Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Faqat retsept bilan
2
sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari zifodin 200 mg 5 ml № 5
Mahsulot yangi buzoq qonidan deproteinizatsiya, kontsentratsiyalash, ultrafiltratsiya va boshqalar yo‘li bilan tayyorlangan. Yakuniy mahsulot noorganik moddalar va past molekulyar organik birikmalarni o‘z ichiga oladi. Faol modda Buzoq qonidan deproteinizatsiyalangan gemoderivat 400 mg (quruq massa) 10 ml da; Yordamchi moddalar Natriy xlorid, polisorbat 80, in'ektsiya uchun suv.
Qo'llanilishi
Miya hujayralari metabolizmining buzilishi (masalan, miya ishemiyasi, serebral demensiya, bosh miya jarohatlari va serebral disfunktsiya); Periferik (arterial va venoz) tomir buzilishlari va ularning oqibatlari (angiopatiya, trofik yaralar); Yaralarning bitishi (turli etiologiyadagi yaralar, trofik buzilishlar (yotqiz yaralari), yaralarning bitish jarayonining buzilishi); Termik va kimyoviy kuyishlar; Radiatsion teri, shilliq qavatlar shikastlanishlari, radiatsion neyropatiya
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatga yoki o'xshash preparatlarga yuqori sezuvchanlik.
Qo'llash usuli
Vena ichiga tomchilab Miya ichiga qon quyilishi va miya jarohatlari Mahsulotning 20-30 ml ni 250 ml 5 0/0 GLYuKOZA IN'YeKTsIYaLAR UChUN eritmasida YOKI 0,9 0/0 NATRIY xlorid IN'YeKTsIYaLAR UChUN eritmasida suyultiring, vena ichiga sekin yuboring (yuborish tezligi <2 ml/min). Yuqorida ko'rsatilgan usulda kuniga 1 marta qo'llaniladi. Davolash davomiyligi 2 hafta. Miya disfunktsiyasi va miya demensiyasi Mahsulotning 30 ml ni 250 ml 5 0/0 glyukoza in'ektsiyalari uchun eritmada yoki 0,9 0/0 natriy xlorid in'ektsiyalari uchun eritmada suyultiring, vena ichiga sekin yuboring. Yuqorida ko'rsatilgan usulda kuniga 1 marta qo'llaniladi. Davolash davomiyligi 2 hafta.
Farmakologik xususiyatlari
Glyukoza tashilishi va utilizatsiyasiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi, kislorod iste'molini rag‘batlantiradi (bu ishemiya paytida hujayra plazmatik membranalarining barqarorlanishiga va laktatlarning hosil bo‘lishining kamayishiga olib keladi) va shu tarzda antigipoksik ta'sir ko‘rsatadi. Kollagen sintezini oshiradi, hujayralar proliferatsiyasini rag‘batlantiradi va shu tarzda Zifodin qaytariladigan shikastlanishlar bilan bog‘liq to‘qimalarning normal funksiyasini tiklashga yordam beradi va yaralarning bitish jarayonini tezlashtirishga ko‘maklashadi.
Maxsus ko'rsatmalar
Allergik reaksiya (masalan, toshma) rivojlanganida in'ektsiyani to'xtatish kerak.
Dorini boshqa dori vositalari bilan aralashtirib qo'llamang.
Ichki mushak orqali qo'llanganda har bir in'ektsiya hajmi 5 ml dan oshmasligi kerak.
Og'riqni kamaytirish uchun dori vositasini sekin va chuqur mushakka yuboring.
Tomir ichiga yuborishda quyish tezligi 2 ml/min dan kam bo'lishi kerak.
Agar mahsulotning tashqi ko'rinishi o'zgargan bo'lsa, uni ishlatmang.
Homiladorlik va laktatsiya davri Extiyotkorlik bilan qo'llash kerak
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!