-
Tarkibi
Tarkibi
1 yumshoq kapsulada:
valeriana ildizi ekstrakti suv-etanol quruq (Valeriana officinalis L., radix, extractum hydroalcoholic siccum) (3–5:1) (ekstragent — etanol 60% (hajm./hajm.)) — 125,0 mg; melissa barglari quruq ekstrakti (Melissa officinalis L., folium, extractum siccum) (4–6:1) (ekstragent — etanol 50% (hajm./hajm.)) — 25,0 mg; yalpiz barglari quruq ekstrakti (Mentha piperita L., folium, extractum siccum) (3–6:1) (ekstragent — etanol 40% (hajm./hajm.)) — 25,0 mg.
Yordamchi moddalari: soya lecitini, gidrogenizatsiyalangan kokos moyi, tozalangan palma moyi, sariq asal mumi, tozalangan soya moyi, maltodekstrin, kolloid kremniy dioksidi suvdan holi, yalpiz esensiyasi kukuni; kapsula qobig'i: jelatin, glitserin, titan dioksidi (E171), temir oksidi qora (E172), xlorofillinlar mis kompleksi (E41), xinolin sariq (E104).
Valeriana ildizi quruq ekstrakti - 125 mg
Melissa quruq ekstrakti - 25 mg
Yalpiz barglari quruq ekstrakti - 25 mg
-
Qo'llanilishi
Tinchlantiruvchi vosita sifatida Vamelan quyidagilarda buyuriladi: - asabiy qo‘zg‘aluvchanlik oshganida; - asabiy zo‘riqishda; - asabiylashishda; - xavotir, tushkunlik hissida; - uyqu buzilishi, uyqusizlikda.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
- preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik; - 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi.
Dori vositalari o‘zaro ta’siri
Bir vaqtda qo‘llanganda Vamelan markaziy asab tizimiga tormozlovchi ta’sir ko‘rsatuvchi preparatlarning ta’sirini kuchaytiradi.
-
Qo'llash usuli
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga odatda kuniga 2-3 marta 1-2 kapsuladan buyuriladi. Uyqusizlikda preparat dozası uxlashdan bir-ikki soat oldin 1-2 kapsulani tashkil etadi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Kamdan-kam hollarda allergik reaksiyalar, holsizlik. Uzoq muddat qo‘llanganda — qabziyat.
-
Farmakologik xususiyatlari
Vamelan - kombinatsiyalangan fitopreparat bo‘lib, sedativ ta’sirga ega. Uning tarkibiga uchta komponent - valeriana, yalpiz va melissa dorivor o‘simliklari ekstraktlari kiradi. Valeriana ekstrakti sedativ xususiyatlarga ega, ruhiy charchoq va nevrasteniya uchun xos bo‘lgan zo‘riqish va asabiylashishni kamaytiradi. Uyqusizlikda normal uyquni tiklaydi. Spazmolitik ta’sir ko‘rsatadi. Yalpiz ekstrakti me’da-ichak trakti silliq mushaklariga spazmolitik ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek, o‘t haydovchi va karminativ ta’sirga ega, yengil uyqusizlikda samarali. Melissa ekstrakti, efir moylari mavjudligi tufayli, o‘ziga xos yoqimli hid va ta’mga ega. Melissa efir moylari og‘riq va tutqanoqni bartaraf etadi. Shu xususiyati tufayli melissa koliklarda spazmolitik, og‘riq qoldiruvchi vosita sifatida keng qo‘llaniladi. Melissa efir moylari shuningdek, tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, ishtahani oshiradi, nevrasteniya bilan og‘rigan bemorlarda ko‘pincha pasaygan bo‘ladi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Vamelan preparatini qo‘llash davomiyligi cheklanmagan. Preparatni to‘xtatishda abstinensiya sindromi rivojlanmaydi. Preparat uyqu buzilishining yengil shakllari va asabiy qo‘zg‘aluvchanlikda qo‘llaniladi. Avtotransport boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Davolanish davrida avtotransport vositalarini boshqarishda va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur. Homiladorlik va emizish davrida preparatni faqat shifokor tavsiyasi va nazorati ostida qo‘llash mumkin.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri bo'yicha ma'lumotlar cheklangan. Dori vositasini boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Klinik jihatdan ahamiyatli o'zaro ta'sir CYP 2D6, CYP 3A4/5, CYP 1A2 yoki CYP 2E1 tomonidan metabolizatsiyalanadigan faol moddalari bilan aniqlanmagan.
Dori vositasini va sintetik sedativ vositalarni (benzodiazepinlar) bir vaqtda shifokor maslahatisiz qo'llash tavsiya etilmaydi.
Bir vaqtda qo'llanganda boshqa sedativ va uyqu dorilari, spazmolitiklar, analgetiklar, anksiolitiklar, alkogolning ta'siri kuchayishi mumkin.
-
Dozani oshirib yuborilishi
belgilari. Taxminan 20 g valeriana ildizining bir martalik dozasida charchoq, qorin spazmlari, ko'krakda siqilish hissi, bosh aylanishi, qo'llarda tremor, qorachiqning kengayishi kabi yengil simptomlar paydo bo'lishi mumkin. Bu simptomlar 24 soat ichida yo'qoladi. Valeriana o'z ichiga olgan vositalar bilan dozani oshirib yuborishda bosh og'rig'i, uyquchanlik, sustlik, umumiy holsizlik, qorin og'rig'i, ko'ngil aynishi, eshitish va ko'rish o'tkirligining pasayishi, bradikardiya/takikardiya, diqqatni jamlashning pasayishi, sedativ ta'sirning kuchayishi ham kuzatilishi mumkin.
Melissa va yalpiz barglari bilan dozani oshirib yuborish holatlari haqida xabarlar yo'q.
Davolash. Dozani oshirib yuborishda simptomatik terapiya (oshqozonni yuvish, adsorbentlar qabul qilish) ko'rsatilgan.