Farmakologik xususiyatlari
Sertoderm – tashqi qo‘llash uchun mo‘ljallangan kombinatsiyalangan preparat bo‘lib, teri kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi. Beklometazon dipropionat - sintetik glyukokortikoid, yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, antieksudativ, qichishishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Klotrimazol imidazol hosilasi hisoblanadi. Ergosterin sintezini buzish orqali zamburug‘larga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, bu zamburug‘ hujayra membranasining tarkibiga kiradi, uning xossalarini o‘zgartiradi va hujayra lizisiga olib keladi. Trichophyton rubrum, Trichophyton mentagrophytes, Epidermophyton floccosum, Microsporum canis, Candida albicans, Malassezia furfur (Pityrosporum obiculare) ga nisbatan faol. Klotrimazol shuningdek Corynebacterium minutissimum, Streptococcus spp, Staphylococcus spp, Trichomonas vaginalis ga nisbatan faol. Gentamitsin sulfat - suvda eriydigan, aminoglikozidlar guruhiga mansub keng ta’sir doirasiga ega antibiotik bo‘lib, bakteritsid ta’sir ko‘rsatadi. Bakteriya hujayra membranasi orqali faol kirib, bakterial ribosomalar bilan qaytmas tarzda bog‘lanadi va shu bilan patogen oqsili sintezini susaytiradi. Grammanfiy bakteriyalarga nisbatan faol: Pseudomonas aeruginosa, Escherichia coli, Aerobacter aerogenes, Klebsiella spp., Proteus vulgaris; grammusbat bakteriyalarga nisbatan: Streptococcus spp., Staphylococcus spp. Klioxinol antibakterial, antiseptik va zamburug‘larga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Mahalliy ta’siri elementar yodning to‘qima oqsillarini cho‘ktirish qobiliyati bilan bog‘liq.