Farmakologik xususiyatlari
Aktovegin - antigipoksant. Aktovegin® gemoderivat bo‘lib, dializ va ultrafiltratsiya yo‘li bilan olinadi (molekulyar massasi 5000 Da dan kam bo‘lgan birikmalar o‘tadi).
Glyukozaning transporti va utilizatsiyasiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi, kislorod iste'molini stimulyatsiya qiladi (bu ishemiya paytida hujayra plazmatik membranalarining barqarorlanishiga va laktat hosil bo‘lishining kamayishiga olib keladi), shu tarzda antigipoksik ta'sirga ega, bu og‘iz orqali qabul qilingandan so‘ng eng kech 30 daqiqada namoyon bo‘la boshlaydi va o‘rtacha 3 soatda (2–6 soat) maksimal darajaga yetadi.
Aktovegin® ATF, ADF, fosfokreatin, shuningdek, aminokislotalar — glyutamat, aspartat va GAMK konsentratsiyasini oshiradi.
Aktovegin®ning kislorodni o‘zlashtirish va utilizatsiya qilishga, shuningdek, glyukozaning transporti va oksidlanishini stimulyatsiya qiluvchi insulinga o‘xshash faolligiga ta'siri diabetik polineyropatiya (DPN)ni davolashda muhim ahamiyatga ega.
Qandli diabet va DPN bo‘lgan bemorlarda Aktovegin® polineyropatiya simptomlarini (sanchuvchi og‘riq, kuydiruvchi his, paresteziya, pastki ekstremitalarda uvishish) ishonchli ravishda kamaytiradi.
Obyektiv ravishda sezuvchanlik buzilishlari kamayadi, bemorlarning psixik holati yaxshilanadi.