Maxsus ko'rsatmalar
Hozirgi vaqtda GEKni jarrohlik amaliyotidan keyin va jarohat olgan bemorlarga uzoq muddat qo‘llash xavfsizligi bo‘yicha ishonchli ma’lumotlar yo‘q. Bunday bemorlarga GEK buyurishdan oldin kutilayotgan foyda va uzoq muddatli xavfsizlikka oid noaniqlikni diqqat bilan baholash, shuningdek, muqobil davolash imkoniyatini ko‘rib chiqish zarur.
Gekodezni qon ivishining buzilishi bo‘lgan bemorlarni, ayniqsa gemofiliya va aniqlangan yoki gumon qilingan Villebrand kasalligi bo‘lganlarni davolashda alohida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Birinchi buyrak shikastlanishi belgilarida GEKni qo‘llashni darhol to‘xtatish kerak. GEK infuziyasidan keyin 90 kungacha bo‘lgan davrda buyrak o‘rnini bosuvchi terapiya o‘tkazish zarurati holatlari haqida xabar berilgan. Shuning uchun GEK qo‘llangandan so‘ng bemorlarda buyrak funksiyasini monitoring qilish zarur. GEKni birinchi koagulyopatiya belgilarida darhol to‘xtatish kerak. Takroran qo‘llashda qon ivish ko‘rsatkichlarini diqqat bilan nazorat qilish kerak.
Gekodez dozasi oshirib yuborilganda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan hajmiy yuklanishni oldini olish kerak, bu ayniqsa yurak kasalliklari, buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan, keksalar uchun xavflidir.
Qon zardobidagi elektrolitlar, suv balansi, buyrak funksiyasini nazorat qilish kerak. Yetarli suyuqlik kiritilishini (yetarli gidratatsiyani) ta’minlash kerak.
Ifodalangan degidratatsiya holatida birinchi navbatda suv-elektrolit balansini normallashtirish kerak.
Qonda Gekodez mavjudligi bemorning qon guruhi aniqlanishida xatolik yuzaga keltirishi mumkin. Qon guruhini to‘g‘ri aniqlash uchun namunani Gekodez yuborishdan oldin olish kerak.
Anafaktik reaksiya xavfini imkon qadar erta aniqlash uchun Gekodezning dastlabki 10-20 ml ni sekin, tibbiy xodimlar doimiy nazorati ostida yuborish kerak. Allergik (anafilaktik) reaksiyalar xavfi tufayli bemor holatini qat’iy nazorat qilish zarur, infuziya past tezlikda o‘tkazilishi kerak.
Dozani oshirib yuborish yoki juda tez infuziya natijasida hajmiy yuklanishdan har doim qochish kerak. Dozani diqqat bilan tuzatish zarur, ayniqsa o‘pka kasalliklari bo‘lgan bemorlar uchun. Ochiq yurak operatsiyalari va sun’iy ekstrakorporal qon aylanishi bilan birga o‘tkaziladigan bemorlarda GEK preparatlarini qo‘llash ortiqcha qon ketish xavfi tufayli tavsiya etilmaydi.
Preparat quyidagi klinik va biokimyoviy tahlil natijalariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin: qondagi glyukoza darajasi, qondagi oqsil darajasi, SOE, biuret testi, qondagi yog‘ kislotalari, xolesterin va sorbit-degidrogenaza darajasi, siydikning o‘ziga xos og‘irligi.
Agar eritma shaffof bo‘lmasa yoki ko‘rinadigan zarrachalar mavjud bo‘lsa, butilka yoki konteyner shikastlangan yoki ochilgan bo‘lsa, preparatni ishlatib bo‘lmaydi.
Kunlik uzoq muddatli qo‘llashda o‘rtacha (500 ml/kun) yoki yuqori (1000 ml/kun) dozada teri qichishishi paydo bo‘lishi mumkin, davolash qiyin. Qichishish davolash tugaganidan bir necha hafta o‘tgach boshlanishi va bir necha oy davom etishi mumkin.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llash
Gekodezni homiladorlik davrida qo‘llash bo‘yicha klinik ma’lumotlar yo‘q. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar homiladorlik, embrion/fetus rivojlanishi, tug‘ruq va postnatal rivojlanishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita salbiy ta’sir ko‘rsatmagan. Teratogenlik belgilari ham kuzatilmagan.
Gekodezni homiladorlik davrida faqat davolashdan kutilayotgan foyda homila uchun mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lsa qo‘llash mumkin.
Gekodezni emizish davrida qo‘llash bo‘yicha klinik ma’lumotlar yo‘q.
Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta’sir qilish qobiliyati
Ma’lumot yo‘q.