Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Pompeso 40 mg № 28 kapsulalar
Pompeso 40 mg № 28 kapsulalar
Ishlab chiqaruvchi: ДР Сертус Илач
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Bolalar uchun

    12 yoshdan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

Mavjud
127 008 so'm 156 800 so'm
ico
1
ico
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari pompeso 40 mg № 28 kapsulalar
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Kapsulalar
  • Dozalash
    40 mg
  • Yaroqlilik muddati
    3 yil
  • Qadoqdagi soni
    28 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Faqat retsept bilan
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    faol modda: ezomeprazol (ezomeprazol magniy digidrat shaklida) 20, 40 mg; yordamchi moddalari: mannit, saxaroza, povidon K30, dinatriy gidroforfat, natriy karbonat, natriy laurilsulfat, krosprovidon, gipromelloza E5, metakril kislotasi sopolimeri dispersiyasi L30D, titan dioksid, talk, polisorbat 80, trietiltsitrat, natriy gidroksid, gipromelloza ftalat, setil spirti. Kapsula qobig'i tarkibi: temir oksid qizil, titan dioksid, jelatin.
  • Qo'llanilishi
    GERB (eroziv reflyuks-ezofagitni davolash va uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlovchi terapiya); oshqozon va 12 barmoqli ichak yara kasalligida Helicobacter pylori ni yo‘qotish uchun kombinatsiyalangan terapiya tarkibida; nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYaQP) qabul qilish bilan bog‘liq oshqozon va 12 barmoqli ichak yarasining oldini olish; patologik gipersekresiya bilan xarakterlanuvchi holatlar (shu jumladan Zollinger-Ellison sindromi).
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Proton nasos ingibitorlariga yuqori sеzgirlik.
  • Qo'llash usuli
    Og'iz orqali qabul qilish uchun kapsulalar istalgan vaqtda, ovqat qabul qilishdan qat'i nazar, qabul qilinishi mumkin. Kapsulani butun holda yutish, bir stakan suv bilan ichish kerak. Kapsulani chaynash yoki shikastlash mumkin emas, chunki u qobiq bilan qoplangan granulalarni o'z ichiga oladi va ular me'da shirasining kislotasi ta'sirida davolovchi xususiyatini yo'qotadi. Kapsulani butun yuta olmaydigan bemorlar uchun kapsulani ochib, uning tarkibini gazsiz suv solingan stakanga to‘kish kerak. Boshqa suyuqliklardan foydalanish mumkin emas. Stakandagi tarkibni aralashtirib, tayyorlangan aralashmani 30 daqiqadan kechiktirmay ichish kerak. Kapsula tarkibi to‘liq ichilganligiga ishonch hosil qilish zarur. Agar bemor yuta olmasa, kapsula tarkibi oz miqdordagi suvda aralashtirilib, shprits yordamida nazo-gastral zond orqali yuborilishi mumkin.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Qon tizimi: kamdan-kam: leyopeniya, trombotsitopeniya; juda kamdan-kam: agranulositoz, pantsitopeniya. Yurak-qon tomir tizimi: aniqlanmagan tezlikda: qon quyilishi, gipertoniya, taxikardiya. Immun tizimi: kamdan-kam: gipersensitivlik reaksiyalari, anafilaktik reaksiyalar, limfadenopatiya. Modda almashinuvi tomonidan: tez-tez emas: periferik shishlar; kamdan-kam: giponatriemiya; aniqlanmagan tezlikda: gipomagniemiya. Og'ir gipomagniemiya gipokaltsemiya bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Gipomagniemiya gipokalemiya bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Endokrin tizimi tomonidan: aniqlanmagan tezlikda: zob. Psixik buzilishlar: tez-tez emas: uyqusizlik; kamdan-kam: qo'zg'aluvchanlik, ongning chalkashligi, depressiya; juda kamdan-kam: tajovuzkorlik, gallyutsinatsiyalar. Nerv tizimi tomonidan: tez-tez: bosh og'rig'i; tez-tez emas: bosh aylanishi, paresteziya, uyquchanlik. Ko'rish organlari tomonidan: kamdan-kam: ko'rishning noaniqligi. Eshitish organlari tomonidan: tez-tez emas: bosh aylanishi. Nafas olish organlari tomonidan: kamdan-kam: bronxospazm. