-
Tarkibi
faol moddalari odam gamma interferoniga qarshi affinni tozalangan antitanalar -0,003g* yordamchi moddalari laktosa monogidrat 0,267 g, mikrokristallik tsellyuloza 0,03 g, magniy stearat 0,003 g. * laktosa monogidratga suv-spirt aralashmasi ko‘rinishida faol moddaning faol shakli 10-16 ng/g dan ko‘p bo‘lmagan miqdorda qo‘llaniladi.
-
Qo'llanilishi
1 oylikdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda gripp va o‘tkir respirator virusli infeksiyalarni (ORVI) profilaktikasi va davolash.
1 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda gerpesviruslar chaqirgan infeksiyalarni (infeksion mononukleoz, suvchechak) kompleks davolash tarkibida davolash.
6 oylikdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda rota- va kalitsiviruslar chaqirgan o‘tkir ichak infeksiyasini kompleks davolash tarkibida davolash.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori individual sezuvchanlik.
1 oygacha bo‘lgan bolalar yoshi – gripp va boshqa O‘RVI profilaktikasi va davolash uchun.
1 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi – bolalarda gerpesviruslar chaqirgan infeksiyalarni (suvchechak, infeksion mononukleoz) davolash uchun.
6 oygacha bo‘lgan bolalar yoshi – rota- va kalitsiviruslar chaqirgan o‘tkir ichak infeksiyasini davolash uchun.
Laktaza yetishmovchiligi, galaktozani irsiy o‘zlashtira olmaslik, glyukoza-galaktoza malabsorbsiya.
-
Qo'llash usuli
Risqa tabletkani bo‘lish uchun mo‘ljallanmagan.
Og‘iz orqali, ovqat qabul qilish vaqtida emas. Tabletkani og‘izda to‘liq eriguncha ushlab turish kerak.
Preparat kichik yoshdagi bolalarga (1 oydan 3 yoshgacha) buyurilganda tabletkani oz miqdorda (1 osh qoshiq) xona haroratidagi qaynatilgan suvda eritish tavsiya etiladi.
ORVI, gripp
1 oydan katta bolalar uchun.
Davolashning 1-kuni quyidagi sxema bo‘yicha 8 ta tabletka qabul qilinadi:
birinchi 2 soatda har 30 daqiqada 1 tadan tabletka (2 soatda jami 5 ta tabletka), so‘ngra shu kun davomida yana 1 tadan tabletka 3 marta teng oraliqlarda qabul qilinadi. 2-kun va keyingi kunlarda 1 tadan tabletka 3 marta kuniga to‘liq sog‘ayguncha qabul qilinadi.
Agar o‘tkir respirator virusli infeksiyalar va grippni preparat bilan davolashning uchinchi kunida yaxshilanish bo‘lmasa, shifokorga murojaat qilish kerak.
Profilaktik maqsadda preparat har kuni 1 tadan tabletka 1 marta 1-3 oy davomida qabul qilinadi.
O‘tkir ichak infeksiyalari, rota- va kalitsiviruslar sababli, kompleks terapiya tarkibida
6 oydan katta bolalar uchun.
Davolashning 1-kuni quyidagi sxema bo‘yicha 8 ta tabletka qabul qilinadi:
birinchi 2 soatda har 30 daqiqada 1 tadan tabletka (2 soatda jami 5 ta tabletka), so‘ngra shu kun davomida yana 1 tadan tabletka 3 marta teng oraliqlarda qabul qilinadi. 2-kun va keyingi kunlarda 1 tadan tabletka 3 marta kuniga to‘liq sog‘ayguncha qabul qilinadi.
Gerpesviruslar sababli infeksiyalarni (infeksion mononukleoz, suvchechak) kompleks terapiya tarkibida davolash
1 yoshdan katta bolalar uchun.
Davolashning 1-kuni quyidagi sxema bo‘yicha 8 ta tabletka qabul qilinadi:
birinchi 2 soatda har 30 daqiqada 1 tadan tabletka (2 soatda jami 5 ta tabletka), so‘ngra shu kun davomida yana 1 tadan tabletka 3 marta teng oraliqlarda qabul qilinadi. 2-kun va keyingi kunlarda 1 tadan tabletka 3 marta kuniga qabul qilinadi. Suvchechakni davolash davomiyligi 7 kun. Infeksion mononukleozni davolash davomiyligi 14 kun.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Allergik reaksiyalar va preparatning komponentlariga nisbatan yuqori individual sezgirlik namoyonlari mumkin. Agar sizda ko'rsatmalarda keltirilgan nojo'ya reaksiyalar kuzatilsa yoki ular kuchayib ketsa, yoki siz ko'rsatmalarda keltirilmagan boshqa nojo'ya reaksiyalarni sezsangiz, buni shifokorga xabar qiling.
-
Farmakologik xususiyatlari
Profilaktik va davolash maqsadida qo‘llanganda preparat immunomodulyator va virusga qarshi ta'sir ko‘rsatadi. Eksperimental va klinik jihatdan gripp, paragripp, oddiy gerpes virusi 1 va 2 turlari (labial gerpes, genital gerpes), boshqa gerpes viruslari (suvchechak, infeksion mononukleoz), enteroviruslar, ixota ensefaliti virusi, rotavirus, koronavirus, kalitsivirus, adenovirus, respirator-sintsitial (PC virusi) ga nisbatan samaradorligi aniqlangan. Preparat zararlangan to‘qimalarda virus konsentratsiyasini kamaytiradi, endogen interferonlar va ular bilan bog‘liq sitokinlar tizimiga ta'sir qiladi, endogen "erta" interferonlar (IFN a/β) va gamma-interferon (IFN γ) hosil bo‘lishini induktsiya qiladi. Gummoral va hujayraviy immun javobni stimulyatsiya qiladi. Antitanachalar (shu jumladan sekretor IgA) ishlab chiqarilishini oshiradi, T-effektorlar, T-xelperlar (Tx) funksiyalarini faollashtiradi, ularning o‘zaro nisbatini normallashtiradi. Tx va immun javobda ishtirok etuvchi boshqa hujayralarning funksional zaxirasini oshiradi. Aralash Txl va Tx2 tipidagi immun javob induktori bo‘lib, Txl (IFN γ, IL-2) va Tx2 (IL-4, 10) sitokinlar ishlab chiqarilishini oshiradi, Tx1/Tx2 faolliklari balansini normallashtiradi (modulyatsiya qiladi). Fagotsitlar va tabiiy killer hujayralar (EK hujayralar) ning funksional faolligini oshiradi. Antimutagen xususiyatlarga ega.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Hozirgi vaqtgacha boshqa dori vositalari bilan nomutanosiblik holatlari aniqlanmagan. Zarur bo‘lsa, preparatni boshqa virusga qarshi, antibakterial va simptomatik vositalar bilan birga qo‘llash mumkin.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Preparat tarkibida laktosa monogidrat mavjudligi sababli, uni tug‘ma galaktozemiya, glyukoza malabsorbsiyasi sindromi yoki tug‘ma laktaza yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga tavsiya etilmaydi. Anaferon bolalar uchun preparatini homilador va laktatsiya davrida qo‘llash xavfsizligi o‘rganilmagan. Preparatni qabul qilish zarur bo‘lsa, xavf/foyda nisbatini hisobga olish kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborish holatlari qayd etilmagan. Tasodifiy dozani oshirib yuborishda preparat tarkibiga kiruvchi to‘ldiruvchilar bilan bog‘liq dispeptik holatlar yuzaga kelishi mumkin.