Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Bobotik 30 ml
Bobotik 30 ml
Ishlab chiqaruvchi: Medana Pharma
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Diabetiklar uchun

    Ruxsat

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Ruxsat

  • ico
    Bolalar uchun

    Ruxsat

Mavjud
42 525 so'm 52 500 so'm
ico
1
ico
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari bobotik 30 ml
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Tomchilar
  • Yaroqlilik muddati
    3 yil
  • Qadoqdagi soni
    30 ml
  • Retsept asosida beriladi
    Retseptsiz beriladi
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    Ichkariga qabul qilish uchun tomchilarning 1 ml tarkibida: 
    Faol moddalari: 
    simetikon emulsiyasi 30% 222,2 mg, 
    simetikon 66,66 mg;
    Yordamchi moddalari: 
    natriy saxarinat,
    metilparagidroksibenzoat, 
    propilparagidroksibenzoat, 
    natriy karmelloza, 
    limon kislotasi monogidrat, 
    malinali aromatizator, 
    tozalangan suv.
  • Qo'llanilishi
    Ovqat hazm qilish tizimida gazlarning ortiqcha hosil bo'lishi va to'planishi (kolikalar, qorin bo'shlig'ida to'liq his qilish, meteorizm, shu jumladan operatsiyadan keyingi davrda, Remgeld sindromi, aerofagiya); - qorin bo'shlig'i va kichik tos a'zolarining diagnostik tekshiruvlariga tayyorgarlik (rentgenografiya, sonografiya, gastroskopiya va duodenoskopiya — ko'pik hosil bo'lishining oldini olish).
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
     
    • simetikon va/yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
    • ichak tutilishi;
    • me’da-ichak yo‘llarining obstruktiv kasalliklari.
     
  • Qo'llash usuli
     
    Og‘iz orqali.

    Qabul qilishdan oldin bir hil emulsiya hosil bo‘lguncha chayqatish kerak.

    Preparatni aniq dozalash uchun tomizish vaqtida flakonni vertikal holatda ushlab turish kerak.

    Kuchaygan gaz hosil bo‘lishi va ichakda gaz to‘planishi:

    Bobotik odatda ovqatdan keyin kuniga uch marta va uxlashdan oldin qo‘llaniladi:

    • emizikli bolalar va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 8 tomchi (20 mg simetikon) kuniga 4 marta;
    • 2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 14 tomchi (35 mg simetikon) kuniga 4 marta;
    • 6 yoshdan katta bolalar va kattalarga 16 tomchi (40 mg simetikon) kuniga 4 marta.

    Preparatni, ayniqsa kichik bolalarga, qulayroq qabul qilish uchun uni oldindan oz miqdorda qaynatilgan sovutilgan suv, bolalar ovqati yoki gazsiz suyuqlik bilan aralashtirish mumkin.

    Davolash noqulayliklar yo‘qolguncha davom ettiriladi.

    Diagnostik muolajalarga tayyorgarlik:

    Ichak-oshqozon rengenografik tekshiruvi;

    Tadqiqotdan bir kun oldin ertalab va kechqurun quyidagi dozani qabul qilish kerak:

    • emizikli bolalar va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 10 tomchi (25 mg simetikon) kuniga 2 marta;
    • 2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 16 tomchi (40 mg simetikon) kuniga 2 marta;
    • 6 yoshdan katta bolalar va kattalarga 20 tomchi (50 mg simetikon) kuniga 2 marta.

    Ichak-oshqozon sonografik tekshiruvi:

    Tadqiqotdan bir kun oldin ertalab va kechqurun (yoshga qarab) rengenografik tekshiruvga tayyorgarlikdagi kabi preparat miqdori qabul qilinadi.

    Tadqiqot boshlanishidan uch soat oldin doza takrorlanadi. 
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Allergik reaktsiyalar rivojlanishi mumkin.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Simetikon (aktivlashtirilgan dimetikon) metillangan chiziqli siloksan polimerlari kombinatsiyasi bo‘lib, trimetilsiloksil guruhlari bilan barqarorlashtirilgan va kremniy dioksidi bilan birga. Fazalar chegarasida sirt tarangligini kamaytirib, ichak tarkibi va me’da-ichak trakti (JIT) shilliq qavatidagi gaz pufakchalari hosil bo‘lishini qiyinlashtiradi va ularni parchalanishiga yordam beradi. 

    Shu jarayonda ajralib chiqqan gazlar ichak devorlari tomonidan so‘rilishi yoki peristaltika yordamida chiqarilishi mumkin. Bu, qorin dam bo‘lishiga olib keluvchi yirik gaz-shilliq konglomeratlari hosil bo‘lishining oldini oladi. Sono- va rentgenografiya vaqtida tasvir nuqsonlari paydo bo‘lishining oldini oladi; kontrast preparatlar yordamida yo‘g‘on ichak shilliq qavatining yaxshiroq yuvilishiga yordam beradi, kontrast plyonkaning yorilib ketishiga to‘sqinlik qiladi.

    Kimyoviy inertligi tufayli JITda mavjud mikroorganizmlar va fermentlarga ta’sir qilmaydi. Ovqat hazm bo‘lishini kamaytirmaydi, me’da shirasining reaksiyasi va hajmini o‘zgartirmaydi.
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
    Simetikon peroral antikoagulyantlarning so‘rilishini buzishi mumkin.
  • Dozani oshirib yuborilishi
    Dozani oshirib yuborish haqida xabarlar yo‘q. Simetikon me’da-ichak traktidan so‘rilmaydi va dozani oshirib yuborish hayot va sog‘liq uchun xavf tug‘dirmaydi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
     
    Bobotik shakarni o'z ichiga olmaydi, shakar diabeti va ovqat hazm qilish buzilishlari bo'lgan bemorlar tomonidan qo'llanilishi mumkin.

    Bobotikni qo'llash davrida gazli ichimliklarni ichish tavsiya etilmaydi.

    Dori vositasini qabul qilish ba'zi diagnostik testlarning natijalarini buzishi mumkin, masalan, guayava qatroni bilan o'tkaziladigan test.


    Homiladorlik va emizish davri
    Hozirgi vaqtda simetikonning teratogen yoki embrio toksik ta'siri borligi haqida ma'lumot yo'q. Dori vositasini homiladorlik va emizish davrida shifokor tavsiyasiga binoan qo'llash mumkin.


    Mexanik transport vositalarini boshqarish va mexanik uskunalarni xizmat ko'rsatish qobiliyatiga ta'siri.
    Ta'sir qilmaydi.
    Qo'llash usuli va dozalar


Hammasini ko'rsatish
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Diyor
    ico ico ico ico ico
    Заказала Боботик 30 мл через интернет-магазин Oxymed и не пожалела. Продукт действительно работает, кожа выглядит более здоровой и ухоженной.
    05 August 2024
    0
    0
  • Aziza
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество и эффективность продукта. Боботик 30 мл помог мне быстро справиться с проблемой кожи. Спасибо, Oxymed!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico