Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Klotrimazol 100 mg № 6 vaginal shamlar
Klotrimazol 100 mg № 6 vaginal shamlar
Ishlab chiqaruvchi: Фармаприм
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Bolalar uchun

    16 yoshdan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Ruxsat

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari klotrimazol 100 mg № 6 vaginal shamlar
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Vaginal shamchalar
  • ATX kodi
    G01AF02
  • Dozalash
    100 mg
  • Yaroqlilik muddati
    3 yil
  • Qadoqdagi soni
    6 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Retseptsiz beriladi
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tavsif
    Sillindrokonik shakldagi, oq yoki oqsariq tusli supozitoriyalar. Kesimda havo va g‘ovakli novda, hamda voronkasi shaklidagi chuqurlik bo‘lishi mumkin.
  • Tarkibi
    Bitta supozitoriy tarkibida:
     faol modda: klotrimazol 100 mg;
     yordamchi modda: qattiq yog‘.
  • Qo'llanilishi
    -        Candida zamburug'i tomonidan chaqirilgan vaginitlarni davolash uchun;

    -        Trichomonas tomonidan chaqirilgan vaginal trixomoniazda;

    -        Klotrimazolga sezgir bakteriyalar tomonidan chaqirilgan superinfeksiyalarda.

    Trichomonas vaginalis tomonidan chaqirilgan infektsiyalarni davolash uchun, mahalliy davolash bilan birga og'iz orqali qabul qilinadigan trixomonatsid preparatlarni qo'llash kerak
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

    Klotrimazolga yoki har qanday yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik.

  • Qo'llash usuli
    Intravaginal. Supozitoriyalar imkon qadar chuqurroq, orqada yotgan holda, oyoqlarini ajratib va biroz bukilgan holda qin ichiga kiritiladi.

    Kattalar va 16 yoshdan boshlab bolalar uchun

    Kuniga bir dona supozitoriy 6 kun davomida, kechqurun, uxlashdan oldin yoki kuniga ikki marta bir dona supozitoriy 3 kun davomida.

    Zaruriyat tug‘ilganda davolash kursi takrorlanishi mumkin.

    Qinda va vulvada bir vaqtda infeksiya mavjud bo‘lsa, klotrimazol kremi ko‘rinishidagi mahalliy tashqi qo‘llash bilan birga qo‘llash tavsiya etiladi.

    Klotrimazol vaginal supozitoriylarini hayz ko‘rish vaqtida qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki ular qindan qon oqimi bilan chiqarilishi mumkin. Davolash hayz boshlanishidan oldin tugatilishi kerak.

    Klotrimazol preparati bilan davolash vaqtida tamponlar, sprinsevaniya, spermitsidlar yoki boshqa intravaginal qo‘llaniladigan preparatlarni ishlatmaslik kerak.

    Preparatni qo‘llash vaqtida jinsiy aloqadan saqlanish tavsiya etiladi, chunki infeksiya sherikka yuqishi mumkin.

    Bolalar

    Klotrimazol vaginal supozitoriylari 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarda tavsiya etilmaydi.

  • Nojo´ya ta´sirlar
    Sanab o'tilgan nojo'ya ta'sirlar spontanniy xabarlar asosida aniqlangan, ularning aniq uchrash chastotasini aniqlash imkoni yo'q.

    Immun tizimi tomonidan buzilishlar: allergik reaksiyalar (hushdan ketish, arterial gipotenziya, nafas qisishi, toshma, qichishish).

    Reproduktiv tizim va sut bezlari tomonidan buzilishlar: jinsiy a'zolar sohasida terining qobiq bo'lishi, qichishish, toshma, shish, noqulaylik, tirnash xususiyati, kuydiruvchi his, tos sohasida og'riq, vaginal qon ketishi.

    Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar: qorin sohasida og'riq.

