rtasida bog‘liqlik aniqlanmagan.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Og'ir buyrak funksiyasi buzilishlarida qo'llash tavsiya etilmaydi.
Atsiklovir qo'llanilganda, ayniqsa tezkor v/i yuborishda, nefrotoksik preparatlar bilan bir vaqtda qo'llanganda, buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda va yetarli suv yuklamasi bo'lmaganda atsiklovir kristallaridan cho'kma hosil bo'lishi natijasida o'tkir buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi mumkinligini hisobga olish kerak.
Atsiklovir qo'llanilganda buyrak funksiyasini nazorat qilish zarur (qon siydik azoti va plazmadagi kreatinin darajasini aniqlash).
Keksalar davolanishi yetarli suv yuklamasi bilan va shifokor nazorati ostida o'tkazilishi kerak, chunki ushbu toifadagi bemorlarda atsiklovirning T1/2 oshadi.
Genital gerpesni davolashda jinsiy aloqalardan saqlanish yoki prezervativlardan foydalanish kerak, chunki atsiklovir qo'llanilishi virusning sherikka yuqishini oldini olmaydi.