Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Ta’sir qiluvchi moddalari: xloramfenikol (levomitsetin) - 0,75 g; dioksometiltetrahidropirimidin (metiluratsil) - 4,0 g;
Yordamchi moddalari: makrogol 400 (polietilenoksid 400) - 76,2 g, makrogol 1500 (polietilenoksid 1500) - 19,05 g.
Qo'llanilishi
Yiringli yaralar (jumladan, aralash mikroflora bilan infeksiyalangan) yarani davolash jarayonining birinchi (yiringli-nekrotik) bosqichida.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
gipersensitivlik, teri mikozlari, dermatit, ekzema, psoriaz.
Ehtiyotkorlik bilan: homiladorlik, laktatsiya davri, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Qo'llash usuli
5 mm diametrli va 1 sm uzunlikdagi maz chizig‘ining o‘rtacha massasi 0,3 g ni tashkil etadi, bu 10 mg xloramfenikol va 20 mg dioksometiltetrahidropirimidinga to‘g‘ri keladi. Kattalar va bolalarga preparatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shikastlangan teri sohalariga 0,3 g 1 sm2 yara yuzasiga hisobidan kuniga bir marta yoki steril gazli salfetkalarga 0,3-0,6 g 1 sm2 yara yuzasiga hisobidan surtib, salfetka bilan shikastlangan teri sohasini yopib, bog‘lam bilan mustahkamlash tavsiya etiladi. Mazning sutkalik doza miqdori xloramfenikolga hisoblaganda 3 g xloramfenikoldan oshmasligi kerak.
Nojo´ya ta´sirlar
Allergik reaksiyalar (toshma, angionevrotik shish). Bunday hollarda preparatni qo‘llash to‘xtatiladi va antigistamin preparatlar buyuriladi.
Maxsus ko'rsatmalar
Keng teri sohalariga surtilganda va uzoq muddatli davolash kurslarida klinik qon tahlili o‘tkazish zarur.
Dori vositasi diqqat va tezkor reaksiya talab qiladigan potensial xavfli faoliyat turlari (avtomobil va boshqa transport vositalarini boshqarish, harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash, dispetcher va operator ishlari va h.k.) bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Farmakologik xususiyatlari
Tashqi qo‘llash uchun mo‘ljallangan kombinatsiyalangan preparat, yallig‘lanishga qarshi (degidratatsiyalovchi) va antimikrob ta’sir ko‘rsatadi. Xloramfenikol mikroblar hujayrasida oqsil sintezi jarayonini buzadi va bakteriostatik antibiotiklarga kiradi. Gram-musbat va gram-manfiy mikroorganizmlarga (stafilokokklar, ko‘k irin tayoqchasi va ichak tayoqchasi va boshqalar) nisbatan faol. Biologik membranalarni shikastlamasdan to‘qimalarga oson kirib boradi. Irin va nekrotik massalar mavjudligida antibakterial ta’siri saqlanib qoladi. Dioksometiltetrahidropirimidin, nuklein almashinuvini normallashtirib, yaralarda regeneratsiya jarayonlarini, to‘qimalarning o‘sishi va granulyatsion yetilishi, epitelizatsiyani rag‘batlantiradi, yallig‘lanishga qarshi (degidratatsiyalovchi) ta’sir ko‘rsatadi.
Dorilarning o'zaro ta'siri
Eritromitsin, klindamitsin, linkomitsin va gentamitsin tashqi dori shakllari bilan bir vaqtda qo‘llanganda o‘zaro ta’sirning susayishi.
Dozani oshirib yuborilishi
Past so‘rilish tufayli ehtimoli kam. Mazni keng yuzalarga surtish va uzoq muddatli davolashda gemopoez tizimi tomonidan simptomlar paydo bo‘lishi mumkin – anemiya, leykopeiya, trombotsitopeniya, retikulotsitopeniya, ular odatda preparat bekor qilingandan va simptomatik terapiya tayinlangandan so‘ng o‘tib ketadi.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!