-
Tarkibi
1 ml eritma tarkibida:
Faol modda: ipidakrin gidroxlorid (suvsiz modda hisobida) 5 mg yoki 15 mg.
Yordamchi modda: 1 M xlorid kislotasi eritmasi pH 2,8-4,0 gacha, inyeksiya uchun suv 1 ml gacha.
-
Qo'llanilishi
Ipidakrin eritmasi inyeksiya uchun, shuningdek, tabletkalar ko‘rinishida qo‘llanilishi quyida keltirilgan.
Periferik asab tizimi shikastlanishlari: nevropatiya, nevrit, polinevrit, mielopoliradikulonevrit, miasteniya va miastenik sindrom; tarqoq skleroz va asab tizimining boshqa demielinizatsion kasalliklari (kompleks terapiya); bulbar falaj va parezlar markaziy asab tizimining organik shikastlanishlarida, harakat buzilishlari bilan kechuvchi (tiklanish davri).
Markaziy asab tizimining funksional buzilishlari (xotira pasayishi, diqqatni jamlash qobiliyati, motivatsiya, tashabbus, dezorientatsiya, emotsional mobillik va boshqalar) senil demensiya, Altsgeymer kasalligi, ensefalopatiya (travmatik, tomirli va boshqa kelib chiqishli), miya qon aylanishining buzilishi, bosh miya jarohati, bolalarda o‘qish qiyinlashuvi bilan kechuvchi serebral disfunktsiya.
Tug‘ruq faoliyati zaifligi; ichak atoniyasi.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Ipidakringa va/yoki preparatning har qanday yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlik.
Epilepsiya.
Ekstrapiramidal buzilishlar giperkinezlar bilan.
Stenokardiya.
Yaqqol bradikardiya.
Bronxial astma.
Vestibulyar buzilishlar.
Me'da yoki o‘n ikki barmoqli ichak yarasining zo‘rayishi.
Ichak yoki siydik chiqarish yo‘llarining mexanik to‘silishi.
Homiladorlik va emizish davri.
18 yoshgacha bo‘lgan bolalar (qo‘llash xavfsizligi bo‘yicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar yo‘q).
Ehtiyotkorlik bilan: me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi, tireotoksikoz, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari, shuningdek, nafas olish tizimining obstruktiv kasalliklari tarixi bo‘lgan yoki nafas yo‘llarining o‘tkir kasalliklari bo‘lgan bemorlarga.
-
Qo'llash usuli
Periferik asab tizimi kasalliklari. Turli kelib chiqishli mono- va polineyropatiyalar: t/r yoki m/m 5–15 mg 1–2 marta sutkada yuboriladi, davolash kursi — 10–15 kun (og‘ir hollarda — 30 kungacha); keyinchalik davolash preparatning tabletkali shakli bilan davom ettiriladi. Miasteniya va miastenik sindrom: t/r yoki m/m 5–30 mg 1–3 marta sutkada yuboriladi, keyinchalik tabletkali shaklga o‘tiladi. Umumiy davolash kursi 1–2 oy. Zarur bo‘lsa, terapiyani bir necha marta takrorlash mumkin, kurslar orasida 1–2 oylik tanaffus bilan. Markaziy asab tizimi kasalliklari. Bulbar falaj va parezlar: t/r va m/m 5–15 mg 1–2 marta sutkada yuboriladi, davolash kursi — 10–15 kun, imkon qadar tabletkali shaklga o‘tiladi. Markaziy asab tizimining organik shikastlanishlarida tiklanish davri. M/m — 10–15 mg 1–2 marta sutkada, davolash kursi — 15 kungacha, keyinchalik imkon qadar — 1–2 marta sutkada.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Ovqat hazm qilish tizimidan bo'lgan buzilishlar - Tez-tez: gipersalivatsiya, qayt qilish. Kamdan-kam: qusish. Nadir: diareya, epigastriyadagi og'riq. Noma'lum: dispepsiya.
Asab tizimidan bo'lgan buzilishlar - Kamdan-kam: bosh aylanishi, bosh og'rig'i, uyquchanlik, mushak spazmi, zaiflik.
Yurak funksiyasidan bo'lgan buzilishlar - Tez-tez: yurak urishi, bradikardiya.
