Qo'llash usuli
Intranazal.
SeptaNazal® bolalar uchun 2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tavsiya etiladi
Har bir burun yo‘liga bir dozalangan purkashdan, zaruratga ko‘ra kuniga 3 martagacha.
Bolalarda preparatni qo‘llash davomiyligi shifokor bilan maslahatlashgandan so‘ng belgilanadi.
SeptaNazal® kattalar uchun kattalar va 6 yoshdan katta bolalarga tavsiya etiladi
6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llanilishi: har bir burun yo‘liga bir dozalangan purkashdan, zaruratga ko‘ra kuniga 3 martagacha.
Bolalarda preparatni qo‘llash davomiyligi shifokor bilan maslahatlashgandan so‘ng belgilanadi.
12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni qo‘llash kattalar nazorati ostida bo‘lishi kerak. Agar 3 kunlik davolashdan so‘ng yaxshilanish bo‘lmasa yoki simptomlar yomonlashsa, davolashni qayta ko‘rib chiqish kerak.
Kattalarda qo‘llanilishi: har bir burun yo‘liga bir dozalangan purkashdan, zaruratga ko‘ra kuniga 3 martagacha.
Dozalash individual sezuvchanlik va klinik samaradorlikka bog‘liq.
Davolash kursi 7 kundan ko‘p emas, faqat shifokor uzoqroq davolashni tavsiya qilgan holatlar bundan mustasno.
Qayta qo‘llash faqat bir necha kunlik tanaffusdan so‘ng mumkin.
Qo‘llash usuli:
- Qo‘llashdan oldin himoya qopqog‘ini yechish kerak.
- Spreyni birinchi marta yoki uzoq tanaffusdan so‘ng qo‘llashdan oldin purkash boshiga bir necha marta bosish kerak, to mayda tomchilar paydo bo‘lguncha.
- Sprey uchini vertikal holda burun yo‘liga kiritib, purkash boshiga bir marta bosish va burun orqali yengil nafas olish kerak. Zarurat bo‘lsa, protsedurani boshqa burun yo‘liga takrorlash kerak.
- Qo‘llashdan so‘ng sprey uchini qog‘oz salfetka bilan artib, qopqoq bilan yopish kerak