Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Turli kelib chiqishli erektsiya buzilishlari (erektil disfunktsiya).
Erkaklarda klimakterik davrning vegetativ buzilishlari (zaiflik, charchoq, jismoniy faollikning pasayishi, libido pasayishi va boshqalar).
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat tarkibiy qismlariga yuqori individual sezuvchanlik; 18 yoshgacha bo‘lgan yosh; laktaza yetishmovchiligi, laktozani o‘zlashtira olmaslik, glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi.
Qo'llash usuli
Bir qabul uchun – 1 tabletka (og‘izda to‘liq eriguncha ushlab turiladi – ovqat paytida emas).
Muntazam qabul qilish. Jinsiy potentsiyani (jinsiy aloqaga qobiliyatni) barqarorlashtirish uchun davolovchi-profilaktik kurs kamida 12 hafta davom etishi tavsiya etiladi. Erektil disfunktsiya darajasiga qarab, qabul qilish tezligi o‘zgarishi mumkin: kunora 1 tabletkadan yoki kuniga ikki marta, har safar 1 tabletkadan, afzalroq kechqurun.
Zaruriyat tug‘ilganda kursli terapiyani 3-6 oydan so‘ng takrorlash mumkin.
Vaqti-vaqti bilan qabul qilish. Erektsiyani epizodik rag‘batlantirish uchun preparat jinsiy aloqadan oldin 2 tabletka, taxminan yaqinlikdan 1-2 soat oldin qabul qilinadi.
Nojo´ya ta´sirlar
Preparatning komponentlariga nisbatan yuqori individual sezgirlik reaksiyalari mumkin.
Farmakologik xususiyatlari
Endotelial NO sintazasi faolligini oshiradi, endoteliy tomonidan azot oksidi (NO) ishlab chiqarilishini tiklaydi jinsiy stimulyatsiya vaqtida, silliq mushaklarda tsiklik guanozin-monofosfat (tsGMF) miqdorini oshiradi va ularning bo‘shashishiga yordam beradi, bu esa kavernoz jismlarning qon bilan to‘lishini oshiradi va kuchi hamda davomiyligi yetarli bo‘lgan erektsiyani ta’minlaydi. Preparat libido (jinsiy mayl) va jinsiy aloqadan qoniqishni oshiradi. Preparatni muntazam qo‘llash zardobda testosteron miqdorini oshishiga yordam beradi (boshlang‘ich darajasi mo‘tadil pasaygan bo‘lsa).
Maxsus ko'rsatmalar
Preparat tarkibida laktosa monogidrat mavjudligi sababli, uni tug‘ma galaktozemiya, glyukoza yoki galaktoza malabsorbsiyasi sindromi, yoki tug‘ma laktaza yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga buyurish tavsiya etilmaydi. Preparatni yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo‘llash mumkin emas va uni bolalar uchun yetib bo‘lmaydigan joyda saqlash lozim.
Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Impaza® preparatining transport vositalari va boshqa potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga salbiy ta’siri aniqlanmagan.
Dozani oshirib yuborilishi
Tasodifiy dozani oshirib yuborishda, dori shakli tarkibiga kiruvchi to‘ldiruvchilar bilan bog‘liq dispeptik holatlar yuzaga kelishi mumkin.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!