Nojo´ya ta´sirlar
Markaziy va periferik asab tizimi tomonidan: qo‘zg‘alish, bezovtalik, uyquning buzilishi, uyqusizlik (ayniqsa bolalarda), bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tremor, asabiylashish, tutqanoqlar, gallyutsinatsiyalar, bred, epileptiform tutqanoqlar, ongning chalkashishi/yo‘qolishi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak urishining tezlashishi, kardialgiya, taxikardiya, ekstrasistoliya, arterial bosimning pasayishi, yurak yetishmovchiligi, stenokardiya xurujlarining tez-tezlashuvi, kollaps (tez yuborilganda), shok.
Siydik ajratish tizimi tomonidan: diurezning oshishi (klubochkali filtrlashning oshishi natijasida), keksalarda - siyishni qiyinlashishi (detruzor relaksatsiyasi natijasida).
Immun tizimi tomonidan: allergik reaksiyalar, jumladan toshma, qichishish, Kvinke shishi, eksfoliativ dermatit, anafilaktik shok, bronxospazm.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: me’da shirasining sekretsiyasini stimulyatsiya qilish, me’da og‘rig‘i, ishtahaning pasayishi, gastroezofageal reflyuks, qizish, yara kasalligining kuchayishi, ko‘ngil aynishi, qusish, uzoq muddat qo‘llanganda - diareya, ichak atoniyasi.
Metabolik buzilishlar: metabolik atsidoz, gipokaliemiya, giperkalsemiya, giperyurikemiya, giperglikemiya, qonni kislota-ishqor muvozanatining buzilishi, rabdomioliz.
Boshqalar: ko‘krakda og‘riq, taxipnoe, subfebril harorat, yuzning giperemiyasi, issiqlik hissi, terlashning oshishi, gipoglikemiya, holsizlik, nafas qisilishi, albuminuriya
Mahalliy reaksiyalar: yuborilgan joyda reaksiyalar (qattiqlashish, giperemiya, og‘riqlilik).
Nojo‘ya ta’sirlar preparat dozasini kamaytirganda, yuborish usulini o‘zgartirganda (struynoydan tomchilatib yuborishga) kamayadi.