-
Tavsif
Suppozitoriyalar silindrkonus shaklida, yaltiroq yoki mat yuzali, och sariqdan sariq yoki och jigarrang ranggacha. Kesimda havo va g'ovakli novda hamda voronkaga o'xshash chuqurlik bo'lishi mumkin.
-
Tarkibi
Bitta suppozitoriya tarkibida:
faol moddalari: metronidazol 500 mg, xloramfenikol 200 mg, natamitsin 100 mg, gidrokortizonatsetat 15 mg;
yordamchi modda: qattiq yog'.
-
Qo'llanilishi
- Aerob va anaerob bakteriyalar, shuningdek Candida turidagi zamburug'lar sababli yuzaga kelgan polimikrob etiologiyali vaginitlar,
- Trichomonas vaginalis, Candida turidagi zamburug'lar, Mycoplasma spp., Chlamydia spp. bilan bog'liq bo'lgan vaginit va servitsitlarni kompleks davolash.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Faol moddalarga yoki yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik, og'ir gematologik kasalliklar, og'ir jigar yoki buyrak yetishmovchiligi, homiladorlik va emizish davri
-
Qo'llash usuli
Intravaginal.
Har kuni kechqurun, uxlashdan oldin, 1 ta suppozitoriyani chuqur qin ichiga qo'yiladi. Davolash davomiyligi 7 kun.
Eroziv yoki yara bilan kechuvchi servitsitlarda davolash kursi 1-2 marta 7 kunlik tanaffus bilan takrorlanadi.
Bolalar va o'smirlar
Klometril 14 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash tavsiya etilmaydi. Agar o'smirlik yoshida qo'llash zarur bo'lsa, tavsiya etilgan doza kattalar uchun bo'lgani kabi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
MedDRA tasnifi yuzaga kelish tez-tezligiga qarab: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10), kamroq tez-tez (≥1/1000, <1/100), kam (≥1/10000, <1/1000), juda kam (<1/10000), noma'lum tez-tezlikda (mavjud ma'lumotlardan aniqlab bo'lmaydi).
Qon va limfa tizimi buzilishlari: juda kam - leyopeniya.
Immun tizimi buzilishlari: kam - teri toshmasi, qichishish, eshakemi, anafilaktik reaksiyalar.
Nerv tizimi buzilishlari: kam - bosh og‘rig‘i, ataksiya, bosh aylanishi, psixoemotsional buzilishlar; juda kam - periferik nevropatiya (preparatni uzoq qabul qilganda), tutqanoq.
Ovqat hazm qilish tizimi buzilishlari: kam - qorin og‘rig‘i yoki spazmlari, og‘izda metall ta’mi, og‘iz qurishi, qabziyat, diareya, ishtaha yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, qusish.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar: kam - kuydiruvchi his, qichishish, ayniqsa davolash boshida, bu holatlar davolashni to‘xtatishni talab qilmaydi va preparatning qin shilliq qavati tirnash xususiyati bilan bog‘liq ta’siri sifatida aniqlangan.
-
Farmakologik xususiyatlari
Kombinatsiyalangan preparat, mahalliy qo'llash uchun antimikrob, zamburug'larga qarshi, antiprototozoy va yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega.
Metronidazol - 5-nitroimidazol hosilasi bo'lib, antiprototozoy va antibakterial ta'sirga ega. Ta'sir mexanizmi metronidazolning 5-nitro guruhi anaerob mikroorganizmlar va sodda organizmlarning hujayra ichidagi transport oqsillari tomonidan biokimyoviy qaytarilishi bilan bog'liq. Qaytarilgan metronidazolning 5-nitro guruhi mikroorganizmlar hujayrasining DNKsi bilan o'zaro ta'sirga kirishadi, ularning nuklein kislotalari sintezini ingibitsiya qiladi, bu esa bakteriyalarning o'limiga olib keladi. Gardnerella vaginalis; sodda organizmlar (Trichomonas vaginalis); anaerob grammanfiy bakteriyalar: Bacteroides spp., Fusobacterium spp., Prevotella spp.; anaerob grampozitiv bakteriyalar: Clostridium spp., Eubacterium spp.; anaerob grampozitiv kokklar: Peptococcus spp., Peptostreptococcus spp. va boshqalarga nisbatan faol.
Xloramfenikol - keng ta'sir doirasiga ega antibiotik. Bakteriostatik ta'sir ko'rsatadi. Ta'sir mexanizmi mikroorganizmlarda oqsil sintezi buzilishi bilan bog'liq. Grampozitiv bakteriyalar: Staphylococcus spp., Streptococcus spp.; grammanfiy bakteriyalar: Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitidis, Escherichia coli, Haemophilus influenzae, Salmonella spp., Shigella spp., Klebsiella spp., Serratia spp., Yersinia spp., Proteus spp., Rickettsia spp.; Spirochaetaceae ga nisbatan faol.
Natamitsin - makrolidlar guruhiga mansub polien zamburug'larga qarshi antibiotik bo'lib, Streptomyces natalensis dan ajratib olingan. Candida, Aspergillus, Cephalosporium, Fusarium va Penicillium kabi ipli zamburug'larga nisbatan faol. Uning ta'sir mexanizmi antibiotikning zamburug' hujayra membranasidagi sterollar bilan bog'lanishidan iborat. Hosil bo'lgan polien-sterol kompleksi membrana o'tkazuvchanligini buzadi va hujayra tarkibining yo'qolishiga olib keladi. Preparat antibakterial ta'sirga ega emas.
Gidrokortizonatsetat - glyukokortikosteroid, yallig'lanishga qarshi, antiekssudativ va qichishishga qarshi ta'sirga ega.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Metronidazolni bir vaqtda qo'llashda u bilvosita antikoagulyantlar ta'sirini kuchaytiradi; litiy preparatlari bilan - oxirgilarning toksikligi oshishi mumkin; disulfiram bilan birga qo'llanganda markaziy asab tizimi tomonidan buzilishlar kuzatilishi mumkin; simetidin bilan - metronidazol darajasi qonda oshishi mumkin.
Metronidazolni etanol bilan birga qo'llash disulfiramga o'xshash reaksiyalarni chaqiradi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Vaginaga yuborishdan oldin iliq suv va natriy bikarbonat (1 osh qoshiq 1 litr suvga) yoki romashka damlamasi bilan mahalliy yuvish mumkin. Preparat hayz ko‘rish davrida qo‘llanilishi mumkin. Qon kasalliklari anamnezida bo‘lsa va/yoki preparat uzoq muddat qo‘llanilganda, periferik qon manzarasini monitoring qilish tavsiya etiladi. Markaziy va periferik asab tizimining og‘ir kasalliklari bo‘lgan bemorlarda preparatni qo‘llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim, chunki nevrologik buzilishlarning kuchayishi xavfi mavjud. Davolash vaqtida va davolash kursi tugaganidan keyin 24-48 soat davomida alkogolli ichimliklar va etanol saqlovchi preparatlarni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi (disulfiramga o‘xshash reaksiya yuzaga kelishi mumkinligi sababli). Trichomonasli vaginitda jinsiy sherikni bir vaqtda davolash zarur. Yiliga 2-3 martadan ortiq davolash kursini o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Transport vositalarini boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’siri
Transport vositalarini boshqarish va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga salbiy ta’sir ehtimoli istisno qilinmaydi. Bunday ta’sirlar juda kam uchraydi, chunki preparat mahalliy qo‘llanganda tizimli biologik mavjudligi past bo‘ladi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Doza oshirib yuborish holatlari haqida xabarlar kelib tushmagan.