  • Chiqarish shakli
    6 ta supozitoriydan PVX/PE plyonkadan tayyorlangan konturli yacheykali o‘ramda. 1 ta konturli yacheykali o‘ram va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma karton qutida.
  • Maxsus ko'rsatmalar
     
    Gipersensitivlik belgilari paydo bo'lsa, davolashni to'xtatish kerak. Davolash samarasi 4 hafta davomida bo'lmasa, tashxisni tasdiqlash kerak.


    Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarni boshqarishga ta'siri
    Dori vositasini qo'llash transport vositalarini boshqarish va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi. 
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
    Klotrimazol lateks buyumlarining (masalan, prezervativlar, vaginal diafragmalar) butunligini buzishi mumkin.

    Vaginal spermitsidlarning samaradorligi ham kamayishi mumkin. Davolash davomida va davolash kursi tugaganidan kamida 5 kun o'tgach, muqobil kontratseptsiya usullari tavsiya etiladi.

    Klotrimazol vaginal supozitoriylarini takrolimus yoki sirolimus (FK-506, immunodepressantlar) bilan bir vaqtda qo'llash ularning plazmadagi konsentratsiyasining oshishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun, bemor holatini takrolimus yoki sirolimus dozasi oshib ketish belgilarini aniqlash uchun diqqat bilan nazorat qilish, zarur bo'lsa, ularning qon plazmasidagi konsentratsiyasini aniqlash kerak.

  • Saqlash shartlari

    Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25 °S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

    Muzlatmang.

    Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!

  • Dozani oshirib yuborilishi
    Preparatning past so‘rilishi sababli intravaginal qo‘llashda dozani oshirib yuborish ehtimoli kam.

    Tasodifan og‘iz orqali qabul qilinganda, dozani oshirib yuborishning yaqqol simptomlari (masalan, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi yoki qusish) bo‘lsa, me'dani yuvish talab qilinishi mumkin. Uni bajarishda nafas yo‘llarini yetarli darajada himoya qilish kerak.

  • Farmakologik xususiyatlari
    Farmakodinamika. Imidazol hosilalarining antimikotik ta'sir mexanizmi ergosterol sintezini bostirish bilan bog'liq bo'lib, bu sitoplazmatik membrananing tuzilish va funksional shikastlanishiga olib keladi. Klotrimazol keng doiradagi antimikotik faollikka ega. Klotrimazolning ta'sir mexanizmi infeksiya joyida klotrimazol konsentratsiyasiga bog'liq holda birlamchi fungistatik yoki fungitsid faollik bilan bog'liq. Antimikotik faollikdan tashqari, klotrimazol Trichomonas vaginalis, gram-musbat mikroorganizmlar (streptokokklar, stafilokokklar) va gram-manfiy mikroorganizmlar (Bacteroids, Gardnerella vaginalis) ga ham ta'sir qiladi. Klotrimazol Corynebacteria va gram-musbat kokklarning (Enterococci dan tashqari) ko'payishini bostiradi. Farmakokinetika. Ma'lumki, klotrimazolning faqat oz miqdori (3-10%) so'riladi. So'rilgan klotrimazol jigarda tezda nofaol metabolitlarga metabolizatsiyalanadi. Shuning uchun, 500 mg dozada vaginal qo'llashdan so'ng klotrimazolning plazmadagi maksimal konsentratsiyasi 10 ng/ml dan kam bo'ladi. Bu, klotrimazolni vaginal qo'llashdan so'ng o'lchab bo'ladigan tizimli ta'sirlar yoki nojo'ya ta'sirlarning yuzaga kelishi ehtimoli pastligini anglatadi.
Hammasini ko'rsatish
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Nodir
    ico ico ico ico ico
    Качественный препарат, удобно использовать. Спасибо Oxymed за быструю доставку!
    05 August 2024
    0
    0
  • Dilrabo
    ico ico ico ico ico
    Очень хорошие свечи, быстрая доставка от Oxymed. Рекомендую всем!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico