Extiyotkorlik bilan
12 yoshdan
1 supozitoriy quyidagilarni o'z ichiga oladi:
Faol modda: benzokain – 100,0 mg, vismut subgalat – 40,0 mg, levomentol –4,0 mg, sink oksid – 20,0 mg
Yordamchi moddalar: Makrogol 1500, makrogol 400.
Gemorroy;
orqa o'tishdagi yirtilishlar.
Dori tarkibidagi komponentlarga yuqori sezuvchanlik, bolalar yoshi (12 yoshgacha).
Rektal, tozalovchi klizma yoki ichakni mustaqil bo'shatgandan so'ng. Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga 1 supozitoriy 1-2 marta sutkada.
Orqa o'tishda kuyish, ichakni bo'shatish ta'siri, allergik reaktsiyalar. Benzokainni o'z ichiga olgan dori vositalarini qo'llashda metgemoglobinemiyaning rivojlanishi haqida alohida xabarlar mavjud.
Agar mavjud kasallik simptomlari davolash jarayonida kamaymasa yoki yangi g'ayrioddiy his-tuyg'ular paydo bo'lsa, shifokorga murojaat qilish kerak. Dori vositasini qo'llashda anal hududning gigienasiga e'tibor berish, ortiqcha kuchlanishdan qochish, najasning yumshoq konsistensiyasini saqlash uchun choralar ko'rish zarur. Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri: Dori vositasi transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Birlashtirilgan preparat, mahalliy anestetik, antiseptik, astringent va qurituvchi ta'sir ko'rsatadi.