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez: qorin og'rig'i, qabziyat, diareya, meteorizm, ko'ngil aynishi, qusish; tez-tez emas: og'iz qurishi; kamdan-kam: stomatit, ovqat hazm qilish tizimi kandidozi; aniqlanmagan tezlikda: mikroskopik kolit. Gepatobiliar tizim: tez-tez emas: jigar fermentlari darajasining oshishi; kamdan-kam: sariqlik bilan yoki usiz gepatit; juda kamdan-kam: jigar funksiyasining buzilishi, anamnezida jigar kasalliklari bo'lgan bemorlarda ensefalopatiya. Teri va teri osti yog' qavati: tez-tez emas: dermatit, toshma, teri qichishishi, toshma; kamdan-kam: alopesiya, fotosensibilizatsiya; juda kamdan-kam: ko'p shaklli eritema, Stiven-Jonson sindromi, toksik epidermal nekroliz. Suyak-mushak tizimi va boylam apparati: tez-tez emas: son suyagi, bilak suyaklari, umurtqa suyaklarining sinishi; kamdan-kam: artralgiya, mialgiya; juda kamdan-kam: mushak zaifligi. Buyrak va siydik chiqarish tizimi tomonidan: juda kamdan-kam: interstitsial nefrid. Ba'zi bemorlarda bir vaqtning o'zida buyrak yetishmovchiligi rivojlangan. Reproduktiv tizim: juda kamdan-kam: ginekomastiya. Tizimli: kamdan-kam: qorin bo'shlig'ining kattalashishi, asteniya, bel og'rig'i, ko'krak og'rig'i, yuz shishi, periferik shishlar, qon quyilishi, charchoq, isitma, grippga o'xshash simptomlar, badan titrashi.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Ezomeprazol - omeprazolning S-izomеri bo‘lib, oshqozon shirasining sеkret­siyasini maxsus yo‘naltirilgan ta’sir mеxanizmi orqali kamaytiradi; oshqozon shilliq qavatining parietal hujayralarining proton nasos ingibitori hisoblanadi. Ezomeprazol - kuchsiz asos bo‘lib, u parietal hujayralarning sеkretor kanallari kislotali muhitida to‘planadi va faol shaklga o‘tadi, bu yerda H+K+ATFaza fеrmеntini - proton nasosini ingibit qiladi, shuningdek, bazal va stimulyatsiyalangan kislota sеkret­siyasini bostiradi. Ezomeprazolning ta’siri pеroral qabul qilingandan so‘ng bir soat ichida rivojlanadi. Prеparatni 5 kun davomida kuniga 1 marta 20 mg dozada qabul qilganda, pеntagastrin bilan stimulyatsiyadan so‘ng o‘rtacha maksimal xlorid kislota konsеntratsiyasi 90% ga kamayadi. Gastroezofageal rеfluks kasalligi va klinik simptomlari bo‘lgan bemorlarda ezomeprazolni 5 kun davomida har kuni pеroral qabul qilganda 20 yoki 40 mg dozada oshqozon ichidagi pH 4 dan yuqori bo‘lgan qiymat o‘rtacha 13-17 soat davomida (dozaga bog‘liq ravishda) saqlanib turdi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Har qanday tashvishli simptomlar, jumladan, sezilarli darajada o'z-o'zidan tana vaznining yo'qolishi, takroriy qusish, disfagiya, qon aralash qusish yoki melena, shuningdek, me'da yarasi mavjud bo'lsa yoki me'da yarasiga shubha bo'lsa, xavfli o'sma mavjudligini istisno qilish kerak, chunki Pompezo bilan davolash simptomatikani yumshatishi va tashxis qo'yishni kechiktirishi mumkin. Ezomeprazol atazanavir va ritonavir bilan birga qo'llanmasligi kerak. Agar bemorlarda ushbu kombinatsiyadan qochish imkoni bo'lmasa, uni klinik nazorat ostida buyurish tavsiya etiladi, atazanavir dozasini 400 mg gacha va ritonavirni 100 mg gacha oshirish, ezomeprazol dozasini esa 20 mg dan oshirmaslik kerak. Ezomeprazol gipoxloridriya va axloridriya tufayli vitamin B12 (sianokobalamin) ning so'rilishini kamaytiradi. Preparatni uzoq muddat, ayniqsa bir yildan ortiq qabul qilayotgan bemorlar muntazam ravishda shifokor nazoratida bo'lishlari kerak. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatmaslik kerak. Bolalarda qo'llanilishi Ezomeprazol bir oylikdan katta bolalarda o'rganilgan. 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga bolalar uchun chiqarilgan shaklni ishlatish kerak. Homiladorlik va emizish davrida Ezomeprazol bilan tadqiqotlar yo'qligi sababli, preparatni homilador ayollarga faqat ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun mumkin bo'lgan xavfdan ustun bo'lsa buyurish kerak. Ezomeprazolning ko'krak suti bilan ajralishi haqida ma'lumot yo'q, shuning uchun Pompezo emizish davrida buyurilmasligi kerak.
  • Dozani oshirib yuborilishi
    Siptomlar: ezomeprazolni 280 mg dozasida og'iz orqali qabul qilganda umumiy holsizlik va me'da-ichak yo'llari tomonidan namoyon bo'lishlar kuzatilgan. Pompezo ni 80 mg dozasida bir martalik og'iz orqali qabul qilish hech qanday salbiy oqibatlarga olib kelmagan. Davolash: zarurat tug‘ilganda simptomatik va qo‘llab-quvvatlovchi terapiya o‘tkaziladi. Maxsus antidot noma'lum. Dializ samarasiz, chunki ezomeprazol plazma oqsillari bilan bog‘lanadi.
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Elena
    ico ico ico ico ico
    Помогает справиться с проблемой желудка. Спасибо за качественный товар!
    05 August 2024
    0
    0
  • Ahmad
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество! Быстрая доставка. Рекомендую!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico