-
Tarkibi
1 tabletkada:
faol modda: Sanchi ildizi saponinlari (notoginzinozid R1, ginzenozid Rg1, ginzenozid Rb1, ginzenozid Re va ginzenozid Rd) - 50 mg;
yordamchi modda: laktosa, mannitol, krosprovidon, talk, magniy stearati.
-
Qo'llanilishi
Mikrotsirkulyatsiyani yaxshilash, limfostazni bartaraf etish, trombotsitlar agregatsiyasini ingibitsiyalash va miya qon aylanishini yaxshilash.
Ushbu preparatni qo‘llash miokard infarkti va ishemik insult, shu jumladan tromboz yoki ateroskleroz fonida yuzaga keladigan TIA (o‘tkinchi ishemik xurujlar) xavfini kamaytiradi.
Preparat insultga ikkilamchi bo‘lgan simptomlar intensivligini kamaytirishga, shuningdek, yaqinda miya infarkti yoki ishemik insult o‘tkazgan bemorlarda takroriy ishemik insult xavfini kamaytirishga yordam berishi mumkin.
Shuningdek, preparat distres-sindrom va miokard ishemiyasi fonida stenokardiyada qo‘llash uchun ko‘rsatilgan.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatni qo‘llash miya qon aylanishining gemorragik etiologiyali o‘tkir davrida, shuningdek, Sanqi ildizi saponinlariga allergiyasi bo‘lgan bemorlarga mumkin emas.
-
Qo'llash usuli
Og‘iz orqali yoki tabletkani 100-200 ml suvda eritib qabul qilish kerak.
Profilaktik maqsadda kuniga 3 marta 1 tabletkadan. Qabul qilish kursi 30 kun.
Davolash uchun kuniga 3 marta 2 kapsuladan. Davolash kursi 30 kun.
Zaruriyat tug‘ilganda, davolash kursini takrorlash mumkin.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Ayrim hollarda tomoqda qurish, bosh aylanishi, yurak urishi va toshma paydo bo‘lishi mumkin, ular preparatni qo‘llash to‘xtatilgandan so‘ng yo‘qoladi. Kam hollarda anafilaktik reaksiyalar yuzaga kelishi mumkin.
-
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Sanchi ildizi saponinlari qon aylanishi tizimini faollashtirishga, koronar va miya tomirlarida qon oqimini oshirishga, koronar va miya tomirlarining vazodilatatsiyasiga va gemodinamik ko‘rsatkichlarni yaxshilashga yordam beradi.
Tromblar hosil bo‘lishini ingibitsiya qiladi (ingibitsiya darajasi: 92,1%). Ularning ADF (adenozindifosfat) va araxidon kislotasi kiritilishi bilan induktsiyalangan quyon qonida trombotsitlar agregatsiyasini (83,7% gacha) ingibitsiya qilish xususiyatlari ko‘rsatilgan. Shuningdek, ular 1-PA (to‘qima plazminogen aktivatori) faolligini oshirish va qon ivish vaqtini uzaytirishda samaradorligi ko‘rsatilgan.
Sanchi ildizi saponinlari miya ishemiyasi rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, miya ishemiyasi fonida reperfuziya natijasida kechikkan neyron shikastlanishini kamaytirishga yordam beradi. Ular neyrofillarning faollashuvi/agregatsiyasini va neyrofillar infiltratsiyasini qon zardobida interleykin-8 ajralishini kamaytirish orqali bloklashini ko‘rsatdi. Shuningdek, Sanchi ildizi saponinlari ishemiyalangan miya to‘qimasida Ca2+ miqdorini kamaytirishga, miya shishining va miya ishemiyasi og‘irligi darajasining pasayishiga yordam berishi ko‘rsatilgan.
Preparat qo‘llanilishi EKGda ishemik ST segmentining ko‘tarilishini kamaytirishga, ishemiyalangan miokard hujayralari tomonidan KFK (kreatinfosfokinaza) va LDG (laktatdegidrogenaza) ajralishini kamaytirishga, kislorod sarfini kamaytirishga va miokard hujayralarining gipoksiyaga chidamliligini oshirishga; shuningdek, stenokardiya simptomlarini yengillashtirishga olib keladi.
Farmakokinetikasi
Vazolayf dori vositasi og‘iz orqali qabul qilingandan so‘ng tez so‘riladi. U miya, jigar, buyrak, buyrak usti bezlari, o‘pka, yurak, taloq, ko‘z va boshqa organlarda keng tarqaladi. Preparatning qon plazmasidagi konsentratsiyasi va vaqt bog‘liqligi ikki komponentli modelga ega: T1/2 taqsimlanish: 8 daqiqa. T1/2 chiqarilish: 3,7 soat. Preparat asosan siydik, najas va o‘t bilan chiqariladi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Ushbu preparatni qo‘llash trombotsitlar agregatsiyasini ingibitsiyalash va qon ketish xavfini oshirishga olib kelishi mumkin. Shu munosabat bilan boshqa antikoagulyantlar (shu jumladan aspirin) bilan bir vaqtda qo‘llanilganda, antikoagulyantlar dozasini mos ravishda tuzatish yoki davolovchi shifokor bilan maslahatlashish talab etiladi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Preparatni qo‘llash vaqtida kamdan-kam hollarda yengil toshma paydo bo‘lishi mumkin va keyingi qo‘llash imkoniyati ko‘rib chiqilishi mumkin.
Agar jiddiy nojo‘ya reaksiyalar yuzaga kelsa, preparatni darhol to‘xtatish va mos davolashni tayinlash kerak.
Preparatni qabul qilgandan so‘ng har qanday nojo‘ya ta’sirlar yuzaga kelishiga shubha tug‘ilganda davolovchi shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Preparat homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas. Emizikli ayollarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Avtomobil va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Boshqaruv va harakatlanuvchi mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga maxsus ta’siri aniqlanmagan; bu borada hech qanday tadqiqotlar haqida xabar berilmagan.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Sanqi ildizi saponinlariga ma’lum antidot mavjud emas. Preparatni kunlik 800 mg dozada 15 kun davomida (taxminan 16 tabletka kuniga) qo‘llash xavfsizligi ko‘rsatilgan.
Shunga qaramay, dori vositasini noto‘g‘ri qo‘llash holatida bemorlarga statsionar sharoitda simptomatik davolash o‘tkazish kerak. Dozani oshirib yuborishda funktsional testlar, ALT (alaninaminotransferaza), AST (aspartataminotransferaza), SHF (shchelochnaya fosfataza) darajasi va periferik qonda retikulotsitlar sonini muntazam nazorat qilish kerak.