Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Griseofulvin 0.125 No 40
Griseofulvin 0.125 No 40
Ishlab chiqaruvchi: Борщаговский ХФЗ
Yaroqlilik muddati: 4 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Extiyotkorlik bilan

Mavjud
28 998 so'm 35 800 so'm
ico
1
ico
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari griseofulvin 0.125 no 40
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
     
    1 tabletka tarkibida:

    faol modda: grizeofulvin 125 mg;

    qo'shimcha moddalar: laktoza monohidrat, makkajo'xori kraxmal, polietilenglikol, povidon, magniy stearat. 
  • Qo'llanilishi
    Terining, soch va tirnoqlarning Trichophyton, Microsporum, Epydermophyton zamburug‘lari tomonidan chaqirilgan mikozlari: trixofitiya, favus, bosh terisi va silliq terining mikrosporiya, teri qoplamlarining epidermofitiya (shu jumladan, qov sohasining epidermofitiyasi), oyoq va qo‘l dermatomikozlari, onixomikozlar.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    jigar funksiyasining buzilishi; buyrak funksiyasining buzilishi; qonning morfologik tarkibining o‘zgarishlari; porfiriya; badjinsiz o‘smalar; bachadon qon ketishlari; sistemali qizil volchanka; miya qon aylanishining buzilishi (shu jumladan anamnezda); homiladorlik; laktatsiya davri; griseofulvinga yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Griseofulvin homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash uchun kontraindikatsiyalangan. Jigar funksiyasi buzilishida qo‘llanishi Jigar funksiyasi buzilishida kontraindikatsiyalangan. Buyrak funksiyasi buzilishida qo‘llanishi Buyrak funksiyasi buzilishida kontraindikatsiyalangan.
  • Qo'llash usuli
    Mikrosporiya bo‘yicha kattalar uchun sutkalik doza 1000 mg gacha (8 ta tabletkagacha), bolalarga tana vazniga 21-22 mg/kg/kun hisobida buyuriladi. Preparatni har kuni birinchi manfiy mikologik tahlilga qadar qabul qilish kerak, so‘ngra shu dozada 2 hafta davomida kun ora va 2 hafta davomida haftasiga 2 marta qabul qilinadi. Onixomikozlar, bosh terisi trixofitiyasi va favusi bo‘yicha tana vazni 50 kg gacha bo‘lgan kattalar uchun preparatning sutkalik dozasi 625 mg (5 ta tabletka), keyin har 10 kg tana vazniga preparat dozasini 125 mg (1 ta tabletka) ga oshiriladi. Maksimal sutkalik doza 1 g (8 ta tabletka). Trixofitiya va favusda bolalarga preparat tana vazniga 18 mg/kg/kun hisobida buyuriladi. Davolash kursi mikrosporiya bo‘yicha bo‘lgani kabi o‘tkaziladi. Onixomikozlarda bolalar va o‘smirlarga preparat tana vazniga 16 mg/kg hisobida buyuriladi. Onixomikozlarda preparat birinchi oy davomida har kuni, ikkinchi oyda kun ora, keyin esa sog‘lom tirnoq to‘liq o‘sguncha haftasiga 2 marta buyuriladi. Umumiy davolash davomiyligi kamida 8 oy bo‘lishi kerak. Tabletkalarni ovqat vaqtida o‘simlik yog‘i (1 choy qoshiq) bilan qabul qilish kerak.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan dispepsiya. Markaziy asab tizimi tomonidan bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, dezorientatsiya. Qon yaratuvchi tizim tomonidan leyopeniya; kamdan-kam hollarda leyotsitoz, eozinofiliya. Allergik reaksiyalar: eshakemi, teri toshmasi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
     
    Grizeofulvin profilaktik qo‘llash uchun buyurilmaydi, uni yengil darajadagi mikozlarni davolashda qo‘llash tavsiya etilmaydi, bunday hollarda mahalliy zamburug‘ga qarshi vositalarni buyurish yetarli.

    Davolashni boshlashdan oldin kasallikni keltirib chiqargan zamburug‘ turini aniqlash shart.

    Kandidoz, bakterial infeksiyalar, gistoplazmoz, aktinomikoz, sporotrixoz, xromoblastomikoz, koksidioidomikoz, shimoliy amerika blastomikoz, kriptokokkoz (toruloz), otrubyevid lişay, nokardiozda preparat samarali emas!

