Farmakologik xususiyatlari
Profilaktik va davolash maqsadida qo'llanganda preparat immunomodulyator va antivirus ta'sir ko'rsatadi. Eksperimental va klinik jihatdan gripp viruslari, paragripp viruslari, oddiy gerpes viruslari 1 va 2 turlari (labial gerpes, genital gerpes), boshqa gerpes-viruslar (suvchechak, infeksion mononukleoz), enteroviruslar, ixoncha ensefaliti virusi, rotavirus, koronavirus, kalitsivirus, adenovirus, respirator-sintsitial (RS virus) ga nisbatan samaradorligi aniqlangan. Preparat zararlangan to'qimalarda virus konsentratsiyasini kamaytiradi, endogen interferonlar va ular bilan bog'liq sitokinlar tizimiga ta'sir qiladi, endogen "erta" interferonlar (IFN a/β) va gamma-interferon (IFN γ) hosil bo'lishini induktsiya qiladi.
Gumoral va hujayraviy immun javobni stimulyatsiya qiladi. Antitanachalar ishlab chiqarilishini oshiradi (shu jumladan sekretor IgA), T-effektorlar, T-xelperlar (Tx) funksiyalarini faollashtiradi, ularning nisbati normallashadi. Tx va immun javobda ishtirok etuvchi boshqa hujayralarning funksional zaxirasini oshiradi. Aralash Tx1 va Tx2 tipdagi immun javob induktori hisoblanadi: Tx1 (IFN γ, IL-2) va Tx2 (IL-4, 10) sitokinlar ishlab chiqarilishini oshiradi, Tx1/Tx2 faolliklarining muvozanatini normallashtiradi (modulyatsiya qiladi). Fagotsitlar va tabiiy killer hujayralar (EK hujayralar) ning funksional faolligini oshiradi. Antimutagen xususiyatlarga ega.