Qo'llanilishi
* perinatal ensefalopatiya bolalarda hayotining dastlabki kunlaridan boshlab;
* bolalarning serebral falajining turli shakllari;
* aqliy zaiflikning turli darajalari, shu jumladan, xulq-atvor buzilishlari bilan;
* bolalarda psixologik statusning buzilishi umumiy psixik rivojlanishning kechikishi, nutqning o'ziga xos buzilishlari,
harakat funksiyalari va ularning kombinatsiyasi, maktab ko'nikmalarini (o'qish, yozish, hisoblash va boshqalar) shakllantirish ko'rinishida;
* giperkinetik buzilishlar, shu jumladan, diqqat yetishmovchiligi bilan giperkativlik sindromi;
* nevrozga o'xshash holatlar (totqoq bo'lishda, asosan klonik shaklda, tiklarda, noorganik enkoprez va enurezda);
* psixoemotsional zo'riqishlar, aqliy va jismoniy ish qobiliyatining pasayishi, diqqatni jamlash
va eslab qolishni yaxshilash uchun;
* siydik chiqarishning neyrogen buzilishlari (pollakiuriya, imperativ chaqiriqlar, imperativ siydik tutolmaslik).
Farmakologik xususiyatlari
Tsiticolin - nootrop vosita. Tsiticolin, hujayra membranasining asosiy ultra tuzilmaviy komponentlarining (asosan fosfolipidlar) oldingi bosqichi bo‘lib, keng ta’sir doirasiga ega: zararlangan hujayra membranalarini tiklanishiga yordam beradi, fosfolipazalar ta’sirini ingibitsiya qiladi, erkin radikallarning ortiqcha hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi, shuningdek, apoptoz mexanizmlariga ta’sir qilib, hujayralarning nobud bo‘lishini oldini oladi. Bosh miya jarohatida travmadan keyingi komaning davomiyligini va nevrologik simptomlarning og‘irligini kamaytiradi.
Tsiticolin gipoksiya paytida kuzatiladigan simptomlarni yaxshilaydi: xotiraning yomonlashuvi, emotsional labillik, tashabbussizlik, kundalik harakatlar va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishda qiyinchiliklar. Degenerativ va tomir etiologiyali kognitiv, sezgi va harakat nevrologik buzilishlarni davolashda samarali.
7-Aminomoy kislota - Markaziy tormozlanish jarayonlarida ishtirok etuvchi asosiy mediator hisoblanadi. Bosh miya qon ta’minotini yaxshilaydi, energetik jarayonlarni faollashtiradi, to‘qimalarning nafas olish faolligini oshiradi, glyukozaning o‘zlashtirilishi va almashinuv mahsulotlarining toksik mahsulotlardan tozalanishini yaxshilaydi. Spetsifik GABAergik retseptorlar A va B tiplari bilan o‘zaro ta’sir qiladi. Bosh miya nerv jarayonlari dinamikasini yaxshilaydi, tafakkur mahsuldorligini oshiradi, xotirani yaxshilaydi, o‘rtacha psixostimulyatsion, antigipoksik va antikonvulsant ta’sir ko‘rsatadi. Miya qon aylanishi buzilganidan so‘ng nutq va harakat funksiyalarini tiklanishiga yordam beradi.
Piridoksin (Vitamin B6) - ko‘plab metabolik jarayonlarda ishtirok etadi, oqsil almashinuvini tartibga soladi, gemoglobin, glyukoza sintezida ishtirok etadi, normal gomotsistein darajasini saqlash uchun javob beradi. Vitamin B6 — markaziy va periferik asab tizimi faoliyatiga ta’sir qiluvchi asosiy neyrotrop vitaminlardan biridir.
Tiamin (Vitamin B1) - modda almashinuvi va nerv-reflektor regulyatsiyada muhim rol o‘ynaydi, sinapslarda nerv qo‘zg‘alishini o‘tkazishga ta’sir qiladi, gangliobloklovchi va kurarega o‘xshash effekt namoyon qiladi.
Pantoten kislota (Vitamin B5) — ichakda aminokislotalarning so‘rilishiga yordam beradi, buyrak usti bezi po‘stlog‘i funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi, bir qator gormonlar (shu jumladan, serotonin va melatonin) sintezida ishtirok etadi.
Glitsin markaziy asab tizimi faoliyati uchun zarur. U ingibitor neyrotransmitter funksiyasini bajaradi. Organizmda glitsin yetarli bo‘lsa, ko‘proq energiya hosil bo‘ladi. U ko‘plab muhim moddalar, jumladan, metionin, xolin, bir qator muhim gormonlar va DNK uchun qurilish materiali hisoblanadi. Glitsin qabul qilish yuqori energiya darajasini ta’minlaydi va aqliy faollikni oshiradi. Glitsin organizmning kislorod bilan ta’minlanishini, ko‘plab muhim organlar faoliyatini yaxshilaydi.