Nojo´ya ta´sirlar
- juda kam hollarda allergiya va gipersensitivlik reaksiyalari, masalan, teri reaksiyalari, mahalliy tomir reaksiyalari, bosh og‘rig‘i, bo‘yin va oyoq-qo‘llarda og‘riq, isitma, bel sohasida og‘riq, nafas qisishi, sovuq urishi va shok holati kuzatilgan; - kam hollarda faollashtirishning istalgan ta’siri qo‘zg‘aluvchanlik (tajovuzkorlik, ong chalkashligi, uyqusizlik) bilan birga kechgan; - kam hollarda ovqat hazm qilish buzilishlari, masalan, ishtahaning yo‘qolishi, dispepsiya, diareya, qabziyat, ko‘ngil aynishi va qusish kuzatilgan; - in'ektsiya joyidagi reaksiyalar, masalan, qizarish, qichishish va yallig‘lanish - bir tadqiqotda kam hollarda giperventilyatsiya, gipotoniyа, holsizlik, tremor, depressiya, apatiya, bosh aylanishi va gripp simptomlari (sovuq urishi, yo‘tal, nafas yo‘llari infeksiyalari) haqida xabar berilgan. Cerabin-C preparatini qo‘llashda kuchli tutqanoq va konvulsiyalar bo‘lgan ayrim holatlar qayd etilgan.