Extiyotkorlik bilan
Extiyotkorlik bilan
Extiyotkorlik bilan
Extiyotkorlik bilan
Extiyotkorlik bilan
5 ml suspenziya tarkibida:
Faol modda: tsefiksim trigidrat miqdori, tsefiksim 100 mg ga mos keladi
Yordamchi moddalari: saxaroza, ksantan saqichi, natriy benzoat (E 211), apelsin aromatizatori.
O'tkir va surunkali bronxit. Bronxitning bakterial zo‘rayishlari. O‘rta quloq yallig‘lanishi. Bakterial etiologiyali faringit va tonzillitlar. Siydik chiqarish yo‘llarining bakterial infeksiyalari: tsistit, uretrit, pielonefrit, servitsit.
Lopraks preparatning har qanday komponentiga, boshqa sefalosporinlarga yoki penisillinga ma'lum yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlarga, porfiriya bilan kasallanganlarga kontrendikatsiyalangan.
Suspenziya pediatriyada qo‘llash uchun mo‘ljallangan. 6 oylikdan 12 yoshgacha bo‘lgan, tana vazni 50 kg gacha bo‘lgan bolalarga tavsiya etilgan sutkalik doza 8 mg/kg bir marta yoki 4 mg/kg 2 marta har 12:00 da buyuriladi. 6 oylikdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun davolash davomiyligi kasallik og‘irligiga bog‘liq va individual belgilanadi. Davolash kursi - 3 kundan (murakkab bo‘lmagan infeksiyalarda) 10-14 kungacha. 12 yoshdan katta va tana vazni 50 kg dan ortiq bo‘lgan bolalar uchun tsefiksimning odatdagi doza sutkada 400 mg bir marta yoki 200 mg 2 marta 12:00 interval bilan buyuriladi. Suspenziya tayyorlash. Tayyorlashdan oldin flakonni ag'darib, kukunni bo'shashtirish uchun chayqatish, flakonda ko'rsatilgan belgigacha 2 marta qaynatilgan sovuq suv qo'shish, har safar bir hil suspenziya hosil bo'lguncha flakonni chayqatish kerak. Suspenziya tayyorlangandan keyin 5 daqiqadan oldin qabul qilinmasligi kerak. Har bir qabuldan oldin tayyor suspenziya yaxshilab chayqatilishi lozim. Bolalar. Preparat 6 oylikdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llaniladi. 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarda preparatni qo‘llash samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan, shuning uchun tsefiksimni ushbu toifadagi bemorlarga qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Tsefalosporinlar qo‘llanilganda ko‘proq me’da-ichak buzilishlari kuzatiladi, gipersensitivlik reaksiyalari kamdan-kam uchraydi. Gipersensitivlik reaksiyalari ko‘proq ilgari gipersensitivlik reaksiyalari bo‘lgan bemorlarda va anamnezida allergiya, pichan bezgagi, toshma, allergik komponentli bronxial astma bo‘lgan bemorlarda uchraydi. Tsefixim qo‘llanilganda quyidagi nojo‘ya reaksiyalar kamdan-kam hollarda yuzaga kelgan: Me’da-ichak trakti tomonidan: og‘iz qurishi, glossit, ko‘ngil aynishi, qusish, qizib ketish, qorin og‘rig‘i, diareya, ovqat hazm qilishning buzilishi, og‘iz va ovqat hazm qilish yo‘llari shilliq qavatining kandidozi, stomatit, meteorizm, qorin bo‘shlig‘ida spazmlar, ichak spazmlari, disbakterioz. 200 mg ni kuniga 2 marta qabul qilishga o‘tish diareyani yengillashtirishi mumkin. Og‘ir, uzoq davom etuvchi diareya ayrim antibiotiklar sinfi bilan bog‘liq. Bunday holatda soxta membranoz kolit diagnostikasi o‘tkazilishi kerak. Agar ushbu tashxis kolonoskopiya bilan tasdiqlansa, har qanday antibiotiklarni qo‘llash darhol to‘xtatilishi va og‘iz orqali vankomitsin buyurilishi kerak. Ichak peristaltikasini pasaytiruvchi dori vositalarini qo‘llash mumkin emas; Immun tizimi tomonidan: gipersensitivlik reaksiyalari, serum kasalligiga o‘xshash reaksiyalar, anafilaksiya, hiqildoq shishidan nafas yo‘llarining torayishi, artralgiya va dori isitmasi, interstitsial nefrite; Qon tizimi tomonidan: tranzitor leykopeniya, agranulositoz, panstsitopeniya, tranzitor neyropeniya, granulositopeniya, trombotsitopeniya, eozinofiliya, tromboflebit, purpura. Tsefalosporin olgan bemorlarda gemolitik anemiya holatlari ham kuzatilgan. Qon ivishining buzilishi bo‘yicha ayrim holatlar qayd etilgan; Jigar tomonidan: sariqlik, transaminazalar (AST, ALT), ishqoriy fosfataza, umumiy bilirubin darajasining tranzitor oshishi, gepatit, xolestaz bo‘yicha ayrim holatlar; Siydik ajratish tizimi tomonidan: qonda siydik va kreatinin darajasining tranzitor oshishi, buyrak funksiyasining buzilishi, gematuriya; Nafas olish organlari tomonidan: nafas qisishi; Teri tomonidan: toshma, teri toshmalari (eritama, toshma), teri qichishishi, teri giperemiyasi, ko‘p shaklli eritama, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, eozinofiliya va tizimli namoyonalar bilan dori toshmalari sindromi (DRESS); Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, disforiya; Eshitish va vestibulyar apparat tomonidan: eshitishning yo‘qolishi; Umumiy buzilishlar: tana haroratining oshishi, yuz shishi, yurak urishining tezlashishi, charchoqlik, giperaktivlik, holsizlik, shilliq qavatlarning yallig‘lanishi, arterial bosimning oshishi; Boshqalar: anoreksiya; Candida sababli vaginit; genital qichishish.
