Farmakologik xususiyatlari
O'simlik kelib chiqishli sedativ vosita, bir vaqtning o'zida magniy yetishmovchiligini to'ldiradi.
Faol moddalarning xususiyatlari:
L-triptofan – bu almashtirib bo'lmaydigan aminokislota bo'lib, oqsil almashinuvda ishtirok etadi, serotonin (“baxt gormoni”), melatonin (antioksidant va “uyqu gormoni”) va xolin (nootrop va antidepressant) ishlab chiqarilishiga yordam beradi. Triptofan organizmda ishlab chiqarilmaydi, shuning uchun uni faqat oziq-ovqat bilan olish mumkin. Ushbu aminokislotaning yetishmovchiligi surunkali uyqusizlik, kayfiyatning pasayishi, depressiv holatlar, ovqatlanish buzilishlariga sabab bo'lishi mumkin.
Griffoniya – bu o'simlik antidepressanti. Faol komponent 5-HTP (5-gidroksitriptofan) endorfin gormonlari sintezida ishtirok etadi, natijada kayfiyatni yaxshilaydi, sog'lom uyquning barcha fazalarini tiklashga yordam beradi, uxlab qolishni yaxshilaydi. Premenstrual sindrom, klimaksda emotsional holatni yaxshilaydi: tushkunlik va xavotir, zo'riqish, asabiylikni kamaytiradi.
Ashvaganda – bu adaptogen o'simlik bo'lib, organizmdagi disbalansni samarali barqarorlashtiradi, stress davrida kortizol darajasini pasaytiradi. Ashvaganda qalqonsimon bezning gipofunksiyasi va gipyerfunktsiyasida samarali. Ashvaganda nafaqat stressga qarshi tabiiy vosita, balki immunitetni mustahkamlash va degenerativ kasalliklarning oldini olishga yordam beradi.
Magniy – bu hayot uchun muhim element bo'lib, organizmning barcha to'qimalarida mavjud va hujayralarning normal faoliyati uchun zarur, modda almashinuvi reaksiyalarining aksariyatida ishtirok etadi, energiya ishlab chiqarishga yordam beradi. Magniy mushaklarda, shu jumladan miokardda ion muvozanatini saqlashda muhim fiziologik rol o'ynaydi. Stressda organizm katta miqdorda magniy yo'qotadi, chunki ushbu mikroelementning eng muhim funksiyalaridan biri asab tizimini stress omillarining salbiy ta'siridan himoya qilishdir. Magniy yetishmovchiligida yurak-qon tomir patologiyalari, jumladan arterial gipertenziya, insult, aritmiya va to'satdan yurak-qon tomir o'limi rivojlanish xavfi ortadi.