Maxsus ko'rsatmalar
Kortexin® faqat shifokor ko'rsatmasi bo'yicha foydalaning!
Kortexin® preparatini erituvchi sifatida 0,5% prokain (novokain) eritmasi ishlatilganda, prokain (novokain) qo'llanilishi bo'yicha yo'riqnomada keltirilgan qarshi ko'rsatmalar, ehtiyot choralar va yoshga oid cheklovlarga rioya qilish lozim.
Eritilgan dori vositasi bo'lgan flakonni saqlash va saqlangandan so'ng ishlatish mumkin emas. Kortexin® eritmasini boshqa eritmalar bilan aralashtirish tavsiya etilmaydi.
Dori vositasining birinchi qabulida yoki bekor qilinganda o'ziga xos ta'sir xususiyatlari mavjud emas.
Inyeksiya o'tkazib yuborilgan taqdirda ikki barobar doza yuborish tavsiya etilmaydi, keyingi inyeksiyani odatdagidek belgilangan kunda o'tkazish lozim.
Foydalanilmagan dori vositalarini yo'q qilishda maxsus ehtiyot choralar talab etilmaydi.
Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi
Preparat homiladorlikda (klinik tadqiqotlar ma'lumotlari yo'qligi sababli) qarshi ko'rsatilgan. Laktatsiya davrida preparat buyurilishi zarur bo'lsa, emizishni to'xtatish lozim (klinik tadqiqotlar ma'lumotlari yo'qligi sababli).