Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Gelisal 100 ml
Gelisal 100 ml
Ishlab chiqaruvchi: Medana Pharma
Yaroqlilik muddati: 2,5 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Bolalar uchun

    2 yoshdan

Mavjud
26 244 so'm 32 400 so'm
ico
1
ico
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari gelisal 100 ml
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Sirop
  • Yaroqlilik muddati
    2,5 yil
  • Qadoqdagi soni
    100 ml
  • Retsept asosida beriladi
    Retseptsiz beriladi
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    5 ml sirop tarkibida
    faol modda – oddiy tolqin barglarining quruq ekstrakti 27,78 mg;
    yordamchi moddalari propilenglikol, sorbitol 70%, makrogol glitserolgidroksistearat, kaliy sorbat, limon kislotasi monogidrat, anis aromatizatori, tozalangan suv.
  • Qo'llanilishi
    Nafas yo'llarining infeksion-yallig'lanish kasalliklari
    - o'tkir va surunkali (jumladan, obstruktiv) bronxit
    - traxeobronxit
    - bronxial astma
    - bronxoektatik kasallik
    - bronxospazm, balg'am ajralishining qiyinlashuvi va/yoki uning patologik ravishda quyuqlashuvi, yo'tal (jumladan, quruq).
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik.
  • Qo'llash usuli
    ichkariga ovqatdan keyin qabul qilinadi. Kattalar va o'smirlar uchun preparatni suyultirilmagan holda qabul qilish tavsiya etiladi, emizikli va kichik yoshdagi bolalarga esa preparatni oz miqdordagi suvda suyultirib berish tavsiya etiladi. Agar shifokor boshqa dozalashni buyurmagan bo'lsa
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Juda kam allergik reaktsiyalar (toshma, qichish, Kvinke shishi) mumkin; oshqozon-ichak buzilishlari (qayt qilish, qusish, diareya).
  • Farmakologik xususiyatlari
    Gelisal preparati – o'simlikdan olingan dori vositasi bo'lib, faol modda sifatida tolqin barglari ekstraktini o'z ichiga oladi. Ekspektorant, mukolitik ta'sir ko'rsatadi va bronxlarning silliq mushaklariga kuchsiz spazmolitik ta'sir ko'rsatadi. Spazmolitik ta'sir asosini glikozidlarning (saponinlarning) parasimpatolitik effekti tashkil etadi, ular bronx va o'pka epiteliyidagi β-2 retseptorlarni faollashtiradi. Bu bronx mushaklarida hujayra ichidagi Ca 2+ miqdorining kamayishiga va ularning bo'shashishiga olib keladi. Shu bilan birga II tip alveolyar hujayralar ko'proq surfaktant ishlab chiqaradi. Noproduktiv (quruq) yo'talda quyuq balg'amni suyuqlantirishga yordam beradi, uning chiqishini osonlashtiradi. Produktiv (nam) yo'talda balg'amni oson chiqarish va chiqarib yuborishni yengillashtiradi. Nafas yo'llarining balg'amdan tozalanishi natijasida nafas olish yaxshilanadi, yo'tal kamayadi va yo'qoladi.
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
     
    Saponinlar tarkibi tufayli, preparat oshqozon shilliq qavatini tirnatuvchi boshqa vositalarning ta’sirini kuchaytirishi mumkin. Yo‘talga qarshi dori vositalari bilan bir vaqtda qabul qilinsa, suyultirilgan balg‘amning ajralishini qiyinlashtiradi.

    Gelisal markaziy ta’sirga ega bo‘lgan yo‘talga qarshi dori vositalari bilan o‘zaro ta’sirga kirishadi. 
  • Dozani oshirib yuborilishi
     
    Sintomlar: tavsiya etilgan dozalardan sezilarli darajada oshib ketganda, saponinlar ta'siri bilan bog'liq gastroenterit yuzaga kelishi mumkin.

    Davolash: simptomatik. 
  • Maxsus ko'rsatmalar
     
    Preparatni oshqozon yarasi kasalligining zo‘rayish bosqichida bo‘lgan shaxslarga qo‘llash tavsiya etilmaydi.

    Gelisal tarkibida bo‘yoq moddalar, shakar va spirt bo‘lmagani sababli, uni bo‘yoq moddalarga allergik reaksiyalari bo‘lgan bemorlar, qandli diabet bilan kasallangan bemorlar, shuningdek, spirt yoki spirt saqlovchi preparatlarni qo‘llashdan saqlanishi kerak bo‘lgan bemorlar qabul qilishi mumkin.

    Preparatning o‘lchov qoshiqchasi (5 ml) 1,75 g sorbitolni o‘z ichiga oladi, bu taxminan 0,15 XE ga to‘g‘ri keladi.

    Preparatni bolalar uchun yetib bo‘lmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatmaslik kerak. 

Hammasini ko'rsatish
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Akmal
    ico ico ico ico ico
    Гелисал 100 мл просто супер! Действует быстро и эффективно
    05 August 2024
    0
    0
  • Amina
    ico ico ico ico ico
    Отличный гель! Быстрая доставка и хорошее качество
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico