Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Metigast tomchilar 100mg/ml 30ml
Metigast tomchilar 100mg/ml 30ml
Ishlab chiqaruvchi: World Medicine
Yaroqlilik muddati: 2 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Bolalar uchun

    Ruxsat

  • ico
    Diabetiklar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari metigast tomchilar 100mg/ml 30ml
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Yutish uchun tomchilar
  • Dozalash
    100 mg/ml
  • Yaroqlilik muddati
    2 yil
  • Qadoqdagi soni
    30 ml
  • Retsept asosida beriladi
    Retseptsiz beriladi
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    1 ml preparatda simetikon 100 mg mavjud.
  • Qo'llanilishi
    − ovqat hazm qilish yo‘llarida gazlarning ko‘payishi bilan bog‘liq buzilishlarni simptomatik davolash uchun (masalan, meteorizm yoki operatsiyadan keyingi davrda ortiqcha gaz to‘planishi, shuningdek, chaqaloqlarda);
    − ichak kolikalari;
    qorin bo‘shlig‘ini diagnostik tekshiruvlarga tayyorlash uchun yordamchi vosita sifatida (masalan, rentgenologik tekshiruvlar, ultratovush tekshiruvlari, endoskopik tekshiruvlar, shu jumladan ikki kontrastli tasvir olish uchun kontrast modda suspenziyalariga qo‘shimcha sifatida);
    − sirt faol moddalar (kir yuvish kukunlari yoki boshqa yuvish vositalari) bilan zaharlanishda ko‘pikni yo‘qotuvchi vosita sifatida.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    − simetikonga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
    − ichak tutilishi;
    − irsiy fruktoza intoleransi.
  • Qo'llash usuli
    Preparat og'iz orqali ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin, zarur bo'lsa - uxlashdan oldin qabul qilinadi.
    Davolash davomiyligi shikoyatlarning mavjudligiga bog'liq va individual belgilanadi. Zarur bo'lsa, Metigastni uzoq muddat davomida qo'llash mumkin.
    Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan gaz to'planishi, ichak kolikalari bilan bog'liq buzilishlarda
    1 yoshgacha bo'lgan bolalar: har bir emizishda 5-10 tomchi preparat (bolalar ovqatiga shishachaga qo'shiladi yoki kichik qoshiq yordamida ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin beriladi). 1 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalar: 10 tomchidan 3-5 marta kuniga. 6 yoshdan 14 yoshgacha bo'lgan bolalar: 10-20 tomchidan 3-5 marta kuniga. 14 yosh va undan katta bolalar: 20 tomchidan 3-5 marta kuniga. Metigastni operatsiyadan keyingi davrda ham qo'llash mumkin.
    Qorin bo'shlig'i diagnostik tekshiruvlariga tayyorgarlik uchun
    Rentgenologik tekshiruvlar, ultratovush diagnostikasi: tekshiruvdan bir kun oldin ovqatdan keyin kuniga 3 marta 25 tomchi (1 ml) preparat va tekshiruv kuni ertalab 25 tomchi (1 ml) preparat.
    Kontrast modda suspenziyalariga qo'shimcha sifatida: ikki marta kontrastli tasvir olish uchun 1 litr kontrast modda suspenziyasi uchun 50-100 tomchi (2-4 ml) preparat.
    Gastro-duodenoskopiyaga tayyorgarlik uchun: endoskopiyadan oldin og'iz orqali 50-75 tomchi (2-3 ml) qo'llaniladi. Endoskopiya vaqtida, zarur bo'lsa, tadqiqotga xalaqit beruvchi gaz pufakchalarini yo'qotish uchun endoskop kanali orqali bir necha millilitr emulsiya kiritish mumkin.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Simetikonning 40 mg/ml va 100 mg/ml konsentratsiyasini qo‘llash bilan bog‘liq nojo‘ya reaktsiyalar kuzatilmagan. Preparatning komponentlariga nisbatan allergik reaktsiyalar rivojlanishi mumkin.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Simetikon – preparatning faol komponenti – barqaror sirt faol polidimetilsiloksan. U ovqat xaltasidagi va ovqat hazm qilish yo‘llari shilliq qavatidagi gaz pufakchalari sirt tarangligini o‘zgartiradi, natijada ular parchalanadi. Shu jarayonda ajralib chiqqan gazlar ichak devori orqali so‘rilishi, shuningdek, ichak peristaltikasi ta’sirida chiqarilishi mumkin.
    Simetikon faqat jismoniy ta’sir ko‘rsatadi, kimyoviy reaksiyalarda ishtirok etmaydi va farmakologik hamda fiziologik jihatdan inert hisoblanadi.
    Simetikon og‘iz orqali qabul qilingandan so‘ng so‘rilmaydi va me’da-ichak traktidan (O‘TSh) o‘zgarmagan holda chiqariladi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Metigastni me'da-ichak yo'llarining obstruktiv kasalliklari bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
    Metigast 100 mg/ml preparati sorbitol saqlaydi. Shuning uchun uni kam uchraydigan irsiy patologiya - fruktozani o'zlashtira olmaslikda qo'llash mumkin emas.
    Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanilishi
    Homiladorlik va laktatsiya davrida dori vositasini qo'llash bo'yicha hech qanday tadqiqotlar o'tkazilmagan. Shunga qaramay, preparat tizimli qon aylanishiga so'rilmasligini hisobga olib, Metigastni ushbu bemorlar guruhida shifokor nazorati ostida ehtiyotkorlik bilan qo'llash mumkin.
    Pediatriyada qo'llanilishi
    Preparat bolalarda ko'rsatmalarga muvofiq dozalash tartibiga binoan qo'llaniladi.
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Nargiza
    ico ico ico ico ico
    Метигаст превзошел мои ожидания. Удобная упаковка и высокое качество товара. Рекомендую!
    05 August 2024
    0
    0
  • Shahzod
    ico ico ico ico ico
    Отличные капли, помогли быстро справиться с диспепсией. Спасибо Oxymed за быструю доставку!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico