Dorilarning o'zaro ta'siri
Tizanidin va fluvoksamin yoki ципрофloksasin, sitoxrom P450 izofermenti 1A2 ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanilishi tizanidin AUC ni 33 barobar oshishiga olib keladi. Birgalikda qo‘llash natijasida klinik ahamiyatli va uzoq davom etuvchi arterial bosimning pasayishi, uyquchanlik, holsizlik, psixomotor reaksiyalarning sekinlashuvi (ayrim hollarda kollaps va hushdan ketishgacha) yuzaga kelishi mumkin.
Tizanidinni boshqa CYP1A2 izofermenti ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi - antiaritmik preparatlar (amiodaron, meksiletin, propafenon), simetidin, ftorxinolonlar (enoksatsin, pefloksatsin, norfloksatsin), rofekoksib, og‘iz orqali qabul qilinadigan kontratseptivlar, tiklopidin.
Antigipertenziv dori vositalari (DV) arterial bosimning sezilarli pasayishi va bradikardiya xavfini oshiradi.
Etanol, sedativ DV tizanidinning sedativ ta’sirini kuchaytirishi mumkin, shuning uchun boshqa sedativ preparatlar va/yoki alkogol bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.