-
Tarkibi
1 shippak tabletkada quyidagilar mavjud:
faol modda: asetilsistein 200 mg yoki 600 mg;
yordamchi modda: askorbin kislotasi, natriy karbonat suvdan holi, natriy gidrokarbonat, limon kislotasi suvdan holi, sorbit (E 420), makrogol 6000, natriy sitrat, natriy saxarin, "Limon" aromatizatori.
-
Qo'llanilishi
Bronx-o‘pka tizimining o‘tkir va surunkali kasalliklarini davolash, balg‘amning ko‘payishi bilan kechadigan holatlar.
Paratsetamol bilan dozani oshirib yuborish.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Atsetiltsisteinga, kimyoviy tuzilishi o'xshash boshqa moddalarga yoki dori vositasining boshqa yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik.
Oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligining zo'rayish bosqichi, qon tupurish, o'pka qon ketishi.
2 yoshgacha bo'lgan bolalar yoshi.
-
Qo'llash usuli
Dori vositasi og‘iz orqali qabul qilish uchun mo‘ljallangan. Shippak tabletkani 1/3 stakan suvda eritib, imkon qadar tezroq ichish kerak. Ovqatdan keyin qabul qilish tavsiya etiladi. Asetilsisteinning mukolitik ta’sirini kuchaytirish uchun qo‘shimcha suyuqlik iste’mol qilish tavsiya etiladi.
200 mg shippak tabletkalar
Kattalar va 12 yoshdan boshlab bolalar.
Dori vositasini kuniga 400-600 mg dozada, 1-3 qabulga bo‘lib qabul qilish kerak.
6-12 yoshdagi bolalar.
Dori vositasini kuniga 400-600 mg dozada, 1-3 qabulga bo‘lib qabul qilish kerak.
2-6 yoshdagi bolalar.
Dori vositasini kuniga 200-400 mg dozada, 1-3 qabulga bo‘lib qabul qilish kerak.
600 mg shippak tabletkalar
Kattalar va 12 yoshdan boshlab bolalar.
Preparatni kuniga 1 marta 600 mg dozada qabul qilish kerak.
Davolash kursining davomiyligini shifokor kasallikning xususiyatiga (o‘tkir yoki surunkali) qarab individual belgilaydi.
Paratsetamol bilan dozani oshirib yuborish.
Toksik modda qabul qilinganidan keyingi dastlabki 10 soat ichida asetilsisteinni imkon qadar tezroq 140 mg/kg hisobida, so‘ngra har 4 soatda 70 mg/kg hisobida 1-3 sutka davomida qo‘llash kerak.
Dori vositasini eritma tayyorlangandan so‘ng darhol kechiktirmasdan qabul qilish kerak.
Bolalar
200 mg shippak tabletkalarni 2 yoshdan boshlab bolalarga qo‘llash mumkin. 600 mg shippak tabletkalarni 12 yoshdan boshlab bolalarga qo‘llash mumkin.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Asetilsistein qo‘llanilganda quyidagi tez-tezlikda nojo‘ya reaksiyalar haqida xabar berilgan: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100, <1/10); kam (≥1/1000, <1/100); kamdan-kam (≥1/10000, <1/1000); juda kamdan-kam (<1/10000); tez-tezligi noma’lum (mavjud ma’lumotlar asosida aniqlab bo‘lmaydi).
Qon va limfa tizimi tomonidan: tez-tezligi noma’lum anemiya.
Immun tizimi tomonidan: kam yuqori sezuvchanlik;
juda kamdan-kam anafilaktik shok, anafilaktik/anafilaktoid reaksiyalar.
Nerv tizimi tomonidan: kam bosh og‘rig‘i.
Eshitish organlari va labirint tomonidan: kam quloqda shovqin.
Yurak tomonidan: kam taxikardiya.
Tomirlar tomonidan: juda kamdan-kam gemorragiyalar.
Nafas olish organlari, ko‘krak qafasi va o‘rta ko‘krak sohasidan: kamdan-kam dispnoe, bronxospazm;
tez-tezligi noma’lum bronxial obstruksiya, rinoreya.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kam qusish, diareya, stomatit, qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi; kamdan-kam dispepsiya; tez-tezligi noma’lum og‘izdan yoqimsiz hid.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: kam eshakemi, toshma, Kvinke shishi, qichishish; tez-tezligi noma’lum ekzema.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar: kam gipertermiya; tez-tezligi noma’lum yuz shishi.
Laborator va instrumental tekshiruv natijalariga ta’siri: kam arterial bosimning pasayishi.
Juda kam hollarda asetilsistein qabul qilish bilan bog‘liq og‘ir teri reaksiyalari, masalan, Stivens-Djonson sindromi va Layell sindromi haqida xabar berilgan. Ko‘pgina hollarda kamida yana bir dori vositasi teri-shilliq qavat sindromining paydo bo‘lishiga ko‘proq sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun teri yoki shilliq qavatlarda har qanday yangi o‘zgarishlar paydo bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish va preparatni darhol to‘xtatish zarur.
Trombositlar agregatsiyasining pasayishi holatlari qayd etilgan, biroq bu holatning klinik ahamiyati aniqlanmagan.
Shubhali nojo‘ya reaksiyalar haqida xabar berish.
Dori vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin yuzaga kelgan shubhali nojo‘ya reaksiyalar haqida xabar berish juda muhimdir. Bu dori vositasining foyda/risk nisbatini doimiy kuzatib borish imkonini beradi. Sog‘liqni saqlash xodimlaridan har qanday shubhali nojo‘ya reaksiyalar haqida milliy xabar berish tizimi orqali xabar berish so‘raladi.
