-
Tarkibi
100 ml tarkibi: soya yog‘i - 10 g, tuxum lecitini - 1,2 g, glitserin - 2,2 g, in'ektsiya uchun suv - q.s.pH - 6,0-8,5 (pH ni tuzatish uchun natriy gidroksid).
-
Qo'llanilishi
Parenteral oziqlantirish operatsiyadan oldin va keyin (energiya va almashtirib bo‘lmaydigan yog‘ kislotalari manbai sifatida); - Giperkatabolizm bilan bog‘liq holatlarda: sepsis, politravma, og‘ir kuyishlar va boshqalar; - Muhim yog‘ kislotalari yetishmovchiligi; - Muhim yog‘ kislotalari yetishmovchiligi bo‘lgan, ularni og‘iz orqali qabul qilish yo‘li bilan normal muvozanatni mustaqil tiklay olmaydigan bemorlar uchun (hushsiz holatlar, me’da va qizilo‘ngach raki, malabsorbsiya).
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Shok (boshlang'ich bosqich);
- Tuxumga allergiya;
- Lipid almashinuvining yaqqol buzilishlari (og'ir jigar shikastlanishlari, dekompensatsiyalangan qandli diabet, og'ir buyrak yetishmovchiligi);
- Giperlipidemiya bilan kechuvchi o'tkir pankreatit va pankreonekroz;
- Patologik giperlipidemiya;
- Lipoyid nefroz;
- Gipoksiya bilan kechuvchi tromboemboliya;
- Ketoatsidoz;
- O'pka gipertenziyasi;
- Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Homiladorlik va emizish davrida
Homiladorlik/laktatsiya davrida hayvonlar va insonlarda qo'llash xavfsizligi bo'yicha maxsus tadqiqotlar o'tkazilmagan. SEPIdni homilador va emizikli ayollarga yuborishdan oldin "xavf-foyda" nisbatini baholash lozim.
Jigar funksiyasi buzilganda
Dozalash tartibini tuzatish talab qilinadi.
Buyrak funksiyasi buzilganda
Dozalash tartibini tuzatish talab qilinadi.
Bolalarda qo'llanilishi
Dozalash tartibini tuzatish talab qilinadi.
-
Qo'llash usuli
Preparat infuziya yo‘li bilan markaziy yoki periferik venaga yuboriladi.
Kattalar: 2,5 g/kg tana vazniga/ sutka gacha.
Bolalar: 0,5-4 g/kg tana vazniga/ sutka gacha. SEPID organizmga kunlik energiya ehtiyojining 60% gacha ta’minlaydi, dozasi 2,5 g/kg tana vazniga/ sutkadan oshmagan holda. Qolgan 40% organizmga uglevod va aminokislota preparatlari buyurilishi orqali yetkazilishi kerak.
Yuborish tartibi
Boshlang‘ich dozalarda infuziya tezligi 15 daqiqa. Kattalarda quyish tezligi 0,5 ml/min dan oshmasligi kerak. Nojo‘ya reaksiyalar bo‘lmasa, keyingi quyish 4-6 soatdan keyin amalga oshiriladi. Infuziya tezligini oshirib yuborish mumkin emas, aks holda qonda triglitseridlar konsentratsiyasi sezilarli oshishi mumkin. Davolashning birinchi kunida dozani 500 ml dan oshirmaslik kerak.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Kam uchraydigan nojo'ya ta'sirlar infuziya davomida yuzaga keladi va ularning ikki turi mavjud.
Tezkor turdagi reaksiyalar:
- Nafas qisilishi, tsianoz, allergik reaksiyalar, giperlipidemya, giperkogulyatsiya, qusish, bosh og'rig'i, yuzning gipermiya, gipertermiya, ortiqcha terlash, titroq, uyquchanlik, ko'krak va bel og'rig'i.
Sezilarli turdagi reaktsiya:
- Gepatomegaliya, xolestatik saraton, jigar funksional testlari ko'rsatkichlarining vaqtinchalik oshishi, trombotsitopeniya, leykopeniya, splenomegaliya, gipergidratatsiya sindromi. Retikuloendoteliya tizimida jigarrang pigment (tomir ichidagi yog'li pigment) to'planishi mumkin. Ushbu fenomenning sababi va ahamiyati yetarlicha o'rganilmagan. Juda tez infuziya plazma elektrolitlarining suyultirilishiga, ortiqcha yog'lar, ortiqcha suyuqlik, metabolik acidoz va o'pkalarda shish paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin. Agar infuziya davomida ortiqcha yog'lar paydo bo'lsa, infuziyani to'xtatish kerak.
-
Farmakologik xususiyatlari
SEPID - energiya va almashtirib bo‘lmaydigan yog‘ kislotalar manbai, tozalangan soya yog‘i, tozalangan tuxum sarig‘i fosfolipidlari bilan emulsiya qilingan. Soya yog‘i asosan ko‘p to‘yinmagan yog‘ kislotalarining triglitseridlari aralashmasidan iborat. Fosfolipidler tuxum sarig‘idan ajratib olinadi. Lipid globulalari o‘lchami va biologik xususiyatlari xylomikronlarga identikdir.