Ko'z organlaridan bo'lgan buzilishlar - Noma'lum: mioz.
-
Farmakologik xususiyatlari
Reversiv xolinesteraza ingibitori, atsetilxolinning fermentativ gidroliziga to'sqinlik qiladi va uning ta'sirini uzaytiradi. Kaliy kanallarini bloklaydi va ularning depolyarizatsiyasiga yordam beradi. Sinaptik uzatishni nerv-mushak uchlarida, qo'zg'alishni nerv tolalarida o'tkazishni rag'batlantiradi, atsetilxolin va boshqa mediatorlarning (epinefrin, serotonin, gistamin, oksitotsin) silliq mushaklarga ta'sirini kuchaytiradi, nerv-mushak uzatishini va qo'zg'alishni periferik asab tizimida tiklaydi (turli genezli buzilishlar: jarohatlar, yallig'lanish, mahalliy anesteziklar, antibiotiklar, toksinlar, kaliy xloridi ta'siri natijasida).
Ichki organlarning, jumladan, me'da-ichak trakti (MITr) va bronxlarning (hatto bronxospazmgacha) silliq mushaklarining tonusi va qisqaruvchanligini oshiradi, yurak urish tezligini (YUT) kamaytiradi, so'lak bezlari sekretsiyasini, miometriyning qisqaruvchan faolligini, skelet mushaklari tonusini kuchaytiradi. Markaziy asab tizimiga (MAT) rag'batlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi, ayrim sedativ ta'sir namoyonlari bilan birga; o'qish va xotirani yaxshilashga yordam beradi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Ehtiyotkorlik bilan oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligida, tireotoksikozda, yurak-qon tomir tizimi kasalliklarida, nafas yo‘llarining o‘tkir kasalliklarida, shuningdek, nafas tizimi kasalliklari anamnezida bo‘lgan bemorlarda qo‘llash kerak.
Ipidakrin epilepsiya kechishini og‘irlashtirishi, shuningdek, alkogolning organizmga salbiy ta’sirini kuchaytirishi mumkin.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta’siri
Ipidakrin sedativ ta’sir ko‘rsatishi mumkin, shuning uchun ushbu ta’sirga moyil bo‘lgan bemorlar ehtiyotkorlikka rioya qilishlari kerak.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Ipidakrin mahalliy anesteziklar, aminoglikozidlar va kaliy xloridning nerv-mushak uzatishiga va periferik nervlar bo‘ylab qo‘zg‘alishni o‘tkazishga bo‘lgan tormozlovchi ta’sirini susaytiradi.
Markaziy asab tizimini tormozlovchi dori vositalarining, shu jumladan etanolning, shuningdek boshqa xolinesteraza ingibitorlari va m-xolinomimetik moddalarning sedativ ta’siri ipidakrin ta’sirida kuchayadi.
Boshqa xolinergik dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanganda, ipidakrin miasteniya bilan kasallangan bemorlarda xolinergik kriz rivojlanish xavfini oshiradi.
Beta-adrenolitik moddalari ipidakrin chaqirgan bradikardiyaning og‘irligini oshiradi.
Tserobrolizin ipidakrinni ta’sirini kuchaytiradi.
Alkogol ipidakrinni nojo‘ya yon ta’sirlarini kuchaytiradi.
Ipidakrinni nootrop preparatlar bilan birga qo‘llash mumkin.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Siptomlari: og‘ir dozani oshirib yuborishda xolinergik kriz rivojlanishi mumkin (ishtahaning pasayishi, bronxospazm, ko‘zdan yosh oqishi, kuchaygan terlash, qorachiqning torayishi, nistagm, me’da-ichak trakti peristaltikasining kuchayishi, spontan defekatsiya va siyish, qusish, sariqlik, bradikardiya, yurak ichki o‘tkazuvchanligining buzilishi, aritmiyalar, arterial gipotenziya, bezovtalik, xavotir, qo‘zg‘alish, qo‘rquv hissi, ataksiya, tutqanoqlar, koma, nutqning buzilishi, uyquchanlik, umumiy holsizlik).
Davolash: simptomatik terapiya o‘tkaziladi, m-xolinolitik moddalardan (shu jumladan atropin, tsiklodol, metatsin) foydalaniladi.