-
Farmakologik xususiyatlari
N-atsetiltsistein mukolitik ta'sir ko'rsatadi. Atsetiltsistein tarkibida sulfgidril guruhlarining mavjudligi balg'amdagi kislotali mukopolisaxaridlarning disulfid bog'larini uzilishiga yordam beradi, bu mukoproteinlarning depolyarizatsiyasiga va shilliqning yopishqoqligining kamayishiga olib keladi. Yiringli balg'am mavjudligida ham faolligini saqlab qoladi.
Bundan tashqari, atsetiltsistein to'g'ridan-to'g'ri antioksidant ta'sir ko'rsatadi, bu erkin tiol (-SH) nukleofil guruhi mavjudligi bilan bog'liq bo'lib, u oksidlovchi radikallarning elektrofil guruhlari bilan oson reaksiyaga kirishadi. Xususan, zamonaviy ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, atsetiltsistein α-antitripsin elastazani inhibe qiluvchi oqsilni faollashgan fagotsitlarning miyeoloperoksidaza oqsili tomonidan ishlab chiqariladigan kuchli oksidlovchi agent bo'lgan xlor kislotasi ta'sirida buzilishdan himoya qiladi.
Shuning uchun atsetiltsisteinni nafas olish tizimining o'tkir va surunkali kasalliklarini davolashda, quyuq va yopishqoq sekretsiya bilan kechadigan holatlarda qo'llash mumkin.
Molekulyar tuzilishi tufayli, atsetiltsistein hujayra membranalari orqali oson o'ta oladi. Hujayra ichida atsetiltsistein deatsetillanib, L-tsistein aminokislotasiga aylanadi, u glyutathion sintezi uchun zarur.
Glyutathion bu yuqori reaktiv tripeptid bo'lib, u nafaqat ekzogen va endogen kelib chiqadigan oksidlovchi toksinlardan, balki bir qator sitotoksik moddalardan ham hujayra ichki himoyasining muhim omilidir.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Bronxial astma bilan kasallangan bemorlar davolanish vaqtida bronxospazm rivojlanishi mumkinligi sababli qat'iy nazorat ostida bo‘lishlari kerak. Bronxospazm yuzaga kelganda dori vositasini qo‘llashni darhol to‘xtatish lozim.
Mukolitik vositalar 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda bronxial obstruktsiyani chaqirishi mumkin. Ushbu yosh guruhidagi bolalarda nafas yo‘llari sekretsiyasini tozalash qobiliyati nafas olish tizimining fiziologik xususiyatlari tufayli cheklangan. Shuning uchun mukolitik vositalarni 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.
Asetiltsistein qo‘llanilishi, asosan davolash boshida, bronxial sekretsiyaning suyulishiga va uning hajmining oshishiga olib kelishi mumkin. Agar bemor balg‘amni samarali yo‘tal bilan chiqarishga qodir bo‘lmasa, postural drenaj va bronxoaspiratsiya zarur.
Dori vositasini oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi bo‘lgan bemorlarga, ayniqsa, me'da shilliq qavatini tirnaydigan boshqa dori vositalari bilan birga qabul qilganda, ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Preparatni jigar yoki buyrak kasalliklari bo‘lgan bemorlarga azotli birikmalar to‘planishining oldini olish uchun ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Asetiltsistein gistamin almashinuviga ta'sir qiladi, shuning uchun dori vositasini gistaminga toqat qilmaydigan bemorlarga uzoq muddatli davolash sifatida qo‘llash mumkin emas, chunki bu toqat qilmaslik simptomlarining (bosh og‘rig‘i, vazomotor rinit, qichishish) paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Ehtimoliy oltingugurt hidi dori vositasining o‘zgarishi belgisi emas, balki faol moddaning o‘ziga xos xususiyatidir.
Dori vositasi sorbit saqlaydi. Ba'zi shakarlarni toqat qilmaslik aniqlanganda, ushbu dori vositasini qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Asibroks 200 mg dori vositasi 403,1 mg natriy saqlaydi. Asibroksa 600 mg dori vositasi 356,8 mg natriy saqlaydi. Natriy miqdorini buyrak faoliyati buzilgan yoki past natriyli dieta tutayotgan bemorlarga qo‘llashda hisobga olish kerak.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llash
Homilador ayollarda asetiltsistein qo‘llash bo‘yicha klinik ma'lumotlar cheklangan. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar homiladorlik, embrio-fetal rivojlanish, tug‘ruq va postnatal rivojlanishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita salbiy ta'sir ko‘rsatmagan.
Asetiltsisteinning ko‘krak suti tarkibiga o‘tishi haqida ma'lumot yo‘q.
Homiladorlik va emizish davrida dori vositasini faqat foyda/risk nisbatini sinchiklab baholagandan so‘ng qo‘llash kerak.
Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati
Asetiltsistein reaksiya tezligi va avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatishini tasdiqlovchi ma'lumotlar yo‘q.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Asetilsisteinni og'iz orqali qo'llanganda dozani oshirib yuborish holatlari haqida ma'lumot yo'q.
Ko'ngilli shaxslar 11,6 g asetilsisteinni kuniga 3 oy davomida qabul qilganlarida hech qanday jiddiy nojo'ya reaksiyalar kuzatilmagan.
Kuniga 500 mg/kg dozada qo'llanganda asetilsistein dozani oshirib yuborishni chaqirmaydi.
Siptomlari
Dozani oshirib yuborish ko'ngil aynishi, qusish va diareya kabi me'da-ichak simptomlari bilan namoyon bo'lishi mumkin.
Davolash
Asetilsistein bilan zaharlanishda maxsus antidot yo'q, terapiya simptomatik.