Ba'zi bemorlarda tsefiksim qabul qilganida teri reaksiyalari, jumladan, epidermal toksik nekroliz, Stivens-Djonson sindromi va dori vositalariga bog‘liq teri toshmasi, eozinofiliya va tizimli namoyonalar (DRESS) kabi jiddiy teri nojo‘ya reaksiyalari haqida xabar berilgan. Jiddiy teri nojo‘ya reaksiyalari yuzaga kelganda tsefiksim qabul qilishni to‘xtatish va mos davolashni buyurish va/yoki zarur ehtiyot choralarini ko‘rish lozim. Gipersensitivlik reaksiyalari Tsefiksimni qo‘llashdan oldin bemorlarning penitsillinlar va tsefalosporinlarga yoki boshqa dori vositalariga allergik reaksiyalari bor-yo‘qligi haqida aniq anamnez yig‘ish zarur. In vivo (inson organizmida) va in vitro tadqiqotlarda penitsillinlar va tsefalosporinlar o‘rtasida o‘zaro allergik reaksiyalar mavjudligi isbotlangan. Bu holatlar kamdan-kam uchraydi, anafilaktik turda, ayniqsa parenteral qo‘llashdan keyin yuzaga keladi. Antibiotiklarni har qanday gipersenstitivlik reaksiyalari bo‘lgan bemorlarga, ayniqsa dori vositalarini qo‘llashdan keyin, ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim. Allergik reaksiya yuzaga kelganda preparatni darhol to‘xtatish va mos terapiya buyurish zarur. Ichak mikroflorasining o‘zgarishi Antibakterial dori vositalarini uzoq muddat qo‘llash natijasida chidamsiz mikroorganizmlar o‘sishi va normal ichak mikroflorasi buzilishi mumkin, bu esa Clostridium difficile ning haddan tashqari ko‘payishi va soxta membranoz kolit rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Antibiotik qo‘llash natijasida yuzaga kelgan yengil soxta membranoz kolit holatlarida preparatni bekor qilish yetarli bo‘lishi mumkin. Agar kolit simptomlari preparatni bekor qilgandan keyin kamaymasa, og‘iz orqali vankomitsin qabul qilish buyuriladi, bu soxta membranoz kolitda tanlov antibiotigi hisoblanadi. O‘rtacha og‘irlikdagi yoki og‘ir kolitda davolashga elektrolitlar va oqsillar eritmasi qo‘shilishi kerak. Ichak peristaltikasini kamaytiruvchi dori vositalarini bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish lozim. Keng ta’sir doirasiga ega antibiotiklarni anamnezida me’da-ichak kasalliklari, ayniqsa kolit bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim. Tsefiksim bilan uzoq muddatli davolash Candida albicans ning ko‘payishiga va natijada og‘iz shilliq qavatining kandidoziga olib kelishi mumkin. Anamnezida qon ketish, me’da-ichak trakti kasalliklari, ayniqsa, yarali kolit, mintaqaviy enterit yoki dori vositalari fonida kolit, shuningdek, jigar funksiyasi buzilishi bo‘lgan bemorlarga preparatni buyurishda ehtiyotkorlik zarur. Laboratoriya tadqiqotlari ma’lumotlari Loprax dori vositasini qo‘llashda jigar, buyrak va qon ko‘rsatkichlarida (trombositopeniya, leykopeiya va eozinofiliya) qaytariladigan o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin. Uzoq muddatli davolashda qon formulasi, shuningdek, jigar va buyrak funksiyalarini nazorat qilish lozim. Tsefiksim siydikda shakarni aniqlashda soxta musbat natijalar va Kumbs reaksiyasining musbat natijasiga sabab bo‘lishi mumkinligini hisobga olish zarur. Buyrak yetishmovchiligi Preparatni buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim. Dozani kreatinin klirensini hisobga olib tuzatish zarur. Buyrak kasalligi bo‘lgan bolalarga 1,5-3 mg/kg tana vazniga bir sutkada buyuriladi. Anemiya. Tsefalosporinlar qo‘llangandan so‘ng gemolitik anemiya, jumladan, o‘lim bilan yakunlangan og‘ir holatlar tasvirlangan. Shuningdek, tsefalosporinlar, jumladan, tsefiksim birinchi marta yuborilgandan so‘ng gemolitik anemiya rivojlangan bemorlarda tsefalosporinlar qayta qo‘llanganda gemolitik anemiya qayta rivojlangan holatlar haqida xabar berilgan. β-gemolitik streptokokk infeksiyalari (A guruhi) bo‘lgan hollarda davolash kursi kamida 10 kun bo‘lishi kerak, bu o‘tkir revmatik isitma yoki glomerulonefritning oldini olish uchun zarur. Preparat protrombin vaqtini oshirishi mumkin, shuning uchun uni antikoagulyantlar qabul qilayotgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim. Agar bemorda ayrim shakarlarni o‘zlashtira olmaslik aniqlangan bo‘lsa, ushbu preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Dozalash oshib ketganida bosh aylanishi, ko'ngil aynishi, qusish, diareya kuzatiladi. Dozalash oshib ketishini davolash uchun maxsus antidotlar yo'q. Simptomatik va qo'llab-quvvatlovchi terapiya buyuriladi (preparatning so'rilishini kamaytirish uchun oshqozonni yuvish, detoksikatsion terapiya, enterosorbentlar). Gemodializ yoki peritoneal dializ tsefiksimni organizmdan chiqarilishiga faqat oz miqdorda yordam beradi.