Maxsus ko'rsatmalar
Dorini bir haftadan ortiq qo‘llash tavsiya etilmaydi. Keyingi davolash uchun Torsid preparatining tabletkali shakli tavsiya etiladi. Uzoq muddatli davolashda elektrolit muvozanatini, xususan, qonda kaliy miqdorini muntazam nazorat qilish zarur. Qon glyukozasi, siydik kislotasi, kreatinin va lipidlar darajasini, shuningdek, qon manzarasini (eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar) muntazam tekshirib turish kerak. Ayrim hollarda, qonda glyukoza darajasining oshishi bemorlarda yashirin yoki aniq namoyon bo‘lgan qandli diabet bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, shuning uchun bunday bemorlarda qondagi shakar miqdorini diqqat bilan nazorat qilish lozim. Torsid preparatini tizimli qizil yuguruk bilan kasallangan bemorlarda qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q. Zarurat tug‘ilganda operatsion aralashuv o‘tkazilsa, anesteziologni Torsid qo‘llanilganligi haqida ogohlantirish kerak.
Torasemid qabul qilingandan so‘ng ototoksiklik namoyonlari (quloqda shovqin va eshitishning yo‘qolishi) kuzatilgan, ular qaytuvchan bo‘lgan, biroq preparatni qo‘llash bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik aniqlanmagan.
Yetarli klinik tajriba yo‘qligi sababli torasemidni quyidagi kasalliklar va holatlarda buyurish tavsiya etilmaydi:
podagra; aritmiyalar, masalan, sinoatriyal blokada, atrioventrikulyar blokada II va III daraja; kislota-ishqor muvozanatining patologik o‘zgarishlari; litiy, aminoglikozidlar yoki tsefalosporinlar bilan birga olib boriladigan terapiya; qon manzarasining patologik o‘zgarishlari, masalan, buyrak yetishmovchiligi bo‘lmagan bemorlarda trombotsitopeniya yoki anemiya; nefrotoksik moddalar ta’sirida yuzaga kelgan buyrak funksiyasi buzilishi.