Maxsus ko'rsatmalar
Uzoq muddatli qo‘llanilganda yodizm belgilari paydo bo‘lishi mumkin.
Preparatning eruvchanligini yaxshilash uchun ko‘pincha kaliy yodid qo‘shiladi, shu sababli dozani oshirib yuborishda kaliy intoksikatsiyasi rivojlanishi mumkin (bezovtalik, yurak urishining notekisligi, uvishish, qichishish, sanchish yoki og‘riq, qo‘l va oyoqlarda kuchsizlik, sababsiz charchoq, og‘ir oyoq hissi).
Suvda juda kam eriydi (1:5000), 95 % etanolning 10 qismida eriydi, yodidlarning (K+ va Na+) suvli eritmalarida eriydi.
Qalqonsimon bez funksiyasini aniqlash uchun testlarni o‘zgartirishi mumkin.
Sariq simobli maz bilan birga qo‘llanilganda ko‘z yoshi suyuqligida simob yodidi hosil bo‘lishi mumkin, u kuydiruvchi ta’sirga ega.
Homiladorlik va laktatsiya
Tavsiya kategoriyasi aniqlanmagan. Mahalliy va og‘iz orqali qo‘llash tavsiya etilmaydi – bola uchun gipotiroidizm va zob xavfi bor. Agar ovqatga yod qo‘shimchasi kerak bo‘lsa, muntazam qo‘llash mumkin.
Mahalliy yoki og‘iz orqali qo‘llanganda sutga o‘tadi va bola uchun gipotiroidizm va zob chaqirishi mumkin. Shunga qaramay, emizikli ayollarga yod kerak, ularning ehtiyoji kuniga 200 mkg ni tashkil etadi.