Maxsus ko'rsatmalar
Buyrak yetishmovchiligi, qalqonsimon bez gipertrofiyasi, allergik kasalliklar, psoriaz, 65 yoshdan katta shaxslar va qandli diabet bilan kasallangan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Beta-adrenoblokatorlarni bekor qilish asta-sekin, 10 kun davomida (YUIK bo'lgan bemorlarda 2 haftagacha) amalga oshirilishi kerak.
Davolash boshida QD va YUQ ni har kuni nazorat qilish kerak. Chekuvchilarda beta-adrenoblokatorlarning samaradorligi chekmaydiganlarga nisbatan pastroq. Nebivolol qandli diabet bilan kasallangan bemorlarda glyukoza darajasiga ta'sir qilmaydi, biroq nebivolol ta'sirida gipoglikemiyani (taxikardiya, yurak urishining tezlashuvi) ba'zi belgilarini, gipoglikemik preparatlar qo'llanilganda, yashirinishi mumkin.
Agar psoriazli bemorlarda nebivolol qo'llanilishi zarur bo'lsa, davolashdan kutilayotgan foyda va psoriazning kuchayish xavfi ehtiyotkorlik bilan baholanishi kerak.
Beta-adrenoblokatorlarni qalqonsimon bez faoliyati oshgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak, chunki beta-adrenoblokatorlar ta'sirida taxikardiya niqoblanishi mumkin. Nebivolol periferik qon aylanishi buzilishi simptomlarini kuchaytirishi mumkin.
Kontakt linzalar taqadigan bemorlar beta-adrenoblokatorlar fonida ko'z yoshi suyuqligi ishlab chiqarilishi kamayishi mumkinligini hisobga olishlari kerak.
Jarrohlik aralashuvlari o'tkazilayotganda, bemor beta-adrenoblokatorlar qabul qilayotganini anesteziologga ogohlantirish kerak.
Qon plazmasida glyukoza miqdorini nazorat qilish 4-5 oyda 1 marta (qandli diabet bilan kasallangan bemorlarda) o'tkazilishi kerak.
Buyrak funksiyasi laborator ko'rsatkichlarini nazorat qilish 4-5 oyda 1 marta (keksalar uchun) o'tkazilishi kerak.
Avtotransport boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Nebivolol psixomotor reaksiyalar tezligiga ta'sir qilmaydi. Nebivolol qabul qilinayotganda ba'zan bosh aylanishi va charchoq hissi paydo bo'lishi mumkin, shuning uchun nebivolol qabul qilayotgan bemorlar potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishdan tiyilishlari kerak.