Maxsus ko'rsatmalar
Infuziya qilishdan oldin shifokor preparatni vizual ko‘rikdan o‘tkazishi shart. Preparat shaffof bo‘lishi, suspenziya va cho‘kma bo‘lmasligi kerak. Ampula va yorliq butunligi saqlangan taqdirda preparat foydalanishga yaroqli hisoblanadi.
Piracetam buyraklar orqali chiqariladi, shuning uchun buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarni davolashda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Bunday bemorlarda preparatning yarim chiqarilish davri va kreatinin klirensi o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjud.
Klonik tutqanoq bo‘lgan bemorlarda preparatni to‘satdan bekor qilishdan saqlanish lozim, chunki bu ularning kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Uyqu buzilishlarining oldini olish uchun preparatni kunning birinchi yarmida buyurish tavsiya etiladi.
Miiyaning o‘tkir shikastlanishlarini davolashda preparat detoksikatsion va tiklovchi terapiyaning boshqa usullari bilan birga buyuriladi, psixiatriya kasalliklarini davolashda esa mos psixotrop vositalar bilan birga qo‘llaniladi. Gemodializ apparatlarining filtrlovchi membranalari orqali o‘tadi.
Piracetam trombotsitlar agregatsiyasiga ta’sir qilishi sababli preparatni og‘ir gemostaz buzilishlari, qon ketish simptomlari yoki qon ketish xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarga (masalan, me’da yoki o‘n ikki barmoqli ichak yarasi), qon ivishining buzilishi bo‘lgan bemorlarga, ilgari miya ichiga qon quyilishi bo‘lgan bemorlarga, bo‘lajak jarrohlik aralashuvi (shu jumladan stomatologik) oldidan, antikoagulyantlar yoki trombotsitlar agregatsiyasini ingibitsiya qiluvchi preparatlar, shu jumladan past dozalarda atsetilsalitsil kislotasi qabul qilayotgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.
Keksalar. Keksalar uzoq muddat davolanganida buyrak funksiyasi ko‘rsatkichlarini muntazam nazorat qilish, zarur hollarda kreatinin klirensi natijalariga ko‘ra doza tuzatish tavsiya etiladi (qarang «Qo‘llash usuli va dozalari» bo‘limi). Gemodializ apparatlarining filtrlovchi membranalari orqali o‘tadi.
Kortikal miokloniya bilan og‘rigan bemorlarni davolashda davolashni to‘satdan to‘xtatishdan saqlanish lozim, chunki bu miokloniya generalizatsiyasi yoki tutqanoqlar paydo bo‘lishi xavfini tug‘diradi.
Preparat natriy saqlaydi. Bu natriy iste’molini nazorat qiluvchi dietada bo‘lgan bemorlar uchun hisobga olinishi kerak.