-
Tarkibi
50 ml da quyidagilar mavjud
Valeriana damlamasi - 17,0 ml, boyarishnik damlamasi - 16,5 ml, pustirnik damlamasi - 16,5 ml. Kamida 64 % etil spirti saqlaydi.
-
Qo'llanilishi
Markaziy asab tizimining funksional buzilishlarini kompleks davolashda (uyqu buzilishlari va nevrasteniya).
Yurak-qon tomir faoliyatining funksional buzilishlarini kompleks davolashda.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
pustirnik, valeriana yoki boyarishnikka yuqori sezuvchanlik;
- me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi, eroziyali ezofagitning zo‘rayish bosqichida;
- jigar kasalliklari, jigar yetishmovchiligi;
- buyrak yetishmovchiligi;
- 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar (samaradorlik va xavfsizlik aniqlanmagan);
- homiladorlik, laktatsiya davri;
- ifodalangan arterial gipotenziya va bradikardiya;
- alkogolizm;
- epilepsiya, bosh miya jarohati va boshqa bosh miya kasalliklari tutqanoq chegarasining pasayishi bilan.
-
Qo'llash usuli
Ichkariga. Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga ovqatdan oldin, oz miqdorda (¼ stakan) suvda, kuniga 3 marta 20-30 tomchidan buyuriladi. Davolash kursining davomiyligi individual bo'lib, shifokor tomonidan dori vositasining samaradorligi va o'zlashtirilishiga qarab belgilanadi.
Saqlash jarayonida cho'kma paydo bo'lsa, flakon tarkibini ishlatishdan oldin chayqatish kerak.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Allergik reaksiyalar (terida toshma, qichishish, giperemiya, teri shishishi) rivojlanishi mumkin; bosh og‘rig‘i, umumiy zaiflik, bosh aylanishi, ish qobiliyatining pasayishi, uyquchanlik, asabiylik, xavotir, oshqozon-ichak buzilishlari (oshqozon qizishi, qayt qilish, gaz chiqarish, qorin og‘rig‘i), arterial gipotenziya paydo bo‘lishi mumkin. Dori vositasining katta dozasi bradikardiya va aritmiya, shuningdek, ichak motorikasining pasayishiga (qayt qilish) olib kelishi mumkin.
Agar yon ta'sirlar, jumladan, qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatilmaganlar paydo bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish zarur!
-
Farmakologik xususiyatlari
Dori vositasi valeriana, pustirnik va boyarishnik damlamalari kombinatsiyasidan iborat. Valeriana ildizining biologik faol moddalari sedativ ta'sirga ega, uyquga ketishni osonlashtiradi va uyqu sifatini yaxshilaydi. Ushbu klinik effektlarni chaqiruvchi ta'sir mexanizmlari valeriana ildizining turli komponentlari (seskviterpenoidlar, lignanlar, flavonoidlar) uchun aniqlangan va ular GABA-tizimiga, A1 adenozin retseptorlariga va 5-HT1A retseptorlariga ta'sirni o'z ichiga oladi. Valeriana qo‘llanganda sedativ ta’sir sekin rivojlanadi, biroq yetarlicha barqaror bo‘ladi va to‘liq faqat tizimli va uzoq muddatli kursli davolashda namoyon bo‘ladi. Boyarishnik mevalarida mavjud bo‘lgan biologik faol moddalari koronar qon aylanishini oshirishga yordam beradi, kardiotonik ta’sirga ega.
Pustirnik o‘tida mavjud bo‘lgan biologik faol moddalari sedativ, gipotonik va kardiotonik ta’sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetika
Farmakokinetik parametrlar o‘rganilmagan, chunki o‘simlikdan olingan dori vositalari turli biologik faol moddalardan iborat.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Uyqu dori vositalari, analgetik va sedativ vositalarning ta’sirini kuchaytiradi. Dori vositasini sintetik sedativ dori vositalari bilan birga qo‘llash tibbiy nazoratni talab qiladi.
Tarkibida etil spirti mavjudligi bilan bog‘liq o‘zaro ta’sirlar: disulfiramga o‘xshash reaksiya (issiq bosish, teri qizarishi, qusish, taxikardiya) chaqiruvchi dori vositalari bilan birga va spirtli ichimliklar bilan birga qabul qilishdan saqlanish kerak (disulfiram, tsefamandol, tsefoperazon, latamoksef (antibakterial vositalar - tsefalosporinlar), xloramfenikol, xlorpropamid, glibenklamid, glipizid, tolbutamid (antidiabetik vositalar, sulfonilmochevina hosilalari), grizeofulvin (zamburug‘ga qarshi vosita), nitro-5-imidazol hosilalari (metronidazol, ornidazol, tinidazol), ketokonazol, prokarbazin (sitostatik vosita)).
Etil spirti saqlovchi boshqa dori vositalarini bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Dori vositasini qo‘llash davrida alkogolli ichimliklarni qabul qilishdan tiyilish zarur.
Dori vositasining ta’siri asta-sekin rivojlanishi sababli, uni psixik qo‘zg‘alish va uyqu buzilishlari simptomlarini tezda kamaytirish zarur bo‘lgan holatlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Ethanol tarkibi tufayli dori vositasini uzoq muddat davomida qo‘llash tavsiya etilmaydi; 12 yoshdan katta bolalarda qabul qilish muddati minimal bo‘lishi kerak.
Davolanish vaqtida arterial bosim va EKG-monitoring nazorati zarur.
Agar 2 hafta uzluksiz qo‘llashdan so‘ng simptomlar o‘zgarmasa yoki holat yomonlashsa, shifokorga murojaat qilish zarur. Agar yurak sohasida og‘riq yuqori qo‘l, bo‘yin, qorin sohasiga tarqalsa yoki nafas olish buzilishlari (masalan, nafas qisishi) rivojlansa, shoshilinch tibbiy yordam zarur.
Homiladorlik va laktatsiya. Bachadon silliq mushaklari tonusiga stimulyatsion ta’siri va homiladorlikning muddatidan oldin to‘xtash ehtimoli sababli, dori vositasini homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Avtotransport boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri. Etil spirti tarkibi sababli, transport vositalarini boshqarish va yuqori diqqat hamda tez psixomotor reaksiyalar talab qiladigan boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan tiyilish zarur.
Preparat yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llanmasligi va bolalar uchun yaroqsiz joyda saqlanishi kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Dori vositasi bilan dozani oshirib yuborish holatlari tavsiflanmagan. Juda yuqori dozalarda (1-2 ml/kg dan ko‘p) markaziy asab tizimi faoliyatining susayishi bilan bog‘liq noxos simptomlar paydo bo‘lishi mumkin: sustlik, sekinlashuv, uyquchanlik. Og‘ir holatlarda arterial gipotenziya, bradikardiya va aritmiya, ko‘ngil aynishi va qusish, oshqozon sohasida og‘riq paydo bo‘lishi mumkin. Maxsus antidot mavjud emas.
Yordam choralari: dori vositasini bekor qilish, faollashtirilgan ko‘mir yordamida me’da-ichak yuvish, preparatning ichakda so‘rilishini oldini olish va ichakni bo‘shatish uchun magniy sulfatni ichga qabul qilish. Maxsus antidot mavjud emas.