    Bemorlarda uzoq muddatli davolashni boshlashdan oldin ularni sinchiklab tekshirish zarur. Preparatni penisillinlarga yuqori sezuvchanlikda, gipokoagulyatsion holatlarda, jigar funksiyasining yengil va o‘rtacha buzilishlarida ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak (jigar funksiyasining og‘ir buzilishlarida preparat kontraindikasiyalangan).

    Qariyalar yoshidagi bemorlarda jigar funksiyasining yoshga bog‘liq o‘zgarishlari tufayli preparatning gepatotoksik ta’siri (anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, charchoq, sariqlik, qorin og‘rig‘i, siydikning to‘q rangga kirishi, jigar transaminazalari faolligining oshishi) xavfi ortadi. Shuning uchun jigar funksiyasining klinik va laborator nazoratini muntazam va sinchiklab o‘tkazish zarur.

    Grizeofulvinni yaxshi o‘zlashtirish va ovqat hazm qilish tizimi tomonidan nojo‘ya ta’sirlarni minimallashtirish uchun ratsionga yog‘ miqdori yuqori bo‘lgan mahsulotlarni (masalan, sut, muzqaymoq) kiritish tavsiya etiladi. Preparatni qo‘llashda vitamin vositalar: askorbin kislotasi va B guruhi vitaminlarini qabul qilish tavsiya etiladi.

    Granulotsitopeniya rivojlanganda Grizeofulvin bilan davolashni to‘xtatish kerak.

    Grizeofulvin terining quyosh nurlanishiga sezuvchanligini oshirishi mumkin, shuning uchun davolash davomida to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlari va sun’iy ultrabinafsha nurlanishidan saqlanish zarur.

    Grizeofulvin homiladorlik davrida ayollar tomonidan qo‘llanganda bolada jiddiy tug‘ma nuqsonlarni chaqirishi, shuningdek, spermatozitlarda xromosoma aberratsiyalarini induktsiya qilishi mumkin. Grizeofulvin gormonal kontratseptivlarning (og‘iz orqali, parenteral) samaradorligini pasaytirganligi sababli, davolash davomida qo‘shimcha himoya vositalaridan (masalan, prezervativlardan) foydalanish zarur. Ayollarga homiladorlikni davolash kursi tugaganidan kamida 1 oy o‘tgach rejalashtirish tavsiya etiladi; erkaklarga esa davolash vaqtida va preparatni qabul qilish to‘xtatilganidan keyin 6 oy davomida otalikni rejalashtirish tavsiya etilmaydi.

    Grizeofulvinni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan va yurak to‘xtashi, Spina bifida, ko‘p sonli tug‘ma nuqsonlar, buyrak usti bezi po‘stlog‘i yetishmovchiligi, birlamchi biliar sirroz, tizimli qizil volchanka va periferik neyropatiya bilan bog‘liq yakka o‘lim holatlari haqida xabar berilgan.

    Preparat bilan uzoq muddatli davolash va/yoki yuqori dozalarda qo‘llashda gemopoez tizimi, jigar va buyrak funksional holatini muntazam nazorat qilish tavsiya etiladi.

    Boshqa antibiotiklar kabi, Grizeofulvin preparatini uzoq muddat qo‘llash rezistent mikroflora, xususan zamburug‘larning kuchaygan o‘sishiga va superinfeksiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin, bu esa tegishli choralar ko‘rishni talab qiladi.

    Qayta infeksiyalanishni oldini olish uchun kiyim-kechak, yotoq, ichki kiyim va oyoq kiyimlarini dezinfeksiya qilish zarur.

    Grizeofulvin bilan davolash vaqtida spirtli ichimliklarni iste’mol qilishdan saqlanish zarur!

    Preparat uglevodlarga tolerantlik buzilishi, masalan, laktaza yetishmovchiligi, galaktozemiya, glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi (preparat tarkibida laktoza mavjud) bo‘lgan bemorlarga qo‘llanilmaydi.
     

    Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llash
    Grizeofulvin platsentadan o‘tadi. Homiladorlik davrida uni qo‘llash xavfsizligi bo‘yicha yetarli tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Cheklangan ma’lumotlar grizeofulvin homiladorlik davrida ayollar tomonidan qabul qilinganda jiddiy tug‘ma nuqsonlarga olib kelganini ko‘rsatadi. Preparatni homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas. Reproduktiv yoshdagi ayollar davolash vaqtida va uni to‘xtatgandan keyin 1 oy davomida samarali kontratseptsiya usullaridan foydalanishlari, erkaklar esa preparatni bekor qilgandan keyin 6 oy davomida (qarang «Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limi) foydalanishlari zarur.

