-
Tarkibi
1 g preparatda faol moddalari xloramfenikol (100% quruq modda hisobida) 7,5 mg, 6-metiluratsil (100% quruq modda hisobida) 40 mg; yordamchi moddalari polietilenglikol 400, polietilenglikol 1500.
-
Qo'llanilishi
Yiringli yaralarni (aralash mikroblar florasi bilan infeksiyalangan) davolash birinchi bosqichda, trofik yaralar, yotib qolish natijasida hosil bo‘lgan yaralar, infeksiyalangan kuyishlar, furunkullar, karbunkullar.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
•Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik; •psoriaz, ekzema, terining zamburug‘li zararlanishlari.
-
Qo'llash usuli
Levomekol tashqi qo‘llash uchun mo‘ljallangan, kattalar va 3 yoshdan katta bolalar uchun. Mazni steril doka salfetkalarga shimdirib, yara bo‘shlig‘ini to‘ldirish kerak. Mazni yiringli bo‘shliqlarga kateter (drenaj naychasi) orqali shprits yordamida kiritish mumkin. Bunday hollarda Levomekolni oldindan 35-36°C gacha isitish kerak. Bog‘lashlarni har kuni, yaralar yiringli-nekrotik massalardan to‘liq tozalanguncha va granulyatsiya boshlanguncha bajarish kerak. Yara yuzasining katta maydonida mazning sutkalik dozasini xloramfenikolga hisoblaganda 3 g dan oshmasligi kerak. Mazni shikastlanishning birinchi kunlaridan boshlab 4 kun davomida qo‘llash kerak. Giperosmolyar Levomekol mazini uzoq muddat qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki u butun hujayralarda osmotik shok chaqirishi mumkin. Davolashning 5-7 kunida mazni shikastlangan to‘qimalarning yaxlitligini tiklovchi preparatlarga almashtirish tavsiya etiladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Allergik reaksiyalar (terida toshmalar), dermatitlar, kuydiruvchi hissi, qichishish, mahalliy shish, giperemiya, angionevrotik shish, toshma paydo bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda mazni qo‘llashni to‘xtatish kerak.
-
Farmakologik xususiyatlari
Mahalliy qo'llash uchun kombinatsiyalangan preparat, antimikrob, reparativ va yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega. Preparat tarkibiga kiruvchi xloramfenikol antimikrob ta'sir ko'rsatadi, uning mexanizmi mikroorganizmlarda oqsil sintezi buzilishi bilan bog'liq. Bakteriostatik ta'sir ko'rsatadi, gram-musbat va gram-manfiy mikroorganizmlarga (stafilokokk, streptokokk, sinyegnoy va ichak tayoqchasi) nisbatan faol. Metiluratsil hujayra regeneratsiyasi jarayonlarini tezlashtiradi, yaralarning chandiqlanishiga yordam beradi va yallig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatadi. Polietilenoksid asos yarali ekssudatni adsorbsiyalaydi, dori moddalari faolligini kuchaytiradi. Preparat to'qimalarga biologik membranalarni shikastlamasdan oson kirib boradi, biroq preparatni teriga, yaraga va shilliq qavatlarga qo'llagandan keyin tizimli so'rilishi darajasi noma'lum.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Tashqi qo‘llash uchun antibakterial vositalardan foydalanish terining sensibilizatsiyasiga olib kelishi mumkin, bu esa ushbu preparatni keyinchalik tashqi yoki tizimli dori shaklida qo‘llashda yuqori sezuvchanlik reaksiyalarining rivojlanishi bilan kechadi. Yiring yoki nekrotik massalar mavjud bo‘lsa ham preparatning antibakterial ta’siri saqlanadi. Mazning ko‘z shilliq qavatiga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Preparatni uzoq muddat (1 oydan ko‘proq) qo‘llashda periferik qon manzarasini nazorat qilish zarur. Dori vositasini qo‘llash qoidalarini buzmaslik kerak. Bolalar. Preparatni 3 yoshdan boshlab bolalarga qo‘llash mumkin. Avtotransport boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta’sir qilmaydi. Preparatni bolalar uchun yaroqsiz joyda saqlash va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatmaslik kerak. Homiladorlik yoki emizish davrida preparatni qo‘llash faqat onaga kutilayotgan foyda homila yoki bolaga bo‘lgan potentsial xavfdan ustun bo‘lsa asosli hisoblanadi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasini oshirib yuborish haqida xabarlar bo‘lmagan. Shunga qaramay, uzoq muddatli (5-7 kundan ortiq) tashqi qo‘llash ko‘pincha kontaktli sensibilizatsiyaga olib keladi, bu esa preparatni keyingi tashqi yoki tizimli qo‘llashda yuqori sezuvchanlik reaksiyalari rivojlanishi bilan kechadi. Levomekolni ko‘rsatilgan tavsiyalarga muvofiq qo‘llashda doza oshirib yuborish mumkin emas. Davolash simptomatik.