Qo'llanilishi
Gipo- va avitaminoz RR: pellagra, to‘liq bo‘lmagan va nomutanosib ovqatlanish (shu jumladan, parenteral), tez ozish, gastrektomiya, Hartnup kasalligi (irsiy kasallik, ba’zi aminokislotalar, jumladan triptofan o‘zlashtirilishining buzilishi bilan kechadi), OVKT kasalliklari (glyuten enteropatiyasi, davomli diareya, tropik spru).
Organizmning RR vitaminiga bo‘lgan ehtiyoji oshgan holatlar: uzoq davom etuvchi isitma, gepatobiliar soha kasalliklari, gipertireoz, surunkali infeksiyalar, yomon sifatli o‘smalar, uzoq davom etuvchi stress, homiladorlik (ayniqsa, nikotin va dori vositalariga qaramlik fonida, ko‘p homilali homiladorlik), laktatsiya davri.
Giperlipidemiya, shu jumladan birlamchi giperlipidemiya (IIa, IIb, III, IV, V turlari).
Ishemik miya qon aylanishi buzilishlari, oyoq-qo‘l tomirlarining oblitiratsiyalovchi kasalliklari (oblitiratsiyalovchi endarteriit, Reyno kasalligi), oyoq-qo‘l tomirlarining spazmi, o‘t va siydik chiqarish yo‘llari spazmi; diabetik polinevropatiya, mikroangiopatiya.
Yuz nervi nevriti, gipotsidli gastrit, enterokolit, kolit, uzoq bitmaydigan yaralar va trofik yaralar.