Qo'llash usuli
Har doim Espumizan® tomchilarini ushbu varaqda keltirilgan ko‘rsatmalarga aniq rioya qilgan holda qo‘llang. Agar biror narsaga ishonchingiz komil bo‘lmasa, davolovchi shifokor yoki dorixona xodimiga murojaat qiling. Espumizan® tomchilarini dozalashning ikki usuli mavjud. Doza qanchalik yuqori bo‘lishiga qarab, dozalash quyidagilar yordamida amalga oshiriladi: pipetka; millilitr (ml) bo‘yicha gradatsiyalangan o‘lchovli qopqoq.
Espumizan® tomchilarining dozasi simptomlarning og‘irlik darajasiga qarab belgilanadi. Odatda quyidagi dozalar qo‘llaniladi. Oshqozon-ichak traktidan gaz hosil bo‘lishi bilan bog‘liq simptomlarni bartaraf etish uchun.
Yosh guruhlari
Doza tomchilarda (pipetka). Bir martalik doza 5-10 tomchi ovqatli butilkaga eritiladi yoki chaqaloqqa har bir emizishdan oldin kichik qoshiqda bevosita beriladi 1-6 yosh 10 tomchi; kuniga 3-5 marta 6-14 yosh; 10-20 tomchi kuniga 3-5 marta.
O‘smirlar va kattalar 20 tomchi kuniga 3-5 marta.
Bundan tashqari, Espumizan® tomchilarini operatsiyalardan keyin ham qabul qilish mumkin. Espumizan® tomchilari ovqat paytida yoki ovqatdan keyin, shuningdek, zarurat tug‘ilganda uxlashdan oldin qabul qilinadi. Espumizan® tomchilarini simptomlar saqlanib turgan davrda qabul qilish davom ettiriladi. Espumizan® tomchilarini uzoq muddat davomida faqat shifokor tavsiyasiga binoan qabul qilish mumkin. Bundan tashqari, 2-bo‘limga qarang «Espumizan® tomchilarini qabul qilganda quyidagi simptomlarga alohida e’tibor berish kerak». Diagnostik protseduralarga tayyorgarlik uchun Doza ml da (o‘lchovli qopqoq) Tekshiruvdan bir kun oldin 1 ml kuniga 3 marta ovqatdan keyin, tekshiruv kuni ertalab 1 ml.
Kontrast modda suspenziyalariga qo‘shimcha sifatida doza ml da (o‘lchovli qopqoq) 2-4 ml 1 l “kasha” kontrast modda uchun ikki tomonlama kontrast tasvir olish uchun.
Oshqozon va ingichka ichakni endoskopik tekshiruvlarga tayyorgarlik uchun. Doza ml da (o‘lchovli qopqoq) endoskopiyadan oldin 2-3 ml. Zarurat tug‘ilganda, agar tekshiruvga ko‘pik pufakchalari xalaqit qilsa, ularni olib tashlash uchun endoskopning asbob kanali orqali tekshiruv vaqtida yana bir necha millilitr emulsiya yuborish mumkin.