Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Faqat retsept bilan
2
sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari alflutop in'ektsiya uchun eritmasi 1ml № 10*
1 ml eritmada faol modda - mayda dengiz baliqlari bioaktiv kontsentrati 0,1 ml, yordamchi moddalari fenol, in'ektsiya uchun suv 1 ml gacha.
Qo'llanilishi
- turli lokalizatsiyadagi birlamchi va ikkilamchi osteoartroz (shu jumladan koksartroz, gonartroz, kichik bo‘g‘imlar artrozi) - osteoxondroz - spondilez
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
- preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik - homiladorlik va laktatsiya davri - 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi
Qo'llash usuli
Kattalar uchun Osteoartroz va osteoxondrozda preparat kuniga 1 ml dan chuqur mushak ichiga 3 hafta davomida yuboriladi. Katta bo‘g‘imlar asosan zararlanganda preparat har bir bo‘g‘imga 1-2 ml dan 3 kunlik interval bilan shifokor nazorati ostida bo‘g‘im ichiga yuboriladi. Davolash kursi har bir bo‘g‘imga 5 in’ektsiyani tashkil etadi. Davolash kursini shifokor maslahatiga ko‘ra 3 - 6 oydan so‘ng takrorlash maqsadga muvofiq.
Nojo´ya ta´sirlar
Kamdan-kam hollarda - qichishuvchi dermatit, terining qizarishi va preparat yuborilgan joyda kuydiruvchi his - qisqa muddatli mialgiyalar - qon bosimining oshishi Ayrim hollarda - bo‘g‘im ichiga in’ektsiyalarda og‘riq sindromining o‘tkinchi kuchayishi mumkin Juda kam hollarda - anafilaktik reaksiyalar rivojlanishi mumkin
Farmakologik xususiyatlari
Alflutop – xondroprotektor bo‘lib, dengiz organizmlaridan olingan ekstrakt hisoblanadi, tarkibida glikozaminoglikanlar (gialuron kislotasi, xondroitin-6-sulfat, xondroitin-4-sulfat, dermatan sulfat, keratan sulfat; aminokislotalar), molekulyar massasi 50000 dalton bo‘lgan polipeptidlar va makro- hamda mikroelementlar (natriy, kaliy, kaltsiy, magniy, temir, sink, mis) mavjud. Preparat xaftaga to‘qimalarida moddalar almashinuvini tartibga soladi, xondroprotektor ta’sir ko‘rsatadi, bu esa gialuronidaza va boshqa fermentlar faolligini bostirishga asoslangan, shuningdek, gialuron kislotasi va II tip kollagen biosintezini normallashtiradi. Alflutop interstitsial to‘qima va bo‘g‘im xaftasi to‘qimasida tiklanish jarayonlarini rag‘batlantiradi, yallig‘lanish mediatorlari, shu jumladan yallig‘lanishga qarshi sitokinlar biosintezini sekinlashtiradi. Aniq ifodalangan yallig‘lanishga qarshi va analgezik ta’sir davolashning 8-10 kunida namoyon bo‘ladi.
Maxsus ko'rsatmalar
Preparat avtoimmun kasalliklar (revmatik poliartirit, ankilozlovchi spondilit, eritematoz, sklerodermiya) holatlarida ehtiyotkorlik bilan, qat’iy tibbiy nazorat ostida qo‘llanilishi lozim. Dengiz mahsulotlariga (dengiz baliqlari) individual toqat qilmaslik holatida allergik reaksiyalar rivojlanish xavfi ortadi.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlar: moyil bemorlarda allergik reaksiyalar paydo bo‘lishi mumkin. Davolash: preparatni bekor qilish, simptomatik terapiya.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!