Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Qonunchilikka muvofiq, gormonal preparatlar va antibiotiklarni elektron retseptsiz sotish mumkin emas.
Retseptsiz beriladi
2
sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatni gigiyenik muolajalar o‘tkazilgandan so‘ng qo‘llash kerak.
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar: aplikatordan himoya qopqog‘ini olib tashlang. Aplikatorni tyo‘bikga biriktirib, aplikatorni yog‘lash uchun oz miqdorda maz siqib chiqing. Maz aplikator orqali ehtiyotkorlik bilan to‘g‘ri ichak tashqarisi yoki ichkarisidagi zararlangan joylarga kuniga 4 marta – ertalab, kechqurun va har bir ichak bo‘shatilgandan so‘ng surtiladi.
Har bir qo‘llashdan so‘ng aplikatorni yaxshilab yuvib, uni himoya qopqog‘iga joylashtiring. Maz to‘g‘ri ichak sohasidagi teriga ham surtiladi.
Nojo´ya ta´sirlar
Kamdan-kam allergik reaksiyalar.
Farmakologik xususiyatlari
Gidrokortizonatsetat - yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, shishlarga qarshi ta’sirga ega, qichishish intensivligini kamaytiradi.
Cink sulfat monogidrat - yaralar va eroziyalarni bitishiga yordam beradi, terining gidratatsiyasini normallashtiradi.
Dorilarning o'zaro ta'siri
Qon shakarini pasaytiruvchi preparatlar, antikoagulyantlar, barbituratlar, diuretiklar va yurak glikozidlari bilan birga qabul qilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Maxsus ko'rsatmalar
Arterial gipertenziya, surunkali yurak yetishmovchiligi, qandli diabetda ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi.
12 yoshgacha bo'lgan bolalarga preparatni faqat shifokor bilan maslahatlashgandan so'ng qo'llash mumkin.
Ko'zga tushishidan saqlaning.
Preparat avtomobil haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir ko'rsatmaydi.
Preparatni yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo'llash tavsiya etilmaydi va uni bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatni yuqori dozalarda uzoq muddat qo'llashda gidrokortizonning tizimli ta'sirlari, masalan, hayz ko'rish siklining buzilishi, arterial bosimning oshishi, mushak zaifligi, uyqusizlik, qonda shakar miqdorining oshishi xavfi istisno qilinmaydi.
Dozani oshirib yuborish alomatlari paydo bo'lsa, qo'llashni to'xtatish va davolovchi shifokorga murojaat qilish kerak.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!