-
Tarkibi
Bitta Bronxo-Munal® kapsulasi tarkibida faol modda – liofilizatsiyalangan bakteriyalar lizati, 7 mg, yordamchi moddalar natriy glyutamat, magniy stearat, mannitol, makkajo‘xori kraxmali mavjud.
-
Qo'llanilishi
nafas yo‘llarining barcha kasalliklarida yordamchi dori vositasi sifatida buyuriladi. Profilaktik vosita sifatida Bronxo-Munal® yuqori va pastki nafas yo‘llarining surunkali infeksion kasalliklarida (surunkali bronxit, tonzillit, faringit, laringit, rinit, sinusit, otit) qo‘llaniladi.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
- preparatning har qanday komponentiga gipersensitivlik - 6 oylikkacha bo‘lgan bolalar yoshi.
-
Qo'llash usuli
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar Nafas yo‘llari infeksion kasalliklarini oldini olish uchun Bronxo-Munal® dan kuniga 1 kapsuladan uzluksiz 3 oy davomida har birining 10 kunidan qabul qilish tavsiya etiladi. Imkoniyat bo‘lsa, davolash har bir 3 oylik davrning bir xil kunida boshlanadi, shu tariqa individual kurslar orasida 20 kunlik tanaffus saqlanadi. Nafas yo‘llari infeksion kasalligining o‘tkir bosqichida Bronxo-Munal® dan kuniga 1 kapsuladan uzluksiz 10-30 kun davomida qabul qilish kerak. Keyingi ikki oyda har oyda 10 kun davomida kuniga 1 kapsuladan uzluksiz qabul qilish kerak. Kurslar orasida 20 kunlik interval saqlanishi lozim. Antibiotik buyurilishi zarur bo‘lsa, Bronxo-Munal® antibiotik bilan birga yordamchi vosita sifatida qabul qilinadi. 6 oylikdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar Nafas yo‘llari infeksion kasalliklarini oldini olish uchun bolaga Bronxo-Munal® P dan kuniga 1 kapsuladan uzluksiz 3 oy davomida har birining 10 kunidan berish tavsiya etiladi. Imkoniyat bo‘lsa, davolash har bir 3 oylik davrning bir xil kunida boshlanadi, shu tariqa individual kurslar orasida 20 kunlik tanaffus saqlanadi. Nafas yo‘llari infeksion kasalligining o‘tkir bosqichida bolaga Bronxo-Munal® P dan kuniga 1 kapsuladan uzluksiz 10-30 kun davomida berish kerak. Keyingi ikki oyda har oyda 10 kun davomida kuniga 1 kapsuladan uzluksiz berish mumkin. Kurslar orasida 20 kunlik interval saqlanishi lozim. Antibiotik buyurilishi zarur bo‘lsa, Bronxo-Munal® P antibiotik bilan birga yordamchi vosita sifatida beriladi. Butun kapsulani yuta olmaydigan kichik bolalar uchun kapsulani ochib, uning tarkibini oz miqdordagi suyuqlik (choy, sut yoki sharbat) bilan aralashtirib, bolaga berish tavsiya etiladi. Dori ertalab och qoringa qabul qilinishi kerak.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Juda kam uchraydi va ko‘pchilik hollarda yengil va o‘tkinchi bo‘ladi. Ro‘yxatga olingan nojo‘ya ta’sirlar orasida me’da-ichak buzilishlari (qorinda yoki me’dada og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya), tana haroratining ko‘tarilishi, shuningdek, bir necha holatda gipersensitivlik reaksiyalari kuzatilgan.
-
Farmakologik xususiyatlari
Preparatning faol komponenti joylashgan jelatin kapsulalar oshqozonga tushgandan so‘ng darhol eriy boshlaydi. Bakteriyalarning liofilizatsiyalangan lizati (kapsulalarning tarkibi) oshqozonning kislotali muhitida barqaror va ingichka ichakda yemirilmaydi. Preparatning so‘rilishi yo‘g‘on ichakda amalga oshadi – antigen (Bronxo-Munal®) shilliq qavatning ARS-hujayralari (ARS – alimentary phagocyte cells) tomonidan ushlanadi. Antigen bilan stimullangan ARS-hujayralar limfoid organlarga, masalan, Peyer blyashkalariga tushadi, u yerda antigenni limfoblastlarga “taqdim etadi”. So‘ngra antigen bilan stimullangan va IgA-kommitirlangan limfoblastlar limfa oqimi orqali ko‘krak yo‘li orqali qonga, va aylanib yuruvchi qon bilan shilliq qavatlarga, jumladan, nafas yo‘llariga o‘tadi, u yerda plazmotsitlarga aylanadi va immunoglobulin A (IgA) sintez qiladi va sekretsiya qiladi. Keyinchalik IgA shilliq qavatlar yuzasiga juft molekula (sekretor IgA) ko‘rinishida tashiladi, bu esa infeksion agentlarning invaziyasiga to‘sqinlik qiladi. Bu Bronxo-Munal® qabul qilayotgan bemorlarga bakteriya va viruslardan organizmni kuchaytirilgan himoya bilan ta’minlaydi. Bronxo-Munal va Bronxo-Munal P tarkibida nafas yo‘llari infeksiyalarini eng ko‘p chaqiradigan bakteriyalarning liofilizatsiyalangan lizati mavjud: Diplococcus pneumoniae, Haemophilus influenzae, Klebsiella pneumoniae, Klebsiella ozaenae, Staphylococcus aureus, Streptococcus pyogenes, Neisseria catarrhalis. Bronxo-Munal organizmning nafas yo‘llari infeksiyalariga qarshi immun javobini modulyatsiya qiladi. Preparat kasallikning uchrash tezligini, davomiyligini va og‘irligini kamaytiradi, shu tariqa antibiotiklar va boshqa dori vositalari dozasini kamaytirishga yordam beradi. Preparat hujayraviy (nafas yo‘llari shilliq qavatida mahalliy), gumoral (tizimli) immunitet va noxos xususiy rezistentlikni stimullaydi. Bronxo-Munalning quyidagi himoya mexanizmlariga ta’siri aniqlangan: • alveolyar makrofaglarni stimullash, yallig‘lanishga qarshi sitokinlar ajralishini faollashtirish. • aylanib yuruvchi T-limfotsitlar sonini oshirish • periferik monotsitlarni faollashtirish • nafas yo‘llari va ovqat hazm qilish trakti shilliq qavatlarida sekretor IgA konsentratsiyasini oshirish • himoya qiluvchi adgeziv molekulalar ishlab chiqarilishini stimullash • aylanib yuruvchi qonda IgE sinfidagi antitanachalar konsentratsiyasini kamaytirish – gipersezuvchanlik reaksiyalari triggerlari.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Tirik vaksinani og'iz orqali qabul qilish va Bronxo-Munal® qo'llash o'rtasida 4 haftalik tanaffus saqlash tavsiya etiladi. Homiladorlik va laktatsiya Uning homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanilishining xavfsizligi o'rganilmagan. Homiladorlikning birinchi trimestrida qo'llash tavsiya etilmaydi. Homiladorlikning 2 va 3 trimestrlarida Bronxo-Munal preparatini qo'llash faqat ona va homila uchun foyda va xavfning ehtiyotkorlik bilan baholanishidan so'ng mumkin. Laktatsiya davrida qo'llanganda emizishni to'xtatish kerak. Transport vositalarini va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilish xususiyatlari Bronxo-Munal® avtomobil va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir ko'rsatmaydi.