-
Tarkibi
Har bir flakon tarkibida faol modda bo‘lgan tiklangan glyutation natriy tuzi – 600 mg yoki 1200 mg mavjud;
-
Qo'llanilishi
Preparat yordamchi terapiya uchun mo'ljallangan: • jigar kasalliklarida, shu jumladan jigar virusli kasalliklarida (masalan, gepatit A, gepatit B, gepatit S va boshqalar); • alkogol ta'sirida yuzaga kelgan jigar shikastlanishlarida (masalan, toksik jigar, alkogolli jigar fibrozlari, alkogolli jigar sirrozi, o'tkir alkogolli gepatit) va boshqa jigar kasalliklarida. • kimyoterapiyada (shu jumladan sisplatin, tsiklofosfamid, adriamitsin, rubidomitsin va bleomitsin, ayniqsa yuqori dozalarda) va nur terapiyasida. • dori intoksikatsiyalarida (masalan, onkologiyada kimyoterapevtik preparatlar, silga qarshi preparatlar, neyropsixotrop preparatlar, antidepressantlar, paratsetamol va boshqalar); • gipoksemiya chaqiradigan kasalliklarda (masalan, o'tkir anemiya, kattalarda nafas yetishmovchiligi sindromi, septitsemiya va boshqalar); • detoksikatsiyalarda, fosforoorganik birikmalar, amino- va nitrobirikmalar bilan zaharlanishlarda.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Natriy tuzining tiklangan glyutationiga gipersezuvchanlik.
-
Qo'llash usuli
Vena ichiga yuborish uchun 600 mg preparatni 4 ml inyektsiya uchun suvda yoki 1,2 g preparatni 7 ml inyektsiya uchun suvda eritib, so‘ng olingan eritmani 100 ml, 250 ml yoki 500 ml fiziologik eritma yoki 5% glyukoza eritmasi hajmidagi infuzion eritmalarga qo‘shish kerak. Mushak ichiga yuborish uchun 600 mg preparatni 4 ml inyektsiya uchun suvda eritish kerak.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lishi tez-tezligi – juda past, hatto preparat yuqori dozalarda uzoq muddat davomida qo‘llanilganda ham. Kamdan-kam hollarda bemorlarda paroksizmal toshma kuzatilgan.
-
Farmakologik xususiyatlari
Glutation – fiziologik tripeptid bo‘lib, glyutamin kislotasi, sistein va glitsindan tashkil topgan, u bir qator biologik jarayonlarda ishtirok etadi va detoksikatsiyada muhim rol o‘ynaydi, hujayralarni ksenobiotiklar, erkin radikallar va nurlanishning zararli ta’siridan himoya qiladi. Doklinik va klinik tadqiqotlar glutationning hujayralarning patologik shikastlanishiga olib keladigan bir qator holatlarda (etil spirti, paratsetamol, salitsilatlar, fenobarbital, tritsiklik antidepressantlar, fosfororganik insektitsidlar va boshqalar bilan zaharlanish) himoya qiluvchi rolini ko‘rsatdi. Shuningdek, glutation ko‘plab ximioterapevtik preparatlarning faolligiga ta’sir ko‘rsatishi, to‘qimalarda endogen glutation darajasini kamaytirishi va natijada o‘sma jarayoni bilan bog‘liq oksidlovchi stressni pasaytirishi aniqlangan. Tsisplatin va uning hosilalari kabi preparatlarni ximioterapevtik preparatlar induktsiyalagan neyrotoksiklikni oldini olish uchun qo‘llash, platina periferik asab tizimida, ayniqsa orqa asab ildizlari gangliyalarida to‘planishi bilan bog‘liq. Shuning uchun, glutation kabi moddalar, platina orqa asab ildizlari gangliyalarida dastlabki to‘planishini oldini olishga qodir, qo‘llaniladi. Klinik tadqiqotlar glutation infuziyasi, o‘sma qarshi vosita yuborilishidan oldin tuxumdon karsinomasi, me’da karsinomasi va kolorektal rak bilan kasallangan bemorlarda tsisplatin va oksaliplatin qo‘llanilishi natijasida yuzaga keladigan buyrak yetishmovchiligi va neyrotoksiklikdan samarali himoya qilinishini tasdiqladi, bu esa, zarur bo‘lsa, o‘sma qarshi vositaning yuqoriroq kümülyativ dozasiga erishish imkonini beradi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Preparatni shifoxonalarda shifokor nazorati ostida qo'llash. Preparat to'liq eriganligiga va eritma rangsiz va shaffof ekanligiga ishonch hosil qiling; tayyorlangan preparat eritmasi xona haroratida (25°S gacha) 2 soatdan ko'p bo'lmagan muddatda, fiziologik eritmada esa 0-5°S haroratda 8 soatdan ko'p bo'lmagan muddatda saqlanishi mumkin. To'satdan toshma, yuzning oqarishi, qon bosimining o'zgarishi, yurak ritmining buzilishi va boshqalar kabi simptomlar paydo bo'lsa, preparatni darhol qo'llashni to'xtating. Mushak ichiga yuborishni faqat boshqa yuborish usullari qabul qilinmaydigan hollarda qo'llash. Bir joyga takroran yuborishdan saqlaning. Pediatriyada qo'llanilishi Preparatni yangi tug'ilgan chaqaloqlarda, muddatidan oldin tug'ilgan bolalarda, 14 yoshgacha bo'lgan bolalarda, ayniqsa mushak ichiga yuborishda, alohida ehtiyotkorlik bilan qo'llash. Geriatriyada qo'llanilishi Keksalarda dozani mos ravishda kamaytirish va davolash davomida qat'iy nazorat talab etiladi. Preparatni bolalar uchun yetib bo'lmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati o'tgach qo'llamaslik kerak. Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo'llash bo'yicha ma'lumotlar yo'q.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Preparatni B12 va K3 vitaminlari, kalsiy pantotenati, menadion, orot kislotasi, antigistaminlar, sulfanilamid preparatlari yoki tetratsiklin bilan birga qo‘llash mumkin emas.