Farmakologik xususiyatlari
Faol modda natriy tuzi sopolimeri (1→4)-6-0-karboksimetil-β-D-glyukoza,(1→4)-β-D-glyukoza va (21→24)-2,3,14,15,21,24,29,32-oktagidroksi-23-(karboksimetoksimetil)-7,10-dimetil-4,13-di(2-propil)-19,22,26,30,31-pentaoksageptatsiklo [23.3.2.216.20.05.28.08.27.09.18.012.17] dotriakonta-1,3,5(28),6,8(27),9(18),10,12(17),13,15-dekaen hisoblanadi.
Inson organizmida alfa va beta interferonlar aralashmasidan iborat bo‘lgan, yuqori antiviral faollikka ega bo‘lgan, shuningdek, kech interferonlar deb ataladigan interferonlarning hosil bo‘lishiga olib keladi. Kagocel® deyarli barcha hujayra populyatsiyalarida, ya’ni T- va B-limfotsitlar, makrofaglar, granulositlar, fibroblastlar, endotelial hujayralarda interferonlar ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi, ular organizmning antiviral javobida ishtirok etadi. Kagocel® preparatining bir dozasi og‘iz orqali qabul qilinganda, qonda interferonlar titri maksimal darajaga 48 soatdan keyin yetadi. Kagocel kiritilganda organizmning interferon javobi interferonlarning qon oqimida uzoq (4-5 kungacha) aylanib yurishi bilan tavsiflanadi. Preparat og‘iz orqali qabul qilinganda ichakda interferonlar to‘planish dinamikasi aylanib yuruvchi interferonlar titri dinamikasiga mos kelmaydi. Qonda interferonlar ishlab chiqarilishi faqat Kagocel qabul qilingandan 48 soat o‘tgach yuqori darajaga yetadi, ichakda esa interferonlar ishlab chiqarilishi maksimumi 4 soatdan keyin kuzatiladi.
Kagocel® preparati terapevtik dozalarda buyurilganda toksik emas, organizmda to‘planmaydi. Preparat mutagen va teratogen xususiyatlarga ega emas, kanserogen emas va embriotoksik ta’sir ko‘rsatmaydi.
Kagocel® preparati bilan davolashda eng yuqori samaradorlik o‘tkir infeksiya boshlanganidan 4-kun kechiktirmay buyurilganda erishiladi. Profilaktik maqsadlarda preparat istalgan vaqtda, shu jumladan infeksiya qo‘zg‘atuvchisi bilan bevosita kontaktdan so‘ng ham qo‘llanilishi mumkin.