Qo'llash usuli
Dori vositasi og'iz orqali qo'llash uchun mo'ljallangan.
Kattalar.
Kattalarga dori vositasi tabletkalar ko'rinishida qo'llaniladi.
1 yoshdan boshlab bolalar.
Dori vositasining sutkalik dozalash miqdori kasallik og'irligiga qarab tana vazniga 50–100 mg/kg ni tashkil etadi (quyidagi jadvalga qarang). Odatda sutkalik dozalash 30 ml sirop (10 ml siropdan kuniga 3 marta) ni tashkil etadi. 10 ml dori vositasida 500 mg inozin pranobeks mavjud.
Tana vazni, kg | Dozalash rejimi, ml
10-14 | 3×5–10
15-20 | 3×5–15
21-30 | 3 × 7,5–20
31-40 | 3×10–30
41-50 | 3 × 15–35
Dozani o'lchash uchun qadoqda joylashgan o'lchov stakanidan foydalanish kerak.
Yuqorida ko'rsatilgan dozalash rejimida dori vositasini qo'llash odatda ko'pchilik virusli infeksiyalarni davolash uchun yetarli hisoblanadi. Davolash davomiyligi kasallik turiga qarab farq qiladi.
Dori vositasini qo'llash simptomlar yo'qolganidan keyin 1 yoki 2 kun davom ettiriladi.
Bolalar.
Dori vositasini 1 yoshdan boshlab bolalarga qo'llash mumkin.