    Grizeofulvin ona sutiga o‘tadimi noma’lum, shuning uchun preparatni qabul qilish zarur bo‘lsa, emizishni davolash davrida to‘xtatish kerak.


    Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta’sir qilish qobiliyati
    Preparat avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

    Preparatni bolalar uchun yetib bo‘lmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatmaslik kerak. 
  • Dozani oshirib yuborilishi
    Preparatning doza oshirib yuborilishi holatlari haqida ma'lumot yo‘q. Dori vositalari o‘zaro ta'siri Grizeofulvin preparatining dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri tavsiflanmagan.
  • Farmakologik xususiyatlari
     Grizeofulvin antibiotik bo'lib, Penicillinum nigricans mog'oridan ishlab chiqariladi, turli dermatomiсetlarga (trihofitonlar, mikrosporumlar, epidermofitonlar) nisbatan faol fungistatik vositadir. Preparat mitozning metafaza bosqichida mog'or hujayralarining bo'linishini inhibe qiladi, mitotik vereteni tuzilishini buzadi. Grizeofulvin turli darajada teri, soch, tirnoq hujayralarida to'planadi, bu esa mog'or infeksiyasiga qarshi chidamlilikni ta'minlaydi. Zararlangan keratin o'lganda, u sog'lom bilan almashtiriladi. 
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
     
    Grizeofulvinning boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri

    Grizeofulvin sitoxrom P450 ni induktsiya qiladi, shuning uchun jigar metabolizmini kuchaytirishi va natijada bir qator preparatlarning ta'sirini zaiflashtirishi mumkin.

    Ciklosporin: qon plazmasida ciklosporin konsentratsiyasining pasayishi; grizeofulvin bilan davolash paytida uning darajasini kuzatish va zarurat tug'ilganda ciklosporin dozasini tuzatish kerak.

    Metadon: metadonning plazma darajasining pasayishi va bekor qilish sindromi rivojlanish xavfi. Metadonni kuniga 2-3 marta qabul qilishni oshirish kerak.

    Og'zaki antikoagulyantlar: ularning ta'sirining pasayishi; grizeofulvin bilan davolash davomida va uning bekor qilinishidan keyin 8 kun davomida prothrombin vaqtini, MNO ni ko'proq nazorat qilish va og'zaki antikoagulyantlar dozasini tuzatish zarur.

    Gormonal kontratseptiv preparatlar: kontratseptivning samaradorligining pasayishi va menstruatsiya tsiklining buzilishi mumkin. Batafsil - "Maxsus ko'rsatmalar" bo'limida.

    Estrogenlar va progestinlar (kontratseptiv bo'lmagan): jigar metabolizmining oshishi hisobiga ularning samaradorligining pasayishi. Grizeofulvin bilan davolash va uning bekor qilinishidan keyin estrogen yoki progestin dozasini tuzatish zarur.

    Shuningdek, og'zaki antidiabetik preparatlarning samaradorligining pasayishi (qon shakarini nazorat qilish va ushbu preparatlarning dozasini tuzatish mumkin), teofillin (qonidagi konsentratsiyasini kuzatish va dozasini tuzatish mumkin).

    Boshqa dori vositalarining grizeofulvin bilan o'zaro ta'siri

    Mikrosomal fermentlar induktorlari (shu jumladan, barbituratlar, rifampitsin, dokserkaltsiferol, fenilbutazon, primidon, boshqa sedativ va uyqu dori vositalari, mikrosomal fermentlarni induktsiya qiluvchi) grizeofulvin metabolizmini kuchaytirishi va uning fungistatik faoliyatini pasaytirishi mumkin.

    Alkogol: disulfiramga o'xshash reaksiyalar, isitma, to'lqinlar, qayt qilish, diareya, qo'l va oyoqlarda paresteziya bilan namoyon bo'lishi mumkin. Etanol ta'sirini kuchaytiradi.

    Nikotinamid (B3 vitamini), alfa-tokoferol (E vitamini) ni grizeofulvin bilan bir vaqtda qo'llash grizeofulvinning qon serumida va terida konsentratsiyasini oshiradi.

    Laboratoriya tadqiqotlari natijalariga ta'siri

    Siydikda vanililmandel kislotasini aniqlashda noto'g'ri ijobiy natija bo'lishi mumkin. 
Hammasini ko'rsatish
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Sardor
    ico ico ico ico ico
    Гризеофульвин помог мне быстро избавиться от грибка на ногтях. Рекомендую всем!
    05 August 2024
    0
    0
  • Dilnoza
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество и оперативная доставка. Спасибо магазину Оксимед за быструю обработку заказа.
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico